Buyuk ajdodlar merosi kelajak poydevori



Yüklə 11,35 Kb.
səhifə1/4
tarix22.03.2024
ölçüsü11,35 Kb.
#183275
  1   2   3   4
buyuk ajdodlar merosi kelajak poydevori

BUYUK AJDODLAR MEROSI KELAJAK POYDEVORI

Reja:

1. Mustaqillik yillarida buyuk ajdodlar va tarixiy shaxslarga bo‘lgan e’tibor. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ajdodlar merosi va milliy qadriyatlarni tiklash borasidagi xizmati.

2. Prezident fikrlari

3. Foydalanilgan adabiyotlar

Mustaqillik yillarida buyuk ajdodlar va tarixiy shaxslarga bo‘lgan e’tibor. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ajdodlar merosi va milliy qadriyatlarni tiklash borasidagi xizmati.

 Islom Karimovning milliy-ma’naviy tiklanishimiz borasida qilgan xizmatlar haqida fikr yurtganda ularning kontseptual g’oyalarni ishlab chiqish bilan bir qatorda ana shularni amalga oshirish borasida qilayotgan katta xizmatlari haqida alohida ta’kidlash lozim bo’ladi. Jumladan, 1994 yildayoq Respublikamizda “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazini tuzish to’g’risida farmon chiqarganlari, ularning faoliyatini takomillashtirish haqida g’amxo’rlik ko’rsatayotganliklarini aytish joiz. Mustaqillik yillarida ma’naviy merosimiz rahnomalari nomlari tiklandi, ular tavallud topgan kunlar nishonlanmoqda, asarlari chop etildi. Chunonchi, Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi, Najmiddin Kubro tavalludining 850 yilligi keng nishonlandi. 1998 yilda imom al-Buxoriy hazratlarining 1225 yilligi, Ahmad al-Farg’oniyning 1200 yilligi nishonlanishida bosh-qosh o’lganliklarini ta’kidlash lozim. 1999-yilda vatanparvar siymo, xalq qahramoni Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi nishonlandi. Urganch shahrida Jaloliddin Manguberdi xotirasini abadiylashtiruvchi yodgorlik majmuyi barpo etildi..

Mustaqillik yillari Qur’oni Karim o’zbek tiliga tarjima qilinib, ko’p nusxada chop etildi. Imom al-Buxoriyning turli jildlik hadisalari, Xoja Axmad Yassaviyning “Hikmatlar” to’plami, ko’plab Qur’oni Karim shaxslariga oid kitoblar chop etilganligini va ulardan xalqimiz baxramand bo’layotganliginign guvohi bo’lib turibmiz.

Mustaqillik yillari Qur’oni Karim o’zbek tiliga tarjima qilinib, ko’p nusxada chop etildi. Imom al-Buxoriyning turli jildlik hadisalari, Xoja Axmad Yassaviyning “Hikmatlar” to’plami, ko’plab Qur’oni Karim shaxslariga oid kitoblar chop etilganligini va ulardan xalqimiz baxramand bo’layotganliginign guvohi bo’lib turibmiz.


Yüklə 11,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə