2022yil Tadbir zali “Yoshlar oitsga qarshi” shiori ostidagi turli XIL plakatlar,shiorlar,sharlar,ko’rgazma rasmlar bilan bezatilgan. Sahnaga boshlovchi chiqib keladi. 1-Boshlovchi



Yüklə 34,17 Kb.
səhifə1/5
tarix24.12.2023
ölçüsü34,17 Kb.
#160646
  1   2   3   4   5
OITS tadbir senariy 42-maktab (1)


“Hayot shamingni so’ndirma ““Yoshlar OITSga qarshi” tarbiyaviy tadbir ssenariysi(2022yil)


Tadbir zali “Yoshlar OITSga qarshi” shiori ostidagi turli xil plakatlar,shiorlar,sharlar,ko’rgazma rasmlar bilan bezatilgan.
Sahnaga boshlovchi chiqib keladi.
1-Boshlovchi
Sog‘lom oilaning sog‘lom bolasi,
Yurtning iftixori, gul-u lolasi.
2-boshlovchi. Sensan Vatanimning suyangan tog‘i,
Ey zakiy dilbandim, elim ardog‘i!
1-Boshlovchi: Assalomu alaykum qalbi qo‘riyu sehrlarini shogirdlariga baxshida etgan aziz ustozlar, bilimga chanqoq o‘quvchilar.
2-boshlovchi -Assalomu alaykum ilmu ma’rifat shaydolari, sog’lom yurtning sog’lom farzandlari !
1-boshlovchi
“Hayot shamingni so’ndirma” nomli tadbirimizga hush kelibsiz! Bugun 1-dekabr jahon hamjamiyati Xalqaro OITSga qarshi kurashish kunini nishonlaydi.
2-boshlovchi
Salomatlik-kishilar turmush darajasi va sifatining ko‘rsatkichidir va shu jihatdan
inson salohiyatini rivojlantirish maqsadlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Har bir
fuqaroning salomatligi ham davlatning strategik maqsadi, milliy xavfsizlgining garovi sanaladi. Ham jismonan, ham ma’naviy sog‘lom avlodning turmush tarzini yaratish davr taqozosidir. O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.Karimovning “Buyuk maqsad yo‘lidan og‘ishmaylik” nomli asarida: “Biz naslimizning kelajagi-sog‘lom avlod uchun kurashamiz. Har taraflama sog‘lom avlodga ega bo‘lgan xalqni hech qachon yengib bo‘lmaydi” deb ta’kidlaganlar. Darhaqiqat, sog‘lom avlodni shakllantirish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, uni amalga oshirish uchun O‘zbekiston OITSga qarshi kurashishga qaratilgan say-harakatlarni har tomonlama qo‘llab – quvvatlayotgan mamlakatlardan biridir
1-boshlovchi
Biz avval OITS haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lsak. OITS qanday kasallik va
qanday yo‘llar orqali yuqadi? Bu haqida 8-sinf o’quvchilarini taklif etsakda ularni tinglasak. (ishtirokchilari chiqib kelishadi)
1-o‘quvchi: OIV- Odamning immunitet tanqisligi virusi OITSni qo‘zg‘atuvchisi
hisoblanib, bu infeksiya inson tanasining kasalliklarga qarshi himoya qobiliyatini ishdan chiqaradi. Kasallikni keltirib chiqaruvchi virusni 1983-yil OITS bilan kasallangan insonlardan Amerikalik olim Robert Gallo va Fransiyalik Lyuk
Montan’elar mustaqil ravishda aniqlaganlar. Hozir OITS deyarli barcha davlatlarda tarqalganligi uchun u “XXI asr vabosi” deb ataladi.

2-o‘quvchi: Kasallikning yashirin davri o‘rtacha 3-4 haftadan 5-6 oy, hatto 5-7


yilgacha davom etadi, so‘ng OIV infeksiyasining klinik belgilari namoyon bo‘ladi. Bunda kamquvvatlik, ishtaxaning pasayishi, kechalari terlash, uzoq vaqt sababsiz tana haroratining ko‘tarilishi, limfa bezlari, jigar, taloqning kattalashuvi kuzatiladi, terida toshmalar paydo bo‘ladi. Shuningdek, ich ketishi, sababsiz o‘pka shamollashlari holatlari, odamning keskin ozib ketishi, xavfli o‘smalarning rivojlanishi yuzaga keladi. Ba’zan OITS bilan kasallangan insonlar sog‘lom ko‘rinishlari va o‘zlarini bardam-baquvvat his etishlari mumkin. Biroq ular shunday kasallikni boshqalarga yuqtirishlari mumkin. Kasallikning avj olish davrida bemor gepatit, sil, nafas yo‘llari va oshqozon ichak tizimini zararlovchi turli kasalliklarga beriluvchan bo‘lib qoladi. OIV infeksiyasining so‘nggi bosqichi OITS hisoblanadi. OITSga chalingan shaxslar zaiflashib qoladilar, chunki ularning tanasi kasallikka qarshi qobiliyatini yo‘qotgan bo‘ladi va buning natijasida inson hayotdan ko‘z yumadi.
3-o‘quvchi: Kasallik uch xil yo‘l bilan yuqadi.
Birinchi - tabiiy jinsiy yo‘l bilan.
Ikkinchi - sun’iy yo‘l ya’ni teri va shilliq qavat butunligining buzilishi bilan
kechadigan muolajalarda nostril tibbiy va notibbiy asboblardan foydalanganda, soqol olish uskunalari va tish yuvish vositalari umumiy ishlatilganda, teriga tatuaj qilib rasm

Yüklə 34,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə