Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to



Yüklə 458,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/17
tarix28.11.2023
ölçüsü458,46 Kb.
#133991
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17


O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 
QARORI 
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINING JORIY 
ETILISHINI NAZORAT QILISH, ULARNI HIMOYA QILISH TIZIMINI 
TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA 
Davlat va jamiyat boshqaruvi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini 
joriy etish mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlar va 
o„zgarishlarni samarali amalga oshirishning muhim sharti hisoblanadi. 
Shu 
bilan 
birga, 
davlat 
organlari 
va 
tashkilotlarida 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta‟minlash tizimini takomillashtirish bo„yicha 
chora-tadbirlar ko„rilayotganiga qaramasdan “Elektron hukumat” tizimining joriy etilishi va 
samarali faoliyat ko„rsatishiga, axborot sohasidagi tahdidlarga qarshi kurashishga to„sqinlik 
qiluvchi qator muammolar saqlanib qolmoqda. Jumladan: 
birinchidan, axborotlashtirish subyektlari tomonidan qonun hujjatlari, normativ hujjatlar va 
davlat 
standartlarining 
ijro 
etilishi 
ustidan nazorat va tekshirishning amaldagi mexanizmi 
zamonaviy talablarga muvofiq emasligi ko„rsatilayotgan xizmatlar sifatining pasayishiga olib 
kelmoqda;
ikkinchidan, axborot xavfsizligi sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishga mas‟ul 
yagona vakolatli organning mavjud emasligi mazkur yo„nalishda amalga oshirilayotgan ishlarning 
samarasizligiga sabab bo„lmoqda; 
uchinchidan, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan joriy etilayotgan apparat vositalari 
va dasturiy mahsulotlarni ekspertiza va sertifikatsiyadan o„tkazish tizimidagi kamchiliklar ularning 
“Elektron hukumat” tizimiga jadal integratsiyalashuvini susaytirmoqda;
to„rtinchidan, telekommunikatsiya, axborot va kiberxavfsizlik sohasidagi nazorat tizimi
muhim axborot infratuzilmasining mukammal emasligi davlat axborot tizimlari obyektlari, raqamli 
iqtisodiyot va shaxsiy ma‟lumotlarning zaiflashuviga olib kelmoqda; 
beshinchidan, buzg„unchi kuchlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 
va Internet tarmog„idan faol foydalanishi aholi, ayniqsa, o„sib kelayotgan avlodning dunyoqarashi 
va ongiga salbiy ta‟sir ko„rsatmoqda; 
oltinchidan, axborot va kiberxavfsizlikni ta‟minlash sohasidagi ilg„or xorijiy tajribani 
o„rganish va joriy qilish bo„yicha tizimli ishlarning mavjud emasligi milliy axborot makonini 
himoya qilishning zamonaviy usullarini joriy qilish imkonini bermayapti. 
Axborot sohasida yagona davlat siyosati ro„yobga chiqarilishining samaradorligini 
oshirish, telekommunikatsiya, axborot va kiberxavfsizlikni ta‟minlash sohasidagi nazorat tizimini 
yanada takomillashtirish maqsadida: 
1. 
O„zbekiston 
Respublikasi 
Axborot 
texnologiyalari 
va 
kommunikatsiyalarini 
rivojlantirish vazirligining: 
O„zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish 
vazirligi 
huzuridagi 
Aloqa, 
axborotlashtirish 
va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida 
nazorat bo„yicha inspeksiyani;
O„zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish 
vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta‟minlashga ko„maklashish markazini tugatish 
to„g„risidagi taklifi ma‟qullansin. 
2. Quyidagilar: 
umumiy shtat birligi 198 nafar, shu jumladan hududiy bo„linmalarda — 110 nafar bo„lgan 
O„zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo„yicha 
davlat inspeksiyasi (keyingi o„rinlarda — Davlat inspeksiyasi);
davlat unitar korxonasi shaklida Texnik ko„maklashish markazi (keyingi o„rinlarda — 
Markaz);

Yüklə 458,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə