A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


IX. PEDAGOGIK AMALIYOT YAKUNI



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/28
tarix04.06.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#88666
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti

IX. PEDAGOGIK AMALIYOT YAKUNI 
Fakulьtet va institutda pedagogik amaliyot yakuniga doir yakuniy anjuman 
o‘tkaziladi. YAkuniy anjumanda bosh uslubchi o‘qituvchi va talabalarning vakillari 
ma’ruzasi bilan qatnashadi. 
Pedagogik amaliyot davomida namunali faoliyat ko‘rsatgan uslubchi 
o‘qituvchilar, maktab rahbarlari, fan o‘qituvchilar va ilg‘or talabalar rag‘batlantiriladi. 
Anjuman oldidan fakulьtet amaliyotchi talabalari tomonidan taqdim etilgan ishlar 
yuzasidan ko‘rik tanlov va ko‘rgazma tashkil qilinadi. O‘tkazilgan pedagogik 
amaliyotga oid barcha hujjatlar uslubiy kafedraga topshiriladi. 


24 
X. PEDAGOGIK AMALIYOT BO‘YICHA HISOBOT YOZISHNING 
TARTIBI: 
1. Kundalik asosida hisobot yoziladi. Hisobotda quyidagi tartibda ma’lumotlar 
aks ettirilishi maqsadga muvofiq: 
- biriktirilgan uslubchi o‘qituvchilar rahbarligida pedagogik amaliyotga 
bag‘ishlangan anjuman va unda olingan natijalar, 
- pedagogik amaliyot o‘tkazilgan maktab, tarixi va pedagogik-xodimlar, jamoat 
tashkilotlari va b.haqidagi ma’lumotlar, 
- amaliyotning birinchi haftasida olib borilgan ishlar, 
- shaxsiy ish reja, kalendar mavzuli reja, tarbiyaviy tadbir rejalarni tuzishni 
o‘rganishi va ularni bajarishda yordamlari tekkan o‘qituvchilar, 
- maktabning tajribali o‘qituvchilari darslariga kirib qilingan dars tahlillari va 
alohida taasurot qoldirgan fan o‘qituvchilari, 
- amaliyotchi-talabalar darslarining tahlili va ulardan olingan taasurotlar va 
ko‘rsatilgan amaliy yordamlar, 
- dars tahlillaridan olingan natijalar va kelgusida belgilangan istiqbolli rejalar,
- o‘tkazilgan namunali-sinov darslari soni, nomi va tahlil qilgan amaliyotchi va 
o‘qituvchilar, 
- o‘tkazilgan namunali-sinov darslari bayonnomalari soni, nomi va tahlil qilgan 
amaliyotchi va o‘qituvchilarning muhokamadagi xulosalari, 
- o‘tkazilgan tarbiyaviy tadbirlar soni, o‘tkazilgan suhbatlar, kechalar,
sayoxatlar, madaniy yurishlar, olimlar, yozuvchilar va b. faollar bilan tashkil qilingan 
uchrashuvlar nomlari va o‘tkazilgan joylari, 
- o‘tkazilgan tarbiyaviy tadbirlar bayonnomalari soni, nomi va tahlil qilgan 
amaliyotchi va sinf rahbarining muhokamadagi xulosalari, 
- o‘tkazilgan namunali-sinov darslari va tarbiyaviy tadbirlarda tayyorlangan 
kurgazmali qurollar, videorolik, albom va b. namunalar ilova qilinadi, 
- sinf o‘quvchilari ota-onalari bilan o‘tkazilgan hamkorlik ishlari, ularning 
natijalari va olingan taasurotlar, 
- bitiruv malakaviy ish mavzusi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va tajriba 
natijalari, olingan tashqi taqriz, 
- o‘quvchilarga va sinfga berilgan pedagogik va psixologik tavsifnoma va 
ulardan olingan taasurotlar, 
- amaliyotning o‘tishi jarayonida uchragan kamchiliklar va ularning bartaraf 
etilishi, 
- dekanat va kafedralar tomonidan ko‘rsatilgan yordamlar, 
- maktab ma’muriyatining pedagogik amaliyotga yordami, 
- amaliyot xaqidagi yakuniy xulosa; 
- pedagogik amaliyotdagi kamchiliklarni tuzatish, takomillashtirish haqidagi
taklif va mulohazalar bilan yakunlanadi. 
Hisobot maktab direktor, o‘rinbosari, fan o‘qituvchisi va sinf rahbari kamida
uch-to‘rt kishi imzolab, maktab muhri bilan tasdiqlanadi va amaliyotchi talabaga jomoa 
tomonidan tavsifnoma beriladi. 


25 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə