Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to


§ 2. Davlat inspeksiyasi markaziy apparatining vazifalari va funksiyalari



Yüklə 458,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/17
tarix28.11.2023
ölçüsü458,46 Kb.
#133991
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
§ 2. Davlat inspeksiyasi markaziy apparatining vazifalari va funksiyalari
11. Quyidagilar Davlat inspeksiyasi markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi: 
1) hududiy inspeksiyalar bilan birgalikda Davlat inspeksiyasiga yuklatilgan vazifa va 
funksiyalarning samarali bajarilishini ta‟minlash; 
2) 
hududiy 
inspeksiyalarni rivojlantirishga ko„maklashish va ularni rivojlantirish 
istiqbollarini belgilash; 
3) Davlat inspeksiyasiga yuklangan vazifalarni bajarishda boshqa vazirliklar va idoralar 
bilan o„zaro hamkorlikni tashkil qilish va hududiy inspeksiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish va 
nazorat qilish;
4) aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, axborot xavfsizligi 
hamda mualliflik huquqini himoya qilish sohasidagi yo„nalishlar bo„yicha tegishli ta‟lim 
muassasalarida, shuningdek, respublika vakolatli organlarining ixtisoslashgan o„quv yurtlarida 
Davlat inspeksiyasi xodimlari qayta tayyorlanishini va malakasi oshirilishini tashkil etish. 
12. Davlat inspeksiyasining markaziy apparati o„ziga yuklangan asosiy vazifalarga 
muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: 
1) hududiy inspeksiyalar bilan birgalikda Davlat inspeksiyasiga yuklatilgan vazifalar va 
funksiyalar bajarilishini ta‟minlaydi; 
2) olib boriladigan nazorat, tekshiruv va o„rganish natijalarini tahlil qiladi hamda 
umumlashtiradi, aniqlangan kamchiliklar va qoidabuzarliklarini bartaraf etish yuzasidan takliflar 
tayyorlaydi, ularni ko„rib chiqish uchun tegishli davlat organlariga kiritadi;
3) monitoring va tekshirishlar natijalari bo„yicha aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan 
tegishli qarorlar, ularni bartaraf etish muddatlari belgilangan ko„rsatmalar, xo„jalik yurituvchi 
subyektlar litsenziyalarining amal qilishini to„xtatib turish yoki tugatish to„g„risida takliflar, 
shuningdek, Davlat inspeksiyasi vakolatlariga kirmaydigan qoidabuzarliklar bo„yicha materiallarni 
belgilangan tartibda tegishli vakolatli organlarga topshirish uchun tayyorlaydi; 
4) aloqa sifatiga va iste‟molchilarning huquqlarini himoya qilishga, telekommunikatsiya 
vositalari 
parametrlariga, 
radioelektron 
vositalar 
va 
yuqori 
chastotali 
qurilmalar 
radionurlanishlariga tegishli normativ-huquqiy hujjatlar, texnik reglamentlar, standartlar, texnik 


shartlar, qoidalar, yo„riqnomalar, litsenziya talablari va shartlari loyihalarini ko„rib chiqadi va ular 
bo„yicha taklif tayyorlaydi;
5) davlat va xo„jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarida
shuningdek, boshqa tashkilotlar va idoralarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining holati 
hamda uni rivojlantirish bo„yicha hududiy inspeksiyalar tomonidan taqdim etiladigan hisobotlar va 
axborotlarning ishonchliligini o„rganadi. 
Davlat 
inspeksiyasining 
markaziy 
apparati 
qonun 
hujjatlariga 
muvofiq 
boshqa 
funksiyalarni ham bajarishi mumkin. 

Yüklə 458,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə