7
kezamiz. Xayolning bunday «ko’chish» qobiliyatining qay darajada o’sganligi xayolning
nechog’li keng va boy bo’lishini ko’rsatadi.
Xayol jarayonlaridagi odam tafakkuri katta o’rin oladi. Biror yangi obraz yoki tasavvurlar
sistemasini yaratishda odamning o’ylab qo’ygan
biror murodi amalga oshiriladi, biror vazifa
hal qilinadi.
Ko’pincha har turli abstrakt nazariy fikrlar xayol yo’li bilan yaratiladigan konkret obrazlarda
ochib beriladi. Odatda, har bir rassom, shoir, kompozitor ijod qilish jarayonida biror masalani
hal qiladi, o’ziga biror nimani aniqlab oladi yoki boshqalarga tushuntirib beradi. Lekin u
o’zining fikrlarini umumiy va abstrakt tushunchalarda ochib bermasdan,
balki konkret
obrazlarda ochib beradi. Masalan, I.A.Krilov «Oqqush, qisqichbaqa va cho’rtanbaliq»
masalida «O’rtoqlar ahil bo’lmasa, ularning ishi yurishmaydi», – degan fikrni obrazli qilib
ochib beradi. Biz har bir she’riy asardan, har bir badiiy suratdan, muzika asaridan shu
asarlarda yaqqol, obrazli qilib ochib beriladigan asosiy fikrni, asosiy ideyani qidiramiz.
Xayol tasavvuridagi abstrakt tushunchalar ham har xil allegoriyalarda, metaforalarda va boshqa
simvolik obrazlarda konkretlashgan bo’ladi. CHunonchi kuch yoki g’urur to’g’risidagi fikr
azaldan beri sher yoki Semurg’ qushning yaqqol obrazida simvolik tarzda ifodalanadi, imillab
yurish to’g’risidagi fikr toshbaqa obrazida ifodalanadi va hokazo.
So’ngra, tafakkur, xayol faoliyatini tartibga, sistemaga solib turadi.
CHunonchi, yozuvchi ko’p iboralardan iborat badiiy asar yaratayotganida uning tafakkur
faoliyati shu obrazlarni muayyan tartibga keltirishda, bir butun qilib birlashtirishda
ifodalanadi.
Ixtirochi yangi mashina
yaratayotganida unda dastlab, shu, mashinaning ayrim qismlari va
detallari hamda ularning qanday tuzilishi va ishlashi to’g’risida umumiy bir fikr va tasavvur hosil
bo’ladi. Ixtirochi fikr yuritish jarayonida mazkur ayrim tasavvurlardan hosil bo’lgan bo’lajak
mashinaning bitta murakkab obrazini yaratadi.
Xayol jarayonlari mana shu hususiyatning nerv-fiziologik asosi bosh miya po’stining ishida
muayyan sistema borligida bo’lsa kerak.
Tafakkur tufayli xayol jarayonlari tartibga va sistemaga solinibgina qolmasdan, shu bilan
birga, «to’xtatilib», nazorat qilinib ham turadi. Tafakkur yaxshi o’smagan bo’lsa, bilim kam
bo’lsa, fantaziya juda uzoqka «uchib ketishi» va voqelikka hech qanday o’xshashlik tomoni
qolmasligi mumkin. Qadimgi greklar yaratgan mifologiya (afsonalar), ko’p darajada ular
bilimining cheklanganligi va tafakkurlarining shu bilim darajasiga yarasha bo’lganligi
mahsulidir.
Xayol tasavvurlarining paydo bo’lishida nutq katta rolь o’ynaydi. Har kimga ham ma’lumki, shu
tasavvurlarning ko’pi boshqa kishilar aytib bergan hikoyalarning ta’siri ostida,
shuningdek,
8
o’qish jarayonida, ayniqsa she’riy asarlarni va badiiy adabiyotning boshqa turlarini o’qish
chog’ida paydo bo’ladi.
Bunda yana quyidagilarga e’tiborni jalb qilish zarur.
Xayol obrazlari, garchi tasavvurlar deb atalsa ham, lekin bu tasavvurlar o’zlarining bir
qancha hususiyatlari bilan xotira tasavvurlaridan farq qiladi.
1.
Yuqorida aytib o’tilganidek, xotira tasavvurlari ilgari idrok qilingan buyumlar
obrazining gavdalanishidir. Xayol tasavvurlari esa xotira tasavvurlarini murakkab ijodiy
qayta ishlash natijasida vujudga keladi. Xayol tasavvurlari xotira tasavvurlarining
takrorlanishi emas, balki yangicha hosil bo’lgan tasavvurlardir.
2.
Xayol tasavvurlari ko’pincha o’zining ko’proq, to’liq bo’lishi, lo’nda
va yorqin
bo’lishi bilan xotira tasavvurlaridan farq qiladi. SHu jihatdan qaraganda, xayol tasavvurlari
idrok obrazlariga yaqinroq bo’ladi.
3. Tasavvur ob’ekti bilan tanishlik hissi va shu ob’ekt real mavjud bo’lib turibdi yoki
mavjud bo’lgan, tasavvurning mazmuni ob’ektga muvofiq keladi degan ishonch xotira
tasavvurlariga xos belgilardir. Bunda mana shunday ishonch idroklarning ob’ektivligiga
bo’lgan ishonchga yaqinroqdir.
Ammo xayol tasavvurlari esa hamisha alohida bir «yangilikni» va «noma’lumlikni» his qilish
tuyg’usini beradi.
SHu sababli xotira tasavvurlari tasavvur qilingan narsaning mavjudligiga
yoki xaqiqatan mavjud bo’lganligiga yohud mavjud bo’lajagiga alohida ishonch hissi bilan
bog’langan bo’ladi va tasavvurning mazmuni shu narsaga
muvofiq degan alohida hisni
vujudga keltiradi.
Bunda tasavvur qilingan narsaning realligiga to’la ishonch bo’lishi mumkin va buning realligiga
shubhalanish, ishonmaslik va hatto bu reallikning inkor qilinishi ham mumkin.
Xotira tasavvurlari o’tmishda ko’rilgan va eshitilgan narsalarning esga tushishi bilan
bog’langan bo’lib, passivroq xarakterga egadir. Xayol tasavvurlarining ko’pchiligi o’zining
faolligi
bilan farq qiladi: bu tasavvurlar masofa yoki vaqt jihatdan birmuncha olisroqqa
intilish bilan bog’langandir.
Xayol tasavvurlarining bu hususiyatlarini shu narsa bilan izohlash mumkinki, bu tasavvurlar
ehtiyojning kuchli ravishda namoyon bo’lishi natijasida, insonda qiziqish va ideallar borligi
sababli, insonda xilma-xil hissiyotlar va jumladan yangilikni his qilish tuyg’ulari
paydo
bo’lganligi natijasida vujudga keladi.
Dostları ilə paylaş: