Mustaqil ish mavzu: Halollik vaksinasi Bajardi: Nasirullayeva Parizoda Tekshirdi: Usmonova Nigora Toshkent 2023 Halollik vaksinasi



Yüklə 53,41 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü53,41 Kb.
#134926
Halollik vaksinasi



MUSTAQIL ISH
Mavzu: Halollik vaksinasi



Bajardi: Nasirullayeva Parizoda
Tekshirdi: Usmonova Nigora

Toshkent 2023

Halollik vaksinasi
Reja:

  1. Halollik vaksinasi – korrupsiyaga qarshi kurashishda muhim omil

  2. “Halollik vaksinasi – taraqqiyot garovi”



Insonning insoniyligi uning halolligi va pokligi bilan o‘lchanadi. Shuning uchun ota-bobolarimiz azaldan halol va pok yashashga harakat qilgan, halol bilan haromning farqiga borishgan va bu xususda yosh avlodga yetkazishgan.
Bugungi kunda ham halollik masalasiga hayotimizning yaxshilanishi va insoniyligimizning bosh mezoni sifatida qaralmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bu boradagi ishlar samaradorligini ta’minlashda, turli illatlardan xoli, farovon, odil jamiyatni qurishda eng muhim “richag” – har birimiz o‘zimizni “halollik vaksinasi” bilan emlashimiz kerakligini ta’kidladi.
“Halollik vaksinasi” – korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari majmuasi. Bu atama ilk marotaba O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida tilga olingan. Korrupsiyaga qarshi kurashda adolat bosh mezon hisoblanadi. Bunga erishishning yagona yo‘li “halollik vaksinasi”dir.
Davlat hokimiyati organlari faoliyatining shaffoflikni taʼminlash borasida kadrlar masalasi ham juda katta ahamiyatga ega. Zero, bu ham korrupsiyaning oldini olishga xizmat qiladi. Shu oʻrinda Sohibqiron Amir Temurning ushbu tuzuklarini eslash lozim: “...amir qildimki, vazirlar ushbu toʻrt sifatga ega kishilardan boʻlishlari lozim: birinchisi – asillik va toza nasllik, ikkinchisi – aql farosatlilik, uchinchisi – sipoh-u raiyat ahvolidan xabardorlik, ularga nisbatan xushmuomalalik, toʻtinchisi – sabr-chidamlilik va tinchliksevarlik. Kimki shu toʻrt sifatga ega boʻlsa, unday odamni vazirlik martabasiga loyiq deb bilsinlar. Uni vazir yoki maslahatchi etib tayinlasinlar. Mamlakat ishlarini, sipoh va raiyat ixtiyorini unga topshirsinlar. Bunday vazirga toʻrt imtiyoz: ishonch, eʼtibor, ixtiyor va qudrat berilsin”.
“HALOLLIK VAKSINASI – TARAQQIYOT GAROVI”
Korrupsiyaga qarshi kurashishda avvalo, jamoatchilikda ong va taffakkur isloh qilinmas ekan, har qanday qatʼiy choralar ham, kuchli va barqaror nazorat tizimi ham yetarlicha samara bermaydi. Bu boradagi isloh esa har kimning oʻzidan boshlanadi va u pirovardida butun jamiyatni yagona maqsad – korrupsiyaga nisbatan murosasizlik yoʻlida birlashtiradi. Yangi Oʻzbekistonning bugungi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ana shunday muhim harakatlantiruvchi kuch – “halollik vaksinasi” har tomonlama zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Oliy Majlisga Murojaatnomada “Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha a’zolari, ta’bir joiz bo‘lsa, “halollik vaksinasi” bilan emlanmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga erisha olmaymiz. Biz korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga o‘tishimiz kerak”, deb ta’kidlab o‘tgan edi.
Ushbu davr mobaynida davlat rahbari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qator islohotlar olib borildi hamda qator qaror va farmonlar imzolandi, «Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi» tuzildi. Zero, buning zamirida ushbu «illatga» qarshi kurashish butun davlat siyosati darajasida ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
Korrupsiya shunday illatki, uni bir yoki ikki idoraning sa’y-harakati bilan yo‘q qilib bo‘lmaydi. Korrupsiyaga qarshi nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va davlat tashkilotlari, balki bu yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlar fuqarolarimiz tomonidan ham faollik ko‘rsatilib, butun jamiyat unga qarshi birgalikda kurashib, uning ildizlarini yo‘q qilishga kirishilsagina ijobiy natijaga erishish mumkin.
“Halollik vaksinasi”ni yaratishda insonning baxt to‘g‘risidagi tushunchasini sog‘lomlashtirish muhim ahamiyatga ega. Bunda insonning xulqini belgilaydigan narsa uning baxt to‘g‘risidagi tushunchasi ekanligidan kelib chiqilgan. Inson baxtliligining eng muhim sharti qo‘rquvsiz erkin yashash hissi va xotirjamligi ekanligi asoslab berilgan. Buni anglagan odamda korrupsiyaga qarshi antivirus shakllanishiga imkoniyat paydo bo‘ladi.
“Halollik vaksinasi” deganda harom qilingan ishlarni qilishga undaydigan virusni o‘ldirishga qodir bo‘lgan antivirus rolini bajaradigan g‘oyalar majmui tushuniladi. Korrupsiya illati ana shunday harom qilingan ijtimoiy kasallik hisoblanadi va bu kasallikni keltirib chiqaradigan virus bo‘ladi.
Korrupsiyaning virusi deb poraxo‘rlikni aytish mumkin, chunki korrupsiya poraxo‘rlikning birlashganlik va uyushganlik holati hisoblanadi. Poraxo‘rlik insonning o‘z nafsini, ehtiyojlarini jilovlay olmaslik natijasida kelib chiqadi. O‘z ehtiyoji va nafsining quliga aylanib qolgan odamda poraxo‘rlik virusi kelib chiqadi. Bu esa, ma’naviy qashshoqlik bilan bog‘liq.
Korrupsiya tahdidiga qarshi immunitetni shakllantirishga yoki virusga qarshi antivirusni shakllantirishga xizmat qiladigan vaksina hayotbaxsh so‘zlardan va g‘oyalardan iborat bo‘ladi. “Vaksina” bo‘lib insonning baxt haqidagi to‘g‘ri tushunchasi, baxtga erishishda mustaqillikning, tinchlikning, adolatning, ma’naviyatning, milliy g‘oyaning, demokratiyaning, fuqarolik jamiyatining, islohotlarimiz asosida yotgan liberallashtirishning o‘rni va O‘zbekiston tanlagan evolyusion taraqqiyot yo‘lining ahamiyati to‘g‘risidagi g‘oyalar majmui xizmat qiladi.
Norozilik bo‘lgan muhitda odamlar ongu qalbiga ezgu g‘oyalarni singdirib bo‘lmaydi. Korrupsiya – bu halokat, korrupsioner esa terroristdan ham xavfli falokat deb aytish mumkin.
Ma’naviyat qashshoq bo‘lgan joyda korrupsiyaga sharoit yaratiladi va korrupsiya bu sharoitni asrash uchun ma’naviyatning yuksalishiga yo‘l qo‘ymaydi. Chunki korrupsiya illat sifatida faqat nosog‘lom ijtimoiy muhitdagina mavjud bo‘ladi va bunday muhit odamlar ma’naviyati qashshoq bo‘lgan holdagina kelib chiqadi. Korrupsiyaning sababi ma’naviy qashshoqlik, oqibat esa insoniyatning halokati va uning yechimi sababni bartaraf qilish bilan bog‘liq.
Demak, jamiyatni va, eng avvalo, yoshlarimizning ongi va qalbini yot g‘oya hamda mafkuralardan, korrupsiya illatidan himoya qilishning eng maqbul yo‘li ma’naviy va mafkuraviy immunitetni shakllantirishga qaratilgan profilaktika ishlari bilan bog‘liq.
Bugungi kunda mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi kurashish izchillik bilan olib borilmoqda. Jumladan, O'zbekiston 2008-yilda Korruptsiyaga qarshi konventsiyaga, 2010-yilda Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida qabul qilingan Korruptsiyaga qarshi kurashning Istanbul rejasiga qo'shilganligini ta'kidlab o'tmoq joiz. Shuningdek, Oliy Majlis tomonidan 2011-yilda Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo'yicha Yevroosiyo guruhi to'g'risidagi bitim ratifikatsiya qilingan.
O'zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida”gi Qonunining qabul qilinishi, shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha Respublika idoralararo komissiyasining tashkil etilishi va bu yo'nalishda Davlat dasturlarining qabul qilinganligi yurtimizda korrupsiya bilan bog'liq xuquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qator chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qilib kelmoqda.
“Ushbu sa'yi-harakatlar natijasida 2013—2020-yillar oralig'ida mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan korrupsiyaga oid jinoyatlar 43 foizga kamaydi,” deya ta'kidlab o'tdi ekspert Bahodir Ismoilov. Mansabdor shaxslarga cheklanmagan diskretsion vakolatlarning berilishi, jumladan, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo'yishdagi kamchiliklar, tarbiyaviy ishlardagi nuqsonlar, zamonaviy fan, texnika va texnologiyalarning joriy etilmaganligi kabi qator omillar korruptsiyaviy jinoyatlarning sodir etilishiga sharoit yaratib beradi, deyildi mashg'ulotda. Bu kabi xolatlar esa davlat, jamiyat va fuqarolarning manfaatlariga katta zarar etkazadi, sog'lom raqobatga to'sqinlik qilib, halol ishbilarmonlik muhitiga salbiy ta'sir ko'rsatadi, xufiyona iqtisodiyotni rivojlantiradi.
Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga navbatdagi Murojaatnomasi, tom maʼnoda, tarixiy voqelik boʻldi. Uning tarixiyligi shundaki, Prezidentimiz mamlakatimizni 2020-yil va kelgusi 5 yilda rivojlantirish boʻyicha ustuvor yoʻnalish hamda vazifalarni belgilab berish asnosida, qoʻlga kiritilgan yutuqlar qatorida, yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar, mavjud muammolarga ham alohida toʻxtaldi. Ularni bartaraf etish yoʻllarini va chora-tadbirlarini aniq-tiniq koʻrsatib berdi.
Korrupsiya ildiz otayotgan sohalar, yoshlar taʼlim-tarbiyasida uchrayotgan oqsoqliklar, aholi kambagʻal qatlamining qaddini tiklashiga koʻmaklashish... Yurtboshimiz bu dolzarb masalalarga toʻxtalganda, zalda oʻtirganlar bir-biriga qaradi. Nigohlardan shuncha dardimiz bor ediyu, ammouni aytishga shu vaqtga qadar hech birimizning jurʼatimiz yetmasdi, degan fikrni anglash mumkin edi.
Davlatimiz rahbari bu boradagi ishlar samaradorligini taʼminlashda,turli illatlardan xoli, farovon, odil jamiyatni qurishda eng muhim “richag” — har birimiz oʻzimizni “halollik vaksinasi” bilan emlashimiz kerakligini taʼkidladi.
Darhaqiqat, aynan halollik shu vaqtga qadar millatga azob berib kelayotgan dardlarga malhamdir. Halollik shunday bir sehrli kalitdirki, aynan u taraqqiyotimizga gʻov boʻlib kelayotgan eshiklarni ochadi. “Halollik vaksinasi” vijdonimizni uygʻotib, qurum bosgan zehniyatimizni tozalaydi.
Prezidentimiz bildirgan fikrlar, ilgari surgan tashabbus va gʻoyalar madaniyat sohasidagi ishlarning ham, tom maʼnoda, yadrosi boʻla oladi. Masalan, ishga halol yondashish, halol yashash, vijdon amrini hayot tamoyiliga aylantirish borasidagi fikrlarni olaylik. Halollik aslida madaniyat degani-ku! Inson halol boʻlishi uchun unda, avvalo, ichki madaniyat boʻlishi zarur.
Shunday ekan, biz, madaniyat xodimlari islohotni, birinchi oʻrinda, oʻzimizdan boshlashimiz shart. Biz tizimni shunday holatga keltirishimiz kerakki, muzey, kino, teatr, sanʼat maktablari, istirohat bogʻlari, madaniyat dargohlari tarbiya oʻchogʻi boʻlishi, ular odamlar uchun maʼnaviy xaloskor maskanlarga aylanishi zarur.
Odamlar koʻryapti-ku, deb, qaynona-kelin mojarolaridan nariga oʻtolmaydigan filmlarni suratga olaveradigan, tomoshabinlar kulsa boʻldi, deya bachkana mavzulardagi spektakllarni sahnalashtiradigan, maza-matrasiz, tuturiqsiz soʻzlarni tizib, tumtaroq jumlalarni ham qoʻshiq qilib kuylayveradigan zamonlar oʻtdi endi. Bugun odamlarning koʻzini ochadigan, mudragan qalblarni uygʻotadigan, hayotga, Vatanga muhabbatini oshiradigan, bunyodkorlikka undaydigan asarlar yaratishni davrning oʻzi taqozo etmoqda. Oldimizni baland marralarni qoʻyib, yuksak orzu-maqsadlar uchun halol mehnat qilmasak, olib borilayotgan bugungi islohotlardan orqada qolib ketamiz. Xalqimiz, Prezidentimiz oldimizga qoʻyayotgan talablarga javob bera olmaymiz.
Tariximizning oydin lahzalari shunday xulosa beradiki, sahna doimo tomoshabinlardan baland boʻlgan, kinotasmalarga insonni ezguliklarga ergashtirguvchi gʻoyalar muhrlangan, kuy-qoʻshiqlarda yurtdoshlarimizning dardu qaygʻulari, orzu-armonlari, ishonchu umidlari tarannum etilgan. Bu jihatlar barchamizga oʻrnak, ibratdir.
Yurtboshimiz nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz aʼzolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun, avvalo, ilm-maʼrifat, yuksak maʼnaviyat muhimligini, ilm yoʻq joyda qoloqlik, jaholat va albatta, toʻgʻri yoʻldan adashish boʻlishini qayd etdi. Sharq donishmandlarining “Eng katta boylik — bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros — bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik — bu bilimsizlikdir!”, degan hikmatini alohida taʼkidladi.
Ushbu fikrlardan kelib chiqib aytish joizki, bugungi kunda hammamiz zamonaviy bilimlarni oʻzlashtirishni, chinakam maʼrifat va yuksak madaniyat egasi boʻlishni uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylantirishimiz kerak. Shundagina Prezidentimiz taklifi bilan nom olgan joriy — Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilida oldimizga qoʻyilgan topshiriq hamda vazifalarni uddalay olamiz.
Murojaatnomada madaniyat sohasida izchil amalga oshirilayotgan islohotlar yangicha ruhda, shiddat bilan davom ettirilishi taʼkidlandi. Jumladan, bu yil madaniyat va sanʼat muassasalariga alohida eʼtibor qaratilib, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash choralari koʻriladi. Byudjet mablagʻlari hisobidan 22 ta teatr va madaniyat obyektlari quriladi va rekonstruksiya qilinadi. Shuningdek, davlat-xususiy sherikligi asosida 20 ta madaniyat markazi va istirohat bogʻlari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Kinematografiya sohasida badiiy jihatdan yetuk asarlar yaratish, zamonaviy kinoindustriyani rivojlantirish boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshiriladi, yangi kinoteatrlar quriladi.
Joriy yilda davlat buyurtmasi asosida kino mahsulotlari ishlab chiqarishni moliyalashtirish takomillashtiriladi. Shu bois, davlatimiz rahbari tomonidan Kinematografiyani 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi hamda “Kinematografiya toʻgʻrisida”gi qonunni ishlab chiqish topshirigʻi berildi.
Bundan tashqari, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Shahrisabz shahrida ikkinchi bor Xalqaro maqom festivalining oʻtkazilishi madaniy hayotimizdagi muhim voqealik boʻladi.
Shu oʻrinda qayd etish kerakki, ushbu festival ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan nodir musiqa merosimizni targʻib qilish, uni jahon miqyosida tarannum etishga imkoniyat yaratmoqda. Biz, sanʼat ahli, xalqimizning ilgʻor ziyolilari yoshlarda maqom sanʼatiga toʻgʻri munosabatni shakllantirish uchun ushbu madaniy merosimizning sehrli kuchini, jozibasini, ulugʻvorligini ularning ongu qalbiga yetkazib bera olishimiz zarur.
Shuningdek, 2020-yilda xalqimiz tarixining murakkab damlarida, maʼrifat mashʼalasini baland koʻtarib chiqqan ulugʻ alloma va jamoat arbobi Mahmudxoʻja Behbudiyning 145-yillik tavallud sanasi keng nishonlanadi.
Xoʻsh, hozirgi kunda nima uchun jadidchilik harakatini, maʼrifatparvar bobolarimiz merosini chuqur oʻrganishimiz kerak? Prezidentimiz oʻz chiqishida bu savolga loʻnda qilib javob berdi: “Bu maʼnaviy xazinani qancha koʻp oʻrgansak, bugungi kunda ham bizni tashvishga solayotgan juda koʻp savollarga toʻgʻri javob topamiz. Bu bebaho boylikni qancha faol targʻib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini anglab yetadi”.
Bugungi globallashuv sharoitida turfa madaniyatlar toʻqnash kelmoqda. “Ommaviy madaniyat” degan illat ongu qalbimizga, hayotiy qarashlarimizga chang solayotir. Tan olishimiz kerak: baʼzida osongina moʻmay daromadga ega boʻlaman, obroʻ orttiraman, deb, har xil vasvasalarga uchayotganimiz, soxtakorlik, dabdababozlik ortidan quvayotganimiz ham bor gap. Bular xalqimizning azaliy qadriyatlariga mutlaqo toʻgʻri kelmasligini, ayniqsa, ertamiz egalari — yoshlar tafakkuriga oʻta salbiy taʼsir etishini doim ham anglayvermaymiz. Yoki anglasak ham aldamchi tasavvurlar, hoyu havaslar ustun keladi. Lekin, bir narsa aniqki, vaqt hammasini saragini sarakka, puchagini puchakka ajratadi. Shunday ekan, bugun vijdonsizlik qilsak, sahnaga xiyonat etsak, soʻzning qudratini mensimasak, kelajak avlod bizni kechirmaydi. Bu — aniq!
Aytish mumkinki, bugun har bir madaniyat xodimi adolat toʻnini kiyishi, maʼrifat qilichini koʻtarishi lozim. Qilich deganda, odatda, tasavvurga qon keladi. Adolat qilichi shafqatsiz boʻladi, kerak boʻlsa, haqiqat yoʻlida odamni oʻldiradi. Ammo maʼrifat qilichi hech qachon qon toʻkmaydi. U davolaydi, tarbiyalaydi, yuksaltiradi, vaksina aynan shudir. Vaksina odamni oʻldirmaydi, aksincha, dardiga shifo boʻladi. Shu maʼnoda, bizning qoʻlimizdagi qilich ham jamiyatni jarohatsiz davolashga, turli illatlardan tozalashga xizmat qiladi. Mana shu pozitsiya — madaniyat pozitsiyasi.
Vazifamiz faqatgina biror yerda konsert oʻtkazib kelish yoki mana bu tarixiy obidani taʼmirlab qoʻydik, deb gerdayish emas, aynan “halollikvaksinasi”ni jamiyat ongiga singdirishdir. Ruhiy tarbiyani biz olib borishimiz kerak. Madaniyat aslida shu. Madaniyat, bu — qonun. Shu oʻrinda madaniyatli odam kim, degan savol tugʻiladi. Oʻzini nimalardandir cheklay olgan, oʻziga taqiq qoʻya olgan va oʻzini qaysidir ezgu ishga majbur qila olgan odam — madaniyatli odam. Oʻz oldiga muayyan taqiq va vazifa qoʻya olyaptimi, ana oʻsha inson turli nopok ishlarga aralashmaydi. Qonunga itoatkor odam — madaniyatli odam. Bunday insonlarning hayot tamoyilida ezgulik, bunyodkorlik, halollik, adolat ustuvor boʻladi. Bu insoniy aqida bizda ufurib turishi kerak. Har bir xodimimizning muomalasidan tortib, yurish-turishida, ish faoliyatida qatʼiy dastur boʻlishi kerak bu jihat. Shundagina xalqning maʼnaviy xaloskori boʻlib, jamiyatda oʻz oʻrnimizni topa olamiz.
Odamlarning uyiga kuch bilan emas, aynan maʼrifat bilan, madaniyat bilan kirib borishimiz zarur. Odam bolasiga qanday kuyinsa, jamiyatga ham shunday kuyinishimiz lozim.
Murojaatnomada bildirilgan fikrlar, mulohazalar, hayotbaxsh tashabbuslar har birimizni ana shunday mushohadalarga undaydi, ertamiz bugundan-da yorugʻ, farovon va baxtli boʻlishiga ishonchimizni mustahkamlaydi. Qalbimizni shu yurt farzandi ekanimizdan faxr-iftixorga toʻldiradi. Zero, Prezidentimiz taʼkidlaganidek, biz buyuk tarix, buyuk davlat, buyuk madaniyat yaratgan xalqmiz. Biz — hech qachon mehnatdan qochmaydigan, qiyinchilikdan qoʻrqmaydigan, adolatni qadrlaydigan, azmu shijoatli, buyuk xalqmiz.
Barchamiz bir tanu bir jon boʻlib, yakdil va ahil boʻlib harakat qilsak, halol-pok boʻlib, yaxshi niyat bilan mehnat qilsak, har qanday marralarni egallashga, boshqacha aytganda, tariximizning yangi sahifasini yaratishga qodir xalqmiz.

Foydalanilgan internet saytlari

  1. https://www.soliq.uz/press-services/news/show/halollik-vaksinasi--korrupsiyaga-qarshi-kurashishda-muhim-omil

  2. https://anticorruption.uz/uz/item/2022/02/23/halollik-vaksinasi-taraqqiyot-garovi

  3. https://daqn.uz/2023/04/07/halollik-vaksinasi-taraqqiyot-garovi/

  4. https://yuz.uz/uz/news/-halollik-vatsinasining-qonuniy-asoslari

Yüklə 53,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə