4
I. XAYoL TO’G’RISIDA UMUMIY TUSHUNCHA.
Xayol tasavvurlarining idrok obrazlaridan
va xotira tasavvurlaridan
farqi shuki, xayol
tasavvurlari tajribamizda orttirilgan ob’ektlarga ega emas. Xo’sh, odamlarning ongida bu
obrazlar qaerdan va qanday qilib paydo bo’ladi, degan savol tug’iladi.
Albatta, bu obrazlar biror manbaga ega bo’lmay, yo’q, narsadan paydo bo’lishi mumkin
emas.
Muayyan bir ehtiyoj mavjud bo’lgan taqdirda xayolning tegishli obrazlari-xayol tasavvurlari
insonning
tajribasiga
va
xotira tasavvurlariga
asoslanib hosil bo’lishi va tarkib topishi mumkin.
Bu tasavvurlar xayol tasavvurlarini vujudga keltirishga asos bo’ladigan materialdir. Masalan,
biz muzlar to’g’risida, qorong’ilik va yorug’lik to’g’risida, sovuq to’g’risida, suv to’g’risida,
ko’p va shu kabilar to’g’risida tajribada orttirgan tasavvurlarimiz bo’lgani sababli, Antarktika
va Janubiy qutb to’g’risida tasavvur qilishimiz mumkin. Xayol
jarayonida bizda mavjud
bo’lgan kerakli tasavvurlar albatta ko’z o’ngimizda gavdalanadi.
Lekin xayol jarayoni tasavvurlarni gavdalantirishdan va ularni shunchaki bir-biriga
5
qo’shishdan iborat bo’lmaydi. Xayol jarayonida xotira tasavvurlari shunday qayta ishlanadiki,
buning natijasida yangi tasavvurlar hosil bo’ladi.
Xayolning spetsifik faoliyati xotira tasavvurlarini o’ziga xos analiz va sintez qilishdan
iborat bo’ladi.
Xayol uchun material bo’ladigan tasavvurlar xayol yaratib berayotgan obrazlarga,
ko’pincha, to’liq, holda kirmasdan, balki qisman kiradi.
SHu sababli, xayol jarayonida
mavjud tasavvurlarni gavdalantirish bilan birlikda yoki uning ketidan analiz qilish
ya’ni tasavvurlarni bo’lak-bo’lak qilib bo’lish va shu tasavvurlarning ayrim qismlarini
hamda elementlarini ajratib olish faoliyati ro’y beradi.
So’ngra xayolning sintez qilish faoliyati ro’y beradi. Muayyan tasavvurdan ajratib olingan
elementlarni boshqa tasavvurlar bilan yoki boshqa tasavvurlarning elementlari bilan qo’shish
va bir turkum qilish jarayoni ro’y beradi. Mana shunday sintez
qilish faoliyatida yangi
tasavvur xayol tasavvuri vujudga keladi.
Xayolning sintez qiluvchi faoliyatining oddiy formasi agglyutinatsiyadir. Agglyutinatsiya–
ayrim elementlarni yoki bir necha buyumlarning qismlarini bitta obraz qilib qo’shish va
shularning kombinatsiyasidir. Masalan, xalq xayolining mahsuli bo’lgan rusalka (suv
pariysi) obrazi xotin (bosh va gavdasi), baliq, (dumi) va yashil suv o’simligi (sochlari)
obrazlaridan yaratilgan. Xuddi shuningdek, Bulbuli go’yo deganimizda xalq tasavvurida
har bir narsani bilib aytib beradigan odamsimon (boshi odam, tanasi qush) bir jonivor
gavdalanadi, bunda ham biz odam va qush obrazidan bitta obraz yaratilganligini ko’ramiz.
Yozuvchilar adabiyotdagi badiiy obrazlarni yaratayotganlarida xayolning sintez va analiz
qiluvchi murakkab faoliyatining xarakterli hususiyatlari ayniqsa yorqin namoyon bo’ladi. har
bir
badiiy obraz bitta obrazda, o’ziga xos ravishda birlashtirilgan tasavvurlarning qismlari,
elementlaridir yoki butun bir tasavvurlarning o’zidir.
L.N.Tolstoy, men Natasha obrazini («Urush va tinchlik») yaratayotganimda uning ayrim
belgilarini xotinim Sofiya Andreevnadan, boshqa xil belgilarini singlisi Tatьyanadan
olganman, shularning hammasini «yanchib aralashtirganman» va
shu tariqa Natasha obrazi
kelib chiqqan, deb yozgan edi.
I.S.Turgenev, menda qahramon obrazini yaratish jarayoni o’zimga juda kuchli ta’sir qilgan
taassurotdan boshlanadi degan edi. U biror konkret odamda – Ivanda, Pyotrda, Fyoklada
«qandaydir juda taassurotli» bir hususiyat borligini payqab qolar ekan. «Men unga obdan
razm solib yuraman, xo’p o’ylayman; so’ngra o’sha Fyokla, o’sha Pyotr, o’sha Ivan
ko’zimdan qayoqqadir g’oyib bo’ladi, lekin ular menda qoldirgan taassurot saqlanib qoladi va
yetiladi. Men bu shaxslarni boshqa
shaxslar bilan taqqoslayman, ularni har xil harakatlar
doirasiga kiritaman, shu tariqa menda alohida bir butun odam hosil bo’ladi...»
6
Xotira tasavvurlarini qayta ishlash, yangi obrazlar yaratish jarayonida xayol faoliyati tasavvur
qilinadigan buyumlarni kattalashtirishda yoki kichraytirishda ifodalanishi mumkin. Bu
kattalashtirish yoki kichraytirish ba’zi hollarda buyumning hamma qismlariga nisbatan
mutanosib, proportsional bo’lishi mumkin. CHunonchi, rus ertaklarida pahlavonlarni «qad
ko’targan daraxtdan baland, sayr qilib yurgan bulutdan sal past» qilib ko’rsatiladi. Mahmur
«qozi Muhammad Rajab to’g’risida...» nomli hajviy she’rida Qozi Muhammadning bo’yini
terakka o’xshatib, «Bo’yi chunonam uzunki,
misli terak, osmon shipiga ilsang bo’ladi tirgak»
deydi. Sviftning «Gulliverning sayohati» romanidagi juda katta odamlar bilan liliputlarning
obrazlari mana shunday obrazlardir. O’zbek xalq ertaklaridagi «boshi bulutga tegadigan
pahlavonlar» yoki «kichkina mitti xonxo’jani yiqitti» so’zlarida ifodalangan obraz ham
shunday obrazlardir.
Kattalashtirish yoki kichraytirish mutanosib bo’lmasligi, proportsional bo’lmasligi ham mumkin,
xayol jarayonida buyumning faqat ayrim qismlarigina kattalashtirilishi yoki kichraytirilishi
mumkin. Buyumning faqat bir qismini bunday kattalashtirish
yoki kichraytirishni
Dostları ilə paylaş: