Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to



Yüklə 458,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/17
tarix28.11.2023
ölçüsü458,46 Kb.
#133991
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Oldingi
 tahrirga qarang. 


O„zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish 
vazirligining “Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga ko„maklashish markazi” davlat muassasasi (keyingi 
o„rinlarda — “Xavfsiz shahar” markazi) tashkil etilsin. 
(2-bandning to„rtinchi xatboshisi O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi 
PF-194-sonli 
Farmoni
 tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 23.08.2022-y., 06/22/194/0766-
son) 
3. 
O„zbekiston 
Respublikasi 
Axborot 
texnologiyalari 
va 
kommunikatsiyalarini 
rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta‟minlashga ko„maklashish 
markazining bo„shayotgan 135 nafar shtat birligi Markazga o„tkazilsin. 
4. Belgilab qo„yilsinki: 
Davlat 
inspeksiyasi 
O„zbekiston 
Respublikasi 
Axborot 
texnologiyalari 
va 
kommunikatsiyalarini 
rivojlantirish 
vazirligi 
huzuridagi 
Aloqa, 
axborotlashtirish 
va 
telekommunikatsiya 
texnologiyalari 
sohasida 
nazorat 
bo„yicha 
inspeksiyaning 
huquq 
va 
majburiyatlari bo„yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Markaz O„zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini 
rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta‟minlashga ko„maklashish 
markazining huquq va majburiyatlari bo„yicha huquqiy vorisi hisoblanadi, “Xavfsiz shahar” 
loyihasini amalga oshirish bilan bog„liq huquq va majburiyatlari bundan mustasno.
Davlat inspeksiyasi Markazning ta‟sischisi hisoblanadi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
“Xavfsiz shahar” markazi jamoat xavfsizligini ta‟minlash va ichki tartibni saqlash sohasiga 
raqamli texnologiyalarni joriy etishda “Elektron hukumat” tizimini davlat organlari va boshqa 
tashkilotlarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish bo„yicha Yagona integrator hisoblanadi. 
“Xavfsiz shahar” markazi O„zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va 
kommunikatsiyalarini 
rivojlantirish 
vazirligining 
Axborot 
xavfsizligi 
va 
jamoat 
tartibini 
ta‟minlashga ko„maklashish markazining “Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalangan tizimini 
yaratish loyihasini amalga oshirish bilan bog„liq huquq va majburiyatlari bo„yicha huquqiy vorisi 
hisoblanadi. 
(4-band O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PF-194-sonli 
Farmoniga
 
asosan beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan to„ldirilgan — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 
23.08.2022-y., 06/22/194/0766-son) 
5. Quyidagilar: 
a) Davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin: 
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy bosma nashrlarni 
tarqatish sohasida qonun hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlari talablariga rioya 
qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish; 
o„z vakolati doirasida pochta aloqasi, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalari 
xizmatlarining sifatli taqdim etilishi, davriy bosma nashrlar, fonogrammalar, audiovizual asarlar va 
EHM uchun dasturlar tarqatilishida iste‟molchilar huquqlarini himoya qilish choralarini ta‟minlash 
ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
fonogrammalar, audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlar tarqatishda (sotish, ijaraga 
berish va barchaning e‟tiboriga yetkazishda) mualliflik huquqlari sohasidagi qonun hujjatlariga va 
normativ hujjatlarga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
normativ-huquqiy 
hujjatlar 
talablariga 
muvofiq 
davlat 
organlari 
va 
tashkilotlari, 
shuningdek, boshqa tashkilot va idoralarda “Elektron hukumat” tizimida infratuzilmani 
rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanilishi ustidan davlat 
nazoratini amalga oshirish;
ish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, integrallashgan axborot tizimlarini, 
ma‟lumotlar uzatish va almashishning idoralararo tarmoqlarini joriy etish va ulardan foydalanish, 
davlat axborot resurslari integratsiyasi, shu jumladan, elektron davlat xizmatlari ko„rsatish 
samaradorligi; 


“oxirgi milya” tamoyili bo„yicha Internet tarmog„idan keng polosali foydalanishni, 
multiservis 
aloqa 
tarmoqlari 
texnologiyalarini, 
mobil 
aloqa 
bozorini, 
boshqa 
zamonaviy 
telekommunikatsiya xizmatlarini, shuningdek, pochta aloqasi xizmatlarini va davriy bosma nashrlar 
tarqatishni kengaytirish yo„li bilan telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish ustidan davlat 
nazoratini amalga oshirish; 
b) Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin: 
axborot xavfsizligiga hozirgi vaqtdagi tahdidlar to„g„risidagi ma‟lumotlarni yig„ish, tahlil 
qilish va to„plash, davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlari, resurslari va ma‟lumotlar 
bazalariga noqonuniy kirib olish holatlarining oldini olishni ta‟minlaydigan samarali tashkiliy va 
dasturiy-texnik yechimlarni tezkor qabul qilish bo„yicha tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish;
qonun buzuvchilarni, axborotlar makonidagi ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga 
oshirishda 
foydalaniladigan 
metodlar 
va 
vositalarni 
tahlil 
qilish, 
identifikatsiyalashda 
telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatorlari va provayderlari, huquqni muhofaza qilish 
organlari bilan hamkorlik qilish; 
axborotlashtirish obyektlarida (davlat sirlari bundan mustasno) apparat vositalari va 
dasturiy mahsulotlarni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, telekommunikatsiya jihozlari va 
boshqa texnik vositalarni attestatsiya, ekspertiza va sertifikatsiyadan o„tkazish; 
davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlari va resurslari axborot xavfsizligi siyosatini 
ishlab chiqish va amalga oshirishda ko„maklashish; 
davlat axborot tizimlari va resurslari, shuningdek, Internet tarmog„i milliy segmentining 
axborot xavfsizligini ta‟minlash sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo„yicha 
takliflar ishlab chiqish; 
Internetning 
milliy foydalanuvchilarini Internet tarmog„i milliy segmentida axborot 
xavfsizligiga paydo bo„layotgan tahdidlar to„g„risida o„z vaqtida xabardor qilish, shuningdek, 
axborotlarni himoya qilish bo„yicha maslahat xizmatlari ko„rsatish.

Yüklə 458,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə