5-ma’ruza. Shevalarning fonetik xususiyatlari. Shevalarda fonetik qonunlar. Shevalarda fonetik jarayonlar. Reja



Yüklə 57,84 Kb.
səhifə1/9
tarix29.11.2023
ölçüsü57,84 Kb.
#141758
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
5-ma\'ruza dial


5-ma’ruza. Shevalarning fonetik xususiyatlari. Shevalarda fonetik qonunlar. Shevalarda fonetik jarayonlar.
Reja
1. O‘zbek shevalarining unlilar tizimi.
2. O‘zbek shevalarining undoshlar tizimi.
3. Kontrast (juft) unlilar.
4. O‘zbek shevalarining fonetik qonunlari.
5. O‘zbek shevalarida fonetik jarayonlar.
Tayanch tushunchalar:
Vokalizm - unlilar tizimi.
Konsonantizm - undoshlar tizimi.
Kontrast unli - old qator va orqa qator xususiyatlariga ko‘ra zidlangan unlilar.
Diftong va diftongoid - bir tovushda ikkinchi bir tovush xususiyatlarining bo‘lishi va shunday tovush.
Fonetik qonuniyat - o‘zbek shevalarida amal qiladigan tovush talaffuzi va u bilan bog‘liq holda yuz beradigan fonetik hodisa.
Labial singarmonizm - lablangan unlilar uyg‘unligi.
Lingval singarmonizm - old qator va orqa qator unlilar uyg‘unligi.
Singarmonizm - unlilar uyg‘unligi.
Umlaut - unlilaming regressiv assimilatsiyasidir.
Assimilatsiya - unli va undoshlarning bir-birlariga singishi yoki o‘ziga o‘xshatib olishi.
Dissimilatsiya - undosh tovushlarning bir pozitsiyada farqlanib qolishi, noo‘xshashligi.
Tovush mosligi - so‘z ma’nosi saqlanib qolgan holda yuz beradigan tovush o‘zgachaliklari.
Unlilar cho‘ziqligi - unlilarning boshqa tovush ta’sirida va uning ta’sirisiz cho‘zilishi.
O‘zbek shevalarining murakkab tarkibga egaligi, avvalo, ularning fonetik jihatdan rang-barangligi tufaylidir. O‘zbek shevalari unli va undoshlar miqdori va sifati, fonetik qonunlar, fonetik jarayonlaming o‘ziga xosligi jihatidan o‘zaro farqlanadi va ayrim jihatlariga ko‘ra, ular bir-biri bilan o‘xshashliklarga ham ega bo‘ladi.
Unlilar tizimi (vokalizm). 0‘zbek shevalaridagi unli tovushlaming miqdori va sifati munozarali masalalardan biridir, chunki dialektologiyaga oid ishlarda unli fonemalar haqida fikr yuritilganda, ularning miqdori 18 tagacha yetadi, degan maTumotlar ham beriladi. Aslida shevalar fonetikasi oTganilar ekan, ulardagi fonemalar emas, balki konkret nutq tovushlari e’tiborga olinishi lozimligini qayd qilish o‘rinli boTadi.
O‘zbek tili shevalarda jami 13 ta unli qo‘llanadi. Singarmonizmni yo‘qotgan shevalarda 6, 7 ta, singarmonizmli shevalarda esa ll ta unli qo‘llanadi. Toshkent dialektidagi shevalarda i, e, ä, ã, o, u; Samarqand shahar shevasida i, e, ä, a, o, u unlilari iste’molda bo‘lsa, Qo‘qon, Marg‘ilon, Chust, Qarshi, Sariosiyo kabi shevalarda ã unlisi bilan birgalikda a unlisi ham uchraydi. Qirg‘zistonning O‘sh, O‘zgan, Jalolobod kabi shevalarida 8ta - i, e, u, ü, ö, a, ã, ä;
Olabuqa, Oqtam, Aravon shevalarida 7 ta - i, e, u, ä, o, ã, a unli mavjud.
Shimoliy o‘zbek shevalarida (Turkiston, Chimkent, Sayram) 11 ta: a, e, ä, i:, i, ï:, ï, o, ö, u, ü unli mavjud. Qipchoq va o‘g‘uz lahjasidagi shevalarda ham 11ta unli tovush qayd qilinadi. Bu unlilar to‘g‘risida transkripsiyani tavsiflashda to‘liq ma’lumot berildi.

Yüklə 57,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə