5-ma’ruza. Shevalarning fonetik xususiyatlari. Shevalarda fonetik qonunlar. Shevalarda fonetik jarayonlar. Reja



Yüklə 57,84 Kb.
səhifə9/9
tarix29.11.2023
ölçüsü57,84 Kb.
#141758
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5-ma\'ruza dial

Tovush mosligi. O‘zbek shevalaridagi so‘zlarni boshqa sheva va adabiy til bilan qiyoslaganda, shunday fonetik holatlar ko‘zga tashlanadiki, bir so‘z ayni ma’nosini saqlagan holda, ulardagi ayrim unli yoki undosh tovushlar farq qiladi, lekin bu o‘zgarish so‘z ma’nosiga putur yetkazmaydi: do‘ppi ~ toppi (Toshkent), kel ~ gäl (Xorazm), yo‘l ~ ǯol (qipchoq), shu ~ šo (qipchoq), choy ~ čäj (qipchoq), bedana ~ bödänä (Turkiston). Bu kabi so‘zlardagi t//d, k //g, j //ǯ undoshlari va e // ä, u //o , e // ö mosligi namoyon bo‘ladi. Shuningdek, Forish shevasida ham e // ä (battar ~ betär, mayli ~ mejli, sakkiz ~ sekkiz), ü // ö (uy ~ öj, umr ~ ömur), b // v (bor ~ va:r, bilan ~ vilän, besh ~ veš), v // g (tovush ~ dögüš, qarovul ~ qaragul ), p // b (pichoq ~ bïčaq, pishadi ~ bišädi) mosliklari qayd qilinadi. Bir qator shevalarda so‘z o‘rtasida š // j mosligi mavjud: tashlab ~ täjläp (Surxondaryo).
Qipchoq lahjasi shevalarini boshqa lahjalardan ajratib turadigan tovush mosligi ham bor. Bu so‘z boshida j // ǯ undoshlarining kelishidir: Javzo oyida yog‘in yoqqandan ilon yoqqan yaxshi ~ ǯavzada ǯavun ǯavyannan ǯilan ǯavyan ǯaxši //jaxšï.
Adabiyotlarda tovushlarning j ~ r mosligi (bir ~ bij) rotatsizm, s ~ l (tänil ~täniš) mosligi esa lambdaizm deb ham yuritiladi.


Mavzu yuzasidan nazorat savollari:
1. Qarluq lahjasi shevalarida qaysi unlilar qo‘llanadi?
2. Qipchoq lahjasi shevalaridagi unlilarni tavsiflab bering.
3. O‘g‘uz lahjasi shevalarining miqdori va sifatiga tavsif bering.
4. A unlisining o‘zbek tilida va shevalarida tarqalishiga izoh bering.
5. Palatal va vel(y)ar undoshlar deganda nimani tushunasiz?
6. Kontrast unlilar qaysi qonunga xizmat qiladi?
7. Singarmonizm nima, uning qanday turlari bor?
8. Singarmonizm undoshlarga ham aloqadormi?
9. Singarmonizmdan chekinish holatlarini izohlab bering.
10. Umlaut qanday xususiyatga ega?
11. Singarmonizm va umlaut qaysi jihatlari bilan o‘xshash va farqli?
12. Monoftong, diftong va diftongoid nima?
13. So‘zda qanday tovush o‘zgarishlari yuz berishi mumkin?
14. Unli va undoshlar bilan bog‘liq yana qanday qonuniyatlarni bilasiz?
15. Shevangizdan yuqoridagi fonetik hodisalarga misollar keltira olasizmi?
16. Unlilar cho‘ziqligining qanday sifat turlari bor?
17. Sinerezis qaysi fonetik hodisa bilan birga yuzaga keladi?
18. Tovush mosligi nima va unga shevangizdan misol keltira olasizmi?


Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Rajabov N. O‘zbek shevashunosligi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1996.
2. Reshetov V. V., Shoabdurahmonov Sh. O‘zbek dialektologiyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1978.
3. To‘ychiboyev B., Hasanov B. O‘zbek dialektologiyasi. – Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2004.
4. Ashirboyev S. O‘zbek dialektologiyasi. – Toshkent: TDPU, 2011, 2013.
5. Ashirboyev S.O‘zbek dialektologiyasi. – T:. “Navro‘z”, 2016.
6. Enazarov T., Karimjonova V. va boshqalar. O‘zbek dialektologiyasi. – Toshkent: Universitet, 2012.
7. Ashurboyev S. O‘zbek dialektologiyasi. –Toshkent, Nodirabegim, 2021.


Yüklə 57,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə