Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti



Yüklə 325,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix24.12.2023
ölçüsü325,93 Kb.
#159723
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti

Xayol kuchi.
Xayol kuchli va kuchsiz bo’lishi mumkin. Biz xayol kuchiga xayolda yaratilayotgan obrazlar 
voqelikni idrok qilishdan hosil bo’lgan obrazlarga qanchalik yaqinlashganligiga qarab baho
 
beramiz. Ba’zan xayol shunchalik kuchli sur’atda ishlaydiki, biz xayol ob’ektlarini xuddi 
ko’zimiz bilan ko’rib turgandek, qulog’imiz bilan eshitib turgandek yoki qo’limiz bilan ushlab 
sezayotgandek bo’lamiz. Bunday hollarda real voqelik bilan fantaziya obrazlari o’rtasida 
tafovut qolmagandek bo’ladi. 
Dikkens o’z qahramonlarining tortgan azoblarini va ularning o’lishini tasvirlayotgan vaqtida 
ularni ko’rayotgandek bo’lib ko’zi jiq yoshga to’lar ekan. 
Glinka «Ivan Susanin» operasini yaratgan vaqtida Susaninning polyaklar bilan uchrashib 


15 
qolganida g’oyat hayajonga tushganligini eslab, mening ham «sochlarim dikkayib ketdi va 
badanim jimillab, muzlab qoldi» deb yozadi. 
CHaykovskiy o’zining xotira daftarida «Pikovaya dama» operasini yozib tamomlagan kuni 
«German jon bergan paytda men xo’ngrab yig’lab yubordim» degan so’zlarni qayd qiladi. 
Betxoven muzika ohanglarini shu qadar yorqin va aniq tasavvur qilar ekanki, xuddi qulog’ida 
jaranglab turgandek bo’lar ekan, u tamomila kar bo’lib qolgan vaqtida ham «To’qqizinchi 
simfoniya» singari ulug’ asarlar yarata olganligining sababi ana shunda.A. N. Tolstoy o’z 
adabiy mahoratini oshirish uchun qanday ishlaganligini hikoya qilib quyidagilarni yozadi: «Men 
biror narsani ko’z oldimga yaqqol qilib keltirishni mashq qildim. Bora-bora men o’zimdagi bu 
qobiliyatni shu qadar taraqqiy ettirdimki, ko’pincha biror voqeani eslaganimda, bo’lib o’tgan 
voqea bilan xayolimdagi voqeani chalkashtirib yuboradigan bo’lib qoldim».
Xayol kuchi avvalo odam ehtiyojining, qiziqishlarining va istaklarining kuchiga bog’liq bo’ladi. 
Faqat shu bugunnigina o’ylaydigan, shu bugungisiga mag’rur yoki o’zi-o’ziga mag’rur 
kishilarda xayol juda kuchsiz bo’ladi. 
Tasavvur xayolning kuchi, jumladan, nutqda, suratlarda, buyoqlarda, chertyojlarda, ohanglarda 
va boshqa shu kabilarda obrazning naqadar mahorat bilan ifodalanganligiga va 
gavdalantirilganiga bog’liq bo’ladi. Masalan, biz Navoiy, Bobur, Muqimiy asarlarini 
o’qiyotganimizda, shu asarlarda tasvirlangan ayrim personajlar, voqealar, tabiat manzaralar 
ko’z oldimizda yorqin va yaqqol gavdalanadi. San’atning asosiy vazifalaridan biri ham shuki, u 
tomoshabinlar va tinglovchilarning ko’z o’ngida eng jonli va ravshan, juda yorqin va 
yaqqol obrazlar gavdalantirishdir. 
Xayol kuchli hissiyotga bog’liq bo’ladi, bu hissiyotlar xayoliy obrazlar tufayli tug’iladi va shu 
bilan birgalikda xayol faoliyatini ham rag’batlantiradi. Bu hislar qanchalik kuchli bo’lsa, xayoliy 
obrazlar ham shunchalik kuchli, yorqin va jonli bo’ladi. Hissiyoti kuchli, ehtirosli odamlarning 
xayoli ham kuchli bo’ladi. Hissiyoti kuchsiz, sovuqqon odamlarning xayoliy obrazlari odatda 
nursiz va zaif bo’ladi. Xayol kuchi diqqatga va tevarak-atrofdagi voqelikning idrok qilinishiga 
bog’liq bo’ladi. Agar bizning diqqatimiz tevarak-atrofdagi vaziyatni idrok qilish bilan band 
bo’lsa, u holda xayol jarayoni susayib ketadi. Agar diqqatimiz xayol qilinayotgan ob’ektga 
batamom band bo’lib qolsa, u holda idrok qilish susayib ketadi.
Ba’zan kishi «xayol surib» ketib, 
tevarak-atrofdagi narsalarni (go’yo ko’rmayotgan va eshitmayotganday) payqamay qoladi. 
Kishi uxlagan vaqtida tevarak-atrofdagi hodisalarni idrok qilmaydi, shuning uchun ham xayol 
jarayoni tush ko’rish tariqasida namoyon bo’ladi va tushdagi narsalar real idrok qilingan 
narsalardek ravshan ko’rinadi. 
Xayol kuchi ko’p daraja kishining umumiy ahvoliga va nerv sistemasining holatiga, kishining 
tetikligiga yoki charchab qolganligiga, sog’ligiga
yoki betobligiga bog’liq bo’ladi. 


16 
Ko’p kishilarga ma’lumki, kishining temperaturasi oshib ketganida uning fantaziyasi zo’r berib 
ishlaydi, uning xayolida paydo bo’layotgan obrazlar g’oyat yorqin va tez-tez takrorlanadigan 
obrazlar bo’lib qoladi. Bu holda kishining xayoli beixtiyor xayol surish tarzida o’tadi. Nerv 
sistemasi kasallanishi natijasida, fantaziya obrazlari ko’pincha real idrok qilingan narsalardek 
kuchli va yorqin bo’ladi, Gollyutsinatsiyaga (alahsirashga) aylanadi. Gollyutsinatsiyaning o’zi 
aslida xayolning kuchli namoyon bo’lishidir. Bunday holatda xayoliy obrazlar kishining 
nazarida xuddi idrok qilinayotgan obrazlardek gavdalanadi. Nerv sistemasi kasallanishi 
natijasida ko’pincha real narsalarni ham kishi noto’g’ri idrok qiladi – illyuziya hosil bo’ladi. 
Xayol jarayonlarining nerv sistemasining kasallik holatiga bog’liq bo’lgan bu hususiyatlari 
patalogik hodisalar sohasiga taalluqli hususiyatlardir. Biz kuchli xayol to’g’risida ijobiy 
ma’noda gapirgan vaqtimizda, nerv sistemasining normal holatida o’tadigan xayolni ko’zda 
tutamiz. 

Yüklə 325,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə