Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to


§ 2. Davlat inspeksiyasi markaziy apparati bo‘linmalarining hududiy inspeksiyalar bilan



Yüklə 458,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/17
tarix28.11.2023
ölçüsü458,46 Kb.
#133991
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
§ 2. Davlat inspeksiyasi markaziy apparati bo‘linmalarining hududiy inspeksiyalar bilan 
o‘zaro hamkorlik qilish tartibi
31. Davlat inspeksiyasi markaziy apparati bo„linmalarining rahbarlari markaziy apparat 
bo„linmalarining hududiy inspeksiyalar bilan o„zaro hamkorligini ta‟minlaydi. 
32. Davlat inspeksiyasi markaziy apparatining bo„linmalari hududiy inspeksiyalar bilan 
o„zaro hamkorlik qilish doirasida: 
1) topshiriqlarni hududiy inspeksiyalarga yetkazadi, ularning bajarilishini nazorat qiladi
2) hududiy inspeksiyalar faoliyatini o„rganadi va umumlashtiradi, uni takomillashtirishga 
qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi; 
3) hududiy inspeksiyalar faoliyatini tashkil etish va uning natijalari to„g„risidagi hisobot, 
axborot materiallari hamda statistika va boshqa ma‟lumotlarni o„rganishni tashkil qiladi; 
4) hududiy inspeksiyalarning ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni 
takomillashtirish choralarini ko„radi; 
5) hududiy inspeksiyalardan kelgan takliflarni ko„rib chiqadi; 
6) hududiy inspeksiyalarning normativ hujjatlar loyihalarini tayyorlashdagi ishtirokini 
tashkil qiladi, qonunchilikni takomillashtirish bo„yicha ulardan kelgan takliflarni ko„rib chiqadi; 
7) davlat va xo„jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, 
shuningdek, xo„jalik yurituvchi subyektlar tomonidan litsenziyalash haqidagi qonun hujjatlari
litsenziya 
bitimlari 
bajarilishi, 
radiochastota 
spektridan 
foydalanish, 
pochta 
aloqasi 
va 
telekommunikatsiyalar, ma‟lumotlar uzatish, teleradioeshittirish tarmoqlarida, axborot tizimlarida 
xavfsizlik bo„yicha texnik va texnologik talablar bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etadi; 
8) hududiy inspeksiyalar xodimlarini aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya 
texnologiyalari, axborot xavfsizligi va axborotni himoya qilish, mualliflik huquqini himoya qilish 
sohasidagi yo„nalishlar bo„yicha tegishli oliy ta‟lim muassasalarida, shuningdek, ixtisoslashtirilgan 
ta‟lim muassasalarida qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi.
33. Hududiy inspeksiyalar Davlat inspeksiyasi markaziy apparatining bo„linmalari bilan 
hamkorlik qiladi, shu jumladan: 
1) Davlat inspeksiyasi rahbariyatining topshiriqlari bajarilishi to„g„risida axborot beradi; 
2) markaziy apparatga aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, 
davriy bosma nashrlarni tarqatish sohasidagi qonunchilik, normativ hujjatlar va davlat standartlarini 
bajarish bo„yicha faoliyat natijalari to„g„risida axborot taqdim etadi; 
3) hududiy inspeksiyalar faoliyatini o„rganish va tekshirishlar natijasida aniqlangan 
kamchiliklar hamda qonunbuzarliklarni bartaraf etish natijalari to„g„risida axborot beradi; 
4) Davlat inspeksiyasining markaziy apparatiga belgilangan tartibda va muddatlarda o„z 
faoliyati natijalari to„g„risida hisobotlar taqdim etadi;


5) Davlat inspeksiyasining markaziy apparatiga aloqa sifatini yaxshilash bo„yicha takliflar 
yuboradi; 
6) o„z faoliyatining vakolatli organlar tomonidan tekshirilishi natijalari haqida xabardor 
qiladi.
34. Markaziy apparat bo„linmalari va hududiy inspeksiyalarning o„zaro hamkorligi 
jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Davlat inspeksiyasi boshlig„ining topshirig„iga 
binoan uning tegishli o„rinbosari tomonidan ko„rib chiqiladi. Kelishmovchiliklar ko„rib 
chiqilgandan so„ng ham hal etilmagan taqdirda, ular yuzasidan qaror bevosita Davlat inspeksiyasi 
boshlig„i tomonidan qabul qilinadi.

Yüklə 458,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə