12
voqelikni idrok qilishi, uning ustun turgan tasavvurlari va fikrlari bilan belgilanadi.
Ixtiyoriy xayol oldindan belgilangan maqsadga yo’nalgan bo’ladi, muayyan obrazni yaratish
uchun zarur bo’lgan materialni tanlash, iroda kuchini ishlatish yo’li bilan vujudga keladi.
SHaxs tashabbusi bilan o’z oldiga maqsad qo’yishi mumkin, masalan: rassom, shoir o’zi
chizmoqchi bo’lgan suratning yoki o’z she’riy asarining temasini o’zi belgilaydi. Albatta,
badiiy asarda ijtimoiy vazifalar ifodalanadi, lekin asarning konkret temasi, shu temaga muvofiq
keladigan kompozitsiya rassomning, shoirning o’z tashabbusi bilan belgilanadi.
San’at asarlarining hammasi avvalo-ixtiyoriy xayol mahsullaridir. Ixtiyoriy xayol ixtiyorsiz
xayoldan ajralgan holda ro’y bermaydi: ixtiyoriy xayol
jarayoni hamisha beixtiyor
qilinadigan xayol momentlarini o’z ichiga oladi. Ma’lumki, muzika ijodiyotining she’riy yoki
boshqa bir ijodiyotning ixtiyoriy faoliyat tariqasida o’tadigan murakkab jarayonlari ko’pincha
beixtiyor qilinadigan xayol faoliyatini ham o’z ichiga oladi. SHoirlar, rassomlar muayyan
temada o’z asarlarini (ixtiyoriy ravishda) yaratayotganlarida, ba’zan beixtiyor paydo bo’lgan
obrazlar, hislar, fikrlarga berilib ketgandek bo’ladilar.
Mana shunday beixtiyor ijodiy protsessni ko’rsatuvchi bir necha misol keltiramiz.
Rus shoiri A. V. Kolьtsov bunday deb hikoya qiladi: «Men otamning
qo’ylari bilan cho’lda tunab
qolgan edim. Tun tim qorong’i edi, hammayoq shu qadar jimjit ediki, o’tlarning shitirlagani ham
eshitilar edi. Tepamdagi osmon ham baland, qorong’i edi, undagi yulduzlar yarqirab ko’rinardi.
Uyqum kelmasdan osmonga tikilib yotdim. To’satdan miyamda she’rlar to’g’ila boshladi. SHu
vaqtgacha miyamni nuqul poyma-poy, bir-biriga bog’lanmagan qofiyalar band qilib yurar edi,
«endi bo’lsa shu qofiyalar muayyan shaklga kirdi. Men bezgak tutgandek, sapchib
o’rnimdan turdim, mening bu holatim tush emasligini tekshirib ko’rmoq uchun she’rni baland ovoz
bilan o’qiy boshladim. O’z she’rlarimga o’zim quloq solayotganimda menda g’alati
bir his paydo
bo’ldi».
I.A.Goncharov o’zining ijod qilish vaqtidagi faoliyati to’g’risida quyidagilarni aytgan: «Menda
hamisha bitta obraz va shu bilan birga asosiy motiv bor, ana o’shaning o’zi hamisha meni olg’a
sudraydi, men bo’lsam yo’l-yo’lakay duch kelgan narsani, ya’ni shu obrazga yaqin bo’lgan narsani
to’satdan ilib oladigan, ana shunda jon-dilim bilan, jadal ishga tushaman, qo’lim yozishga
ulgurolmay qoladi. Ammo miyam ishlay beradi, turli basharalar meni sira tinch qo’ymaydilar,
oldimga kelib jilvalanadilar, turli alfozda ko’rinadilar,
ularning barini eshitaman, aksari,
nazarimda ularni men uylab chiqarganim yo’qdek, ular barchasi mening ko’z oldimda gir-kapalak
bo’lib, aylanib yurgandek tuyuladi va men ularga qarab turib, yaxshi o’ylasam bo’lganidek
fahmlar edim».
P.I.CHaykovskiy o’zining ijodiy holati to’g’risida bunday deb yozgan edi: «...ba’zan butunlay yangi
mustaqil muzika mavzui paydo bo’ladi. Uning qaerdan paydo bo’lishi bilib bo’lmaydigan bir sirdir.
13
Masalan, bugun ertalabdan boshlab men o’zim ham tushuna olmaydigan va qaerdan paydo
bo’lganligini o’zim ham bilmaydigan jo’shqin ilhomga berilib ketdim, shu narsani oldindan
bilamanki, shunday jo’shqin ilhom tufayli shu kun yozgan narsalarimning hammasi kishining qalbiga
yoqadigan va unda taassurot qoldiradigan narsalar bo’ladi».
Qadim zamonlardan boshlaboq kishilarda, shoirlar, rassomlar, filosoflar o’z
asarlarini qandaydir
«ilohiy kuchlar» ning ko’rsatishi bilan yaratadilar, degan fikr paydo bo’lganligining sababi ham ana
shunda. Ijod qilish vaqtida alohida ilhom keladi degan «ta’limot» yaratilgan. Burjua idealistik
psixologiyasi ijodiy jarayonlarga ong aralashmaydi degan va fanga xilof bo’lgan qarashlarni targ’ib
qiladi.
Aslda esa shoirning, rassomning, olimning, ixtirochining ijodiy faoliyatida tashqi kuchlar
qatnashmaydi, balki bu ijodiy faoliyatda uning o’z kuchlari – uning tajribalari, bilimlari namoyon
bo’ladi, tafakkurining, xayolining diqqatining qay darajada o’sganligi namoyon bo’ladi. Albatta,
ijodiy ilhomlanish singari murakkab hodisa batamom beixtiyor xayol qilish faoliyatidan iborat
bo’lmaydi. Lekin, har holda, beixtiyor bo’ladigan xayol ijodiy faoliyatda katta o’rin tutadi.
SHu bilan birga,
ijodiy xayolning mahsuldorligi, asosan, iroda ko’rsatib, g’ayrat bilan ishlashga
bog’liqdir. Xayol faoliyatini qo’zg’atish, tegishli obrazlarni yaratish uchun ulug’ kishilarniig ham
ko’p fikr ishlatishlari, zo’r iroda ko’rsatib, g’ayrat bilan, ko’p mehnat sarf qilib, tirishib
ishlashlari lozim bo’lgan.
Mashhur rassom akademik I.E.Grabarь kompozitor P. I. CHaykovskiy to’g’risidagi
xotiralarida «ilhom haqida» aytilgan quyidagi gaplarni keltiradi:
«Qachon ilhom kelar ekan deb, kutib o’tirib bo’lmaydi,– deydi CHaykovskiy,– zotan,
birgina
ilhomning o’zi kifoya ham qilmaydi: birinchi galda kerak bo’ladigan narsa – mehnat, mehnat va yana
mehnatdir.Men har kuni ertalab ishga boraman va yozaveraman, agar bugun yozganlarimdan hech
bir narsa chiqmasa, ertaga shu ishni yana boshlayman, ikki kun, o’n kun bo’lsa ham yoza
beraman, shunda ham hech narsa chiqmasa, baribir, umidsizlanmayman, nihoyat, o’n birinchi kun
ishlaganimda, qarabsizki, biror kerakli asar paydo bo’ladi».
Asosan ayrim obrazlar, obrazlar kompleksi
beixtiyor yaratilishi mumkin, bular ba’zan yangi va
yorqin obrazlar bo’lsa ham lekin ayni vaqtda sistemasiz, tartibsiz bo’lishlari turgan gap, xayolda
paydo bo’lgan bu chala-chulpa obrazlarni tartibga solmoq, turkumlashtirmok, sistemaga solmoq,
yahlit bir narsa yaratmoq uchun fikr va irodaning zo’r berishi, mehnat qilish lozim bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: