Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti



Yüklə 325,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/9
tarix24.12.2023
ölçüsü325,93 Kb.
#159723
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti

 
 
Xulosa .
Xayol jarayoni ongimizning mazmunini faqat biz idrok qilgan narsalar to’g’risidagi 
tasavvurlar bilangina boyitib qolmasdan, shu bilan birga, ilgari biz idrok qilmagan narsalar 
to’g’risidagi tasavvurlar bilan ham boyitadi, shu bilan birga, ilgari biz idrok qilmagan 
narsalar to’g’risidagi tasavvurlar bilan ham boyitadi. 
SHunday qilib, xayol tufayli olam bizning ongimizda kengroq, va xilma-xilroq bo’lib aks etadi
bizning nazar doiramiz kengayib, shaxsiy tajribamiz doirasidan ancha chetga chiqadi. 
Xayol boshqa psixik jarayonlarning faoliyatini boyitadi.
Xayol natijasida bizning idrokimiz, garchi hamisha raso bo’lavermasada, lekin, har holda, to’liqroq va 
yorqinroq bo’ladi. Masalan, nutq badiiy suratlar, muzika va boshqa shu kabi san’at asarlarining 
qanchalik to’liq idrok qilinishi ko’p darajada xayol faoliyati bilan bog’liq bo’ladi. Xayol faoliyati 
qanchalik kuchli bo’lsa, shunchalik mukammal, mazmuni ham shunchalik keng idrok etiladi. 
Xayol jarayonlari xotira faoliyatida kattagina o’rin oladi. Xayolda yaratilayotgan tasavvurlar 
esga olib qolish vaqtida va esga tushirish vaqtida bog’lanishlar vujudga keltirish uchun tayanch 
bo’ladi. Xotira tasavvurlarining mazmuni ko’pincha xayol faoliyati bilan o’zgartiriladi va 
to’ldiriladi. 
Xotira tasavvurlari kabi, xayol tasavvurlari ham tafakkur uchun tayanch material bo’ladi. 
Tafakkurning umumiylashtirish, abstraktsiyalash, konkretlashtirish kabi jarayonlari xayolga ko’p 
daraja bog’liq bo’ladi. Jumladan, tafakkur jarayonlaridaggi yaqqollik ko’p jihatdan xayol faoliyati 
tufayli hosil bo’ladi.
Xayol yaratib berayotgan obrazlar, shuningdek, xayol jarayonlariniig o’zi ham har xil hissiyotlarimiz 
uchun eng boy manbadir. Xayol faoliyati tufayli tug’iladigan hislar ko’pincha ancha kuchli va 


18 
barqaror hislar bo’ladi. 
Xayol tufayli odam o’z tevarak-atrofidagi voqelikni idrok qilib va o’z turmushining o’tmishidagi 
hodisalarni esga tushirish bilan bog’liq bo’lgan tuyg’ularni his qilib qolmasdan, balki, shu bilan birga, 
kelajak to’g’risidagi–kutilayotgan yoki istakdagi narsalar, orzu va maqsadlar to’g’risida 
tasavvurlar tug’dirgan tuyg’ularni his qiladi. Masalan, tilakdagi maqsadni tasavvur qilish 
kishida ijobiy hislar tug’diradi, bunday hislar esa kishini tetik qiladi va uning g’ayratiga g’ayrat 
qo’shadi. CHunonchi, charchab qolgan kishi o’z mehnatining natijalarini tasavvur qilganida, bu 
tasavvur uning ishini bitkazishiga yordam beradigan kuch va tetiklik bag’ishlaydi. 
Albatta, xayol tufayli shunday obrazlar ham tug’iladiki, bu obrazlar salbiy hislarni: sog’inish,
ma’yuslik, qo’rqish, sababsiz g’azablanish va boshqa shu kabi hislarni vujudga keltiradi yoki 
kuchaytiradi. SHunday ham bo’ladiki, xayol jarayonlarining o’zi salbiy emotsional holat sababli
ya’ni yomon kayfiyat, ko’ngil g’ashlik, xavotirlik va boshqa shu singari holat sababli vujudga keladi 
va bu holat o’sha protsesslarni kuchaytiradi, so’ngra esa vujudga kelgan tasavvurlar o’sha salbiy 
hislarni tag’in ham kuchaytirib yuboradi. Hammaga ma’lumki, qo’rqoq kishilar hatarli ahvolni 
tasavvur qilishlari bilanoq xaqiqatda bo’lishi mumkin bo’lganidan beshbattarroq enka-tenkalari chiqib 
ketadi. 
Xayol faoliyati bizning ijtimoiy hislarimizni do’stlik va jamoaizm hislarini ko’p darajada 
kuchaytiradi. Xayol tufayli odam o’zini boshqa kishining o’rnida deb tasavvur qilishi, uning hislari 
va intilishlari bilan yashashi, hayrihohlik, birdamlik deb ataladigan va boshqa shu kabi tuyg’ularni his 
qilishi mumkin. 
Xayol bizning irodamizni ishlatishimizda ham katta rolь o’ynaydi. Ma’lumki, odam bir ishga 
kirishmasdan oldin o’z oldiga muayyan maqsad qo’yadi,
shu maqsadga erishish yo’llarini va 
vositalarini belgilab oladi, o’z harakatlarining natijalarini tasavvur qiladi, rejalashtiradi. Mana 
shu tasavvurlarning hammasi esa xayol vositasi bilan vujudga keltiriladi. SHu sababli, irodasi 
kuchli, o’tkir, xarakteri mustahkam kishilarda xayol ham juda o’sgan bo’ladi. Inson faoliyatining 
hamma turlarida: o’yinda, o’qishda, mehnatda, fan va ijodiyotda xayolning katta ahamiyati bor. 
Bolalikdagi o’yinlar – asosan, bolalar fantaziyasining namoyon bo’lishidir. Bolalarning ijodiy 
o’yinlarida ularning organizmi kamol topadi va mustahkamlanadi, aqli, irodasi, ma’naviy va 
estetik hislari o’sadi. 
Xayol bo’lmasa, o’qish ishlarining samarali bo’lishi mumkin emas. O’quvchilar o’zlari bevosita 
idrok qilolmaydigan narsalar to’g’risidagi bilimlarni xayol mavjud bo’lganidagina yaqqol tushunib 
bilib olishlari mumkin. CHunonchi, o’quvchilar geografiya va tarixga doir bilimlarni mana shu 
tariqa yaqqol idrok qiladilar. 
Xayol jarayoni o’quvchilarga darsda, mavhum, abstrakt shaklda berilayotgan materialni 
konkretlashtirishga yordam beradi. O’quvchilar matematikaga, grammatikaga va boshqa fanlarga 


19 
doir misollarni ko’p jihatdan xayol ishtiroki bilan «o’ylab topadilar» va tanlab oladilar. 
Xayol bo’lmasa, odamning mehnat qilishi ham mumkin bo’lmaydi. Mehnat qilish vaqtida hamisha shu 
mehnatdan kuzatilgan maqsad oldindan belgilab olinadi, shu mehnatning qanday natijalar berishi 
oldindan tasavvur qilinadi. SHunday qilinmasa, ishlab bo’lmaydi. Erishilmoqchi bo’lgan maqsadni 
belgilash, oldindan ko’rish, chamalashning o’zi shu maqsadni va natijalarni xayolda tasavvur qilish 
demakdir, xayolning bo’lishi insonning har qanday ishni ijodiy bajarishiga yoki bu ishga ijodkorlik 
elementlarini kiritishga imkon beradi. Aks holda mehnatning har bir turi ilgari o’rganib olingan 
usullar, priyomlar va harakatlarni shunchaki takrorlash yo’li bilangina bajarilishi mumkin. 
Ilmiy kashfiyotlarda va texnikaga doir ixtirolar qilishda juda katta ahamiyati bo’lgan ilmiy 
gipotezalar yaratishda xayolning roli ayniqsa katta. 
Gipoteza- haqiqiy sabablari noma’lum bo’lgan hodisalarning faktlarni izohlamoq uchun 
fanda qo’llaniladigan tahmindir. Odatda, gipotezalarning ko’pchiligi olimlarning xayolida 
ayrim faktlar yoki farazlar asosida vujudga keladi. Vujudga keltirilgan gipoteza 
eksperimentlar qilish yoki faktlar tanlash yo’li bilan tanqidiy ravishda tekshirib ko’riladi. 
Eksperimentning natijalari va to’plangan faktlar shu gipotezaning rostligini tasdiqlasa, u 
holda gipoteza ilmiy nazariya bo’lib qoladi. Masalan, qadimiy fiziklar va astronomlar 
meteorlarning va yulduzlar uchishining sabablarini izohlashga urinib, bu hodisalar 
Yerdagi qattiq moddalarning bug’lanishidan boshqa narsa emas, suv bug’lari kabi mazkur 
qattiq moddalarning bug’lari ham yuqori ko’tarilib va so’ngra lovillagan toshlar holida 
yerga tushadi deb faraz qilgan edilar. Lekin bu gipoteza faktlar bilan isbot bo’lmaganligi 
sababli rad qilindi. So’ngra, mana shu hodisalarni meteorlarni izohlamok uchun boshqa bir 
gipoteza vujudga keltirildi: Oyda vulqonlar bor, shu vulqonlar g’oyat zo’r kuch bilan lava 
chiqarib turadi, bu lavaning bir qismi meteoritlar tariqasida yerga tushadi deb faraz qilindi. 
Lekin bu gipoteza ham isbot bo’lmadi: Oyda hech qanday vulqon yo’qligi va lavalar 
chiqarmasligi ma’lum bo’lib qoldi. Keyingi vaqtlarda bunday gipoteza vujudga keldi: shu 
gipotezaga ko’ra, benihoya ko’p miqdorda kichik va mayda jismlar bor, planetalar 
singari, bu jismlar ham quyosh atrofida aylanib yuradi. Ba’zan bu jismlar Yerning tortish 
kuchi doirasiga tushib qoladi, buning natijasida ular yerga tushadi. Bu gipoteza xaqiqatga 
eng yaqinroq bo’lib chiqdi va hozirgi vaqtda hamma tomonidan qabul qilingan ilmiy 
nazariya bo’lib qoldi. 
Gipotezalar ilm-fanning olg’a borishi uchun muhim shartdir. 
Odamning butun ijodiy faoliyatida xayolning juda katta ahamiyati bor, xayol bo’lmasa, 
qishloq xo’jaligida novatorlik, texnikada ixtirochilik va barcha san’at tarmoqlari ham 
bo’lmagan bo’lar edi. 
Albatta, real xayolgina inson faoliyatida ana shunday ijobiy ahamiyatga egadir. 


20 
Aksincha, real bo’lmagan xayol-quruq xayolparastlikdir, bunday quruq xayolparastlik har 
qanday faoliyatga to’sqinlik qiladi. Keng, mazmunli, kuchli va real xayolgina inson 
faoliyatining hamma sohalarida ijobiy ahamiyatga ega bo’ladi, albatta. Mana shunday xayolni 
o’stirish aqliy tarbiyaning muhim vazifalaridan biri bo’lishi lozim. 
Foydalnilgan adabityolar ro’yoxati
 
 
1.
Umumiy psixologiya. A.V.Petrovskiy taµririda. T.1992. 
2.
“Psixologiya” qisqacha izoµli lu²at. T. 1997. 
3.
Davletshin M.G, T´ychieva M. Umumiy psixologiya. T.2002. 
4.
Nemov R.S. Psixologya. T. 1998. 1-t 
5.
Karimova V.M. Psixologiya. T. 2000 
6.
Psixologiya. Ma’ruza matni. T. 2001. 

Yüklə 325,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə