17
Xayolning realligi odamning tajribasiga,
uning bilimlariga, undagi tanqidiy tafakkurning qay
darajada o’sganligiga va odamning turmush tajribasi bilan qay darajada aloqasi borligiga
bog’liqdir.
Xayolda yaratilayotgan obrazlar amalda ruyobga chiqarilmaydigan bo’lsa yoki bu obrazlarni
amalga
oshirish keraksiz, bema’ni bir narsa bo’lsa, bunday xayol real xayol bo’lmaydi.
Xayoli mana shunday real bo’lmagan kishilarni «quruq xayolparast» «fantazyor», deb aytadilar.
P u c h fantaziyachilar xayolparastlar ko’pincha shaxsiy tajribasi oz, bilimi kam,
tanqidiy
tafakkuri o’smagan, irodasi kuchsiz, turmush tajribasi bilan tuzuk bog’lanmagan kishilardir.
Bular g’ayrati yo’q, lapashang kishilardir. Ularning fantaziyasi hech bir narsa bilan
chegaralanmaydi, hech bir narsa bilan nazorat qilinmaydi, shuning uchun ham ular juda g’alati,
aqlga sig’maydigan va amalga oshmaydigan obrazlar yaratishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: