5-ma’ruza. Shevalarning fonetik xususiyatlari. Shevalarda fonetik qonunlar. Shevalarda fonetik jarayonlar. Reja



Yüklə 57,84 Kb.
səhifə7/9
tarix29.11.2023
ölçüsü57,84 Kb.
#141758
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5-ma\'ruza dial

Umlaut. Umlaut unlilarning regressiv assimilatsiyasidir (Y.D.Polivanov). Bu hodisani adabiyotlarda singarmonizmning bir turi deb ham yuritiladi. Aslida u nemis tiliga xos fonetik qonundir. Bu qonunga ko‘ra, affiksdagi old qator unli asosdagi (u aksariyat hollarda bir bo‘g‘inli bo‘ladi) orqa qator unlini o‘z xarakteriga moslashtirib oladi: son ~ sãn —> sänä, yosh ~ jãš ~ jäšä.
Bu qonun Namangan, O‘sh shevalarida, qisman o‘zbek adabiy tilida ham qayd qilinadi. Namangan shevalaridan misollar: molim ~ mälim, solish ~ säliš, noki ~ näki, toying(otning bolasi) ~ täjiŋ.
Singarmonizmli shevalarda yuqoridagi kabi san, jaš, mal, sal, näk, taj so‘zlari affiks qo‘shilganda, umlaut emas, balki singarmonizm qonuniga bo‘ysunadi: san+a, jaš+a, mal+ïm, sal+ïš, näk+i, taj+ïŋ.
Singarmonizmda chapdan (- >) o‘ngga qarab, umlautda esa o‘ngdan ( < - ) chapga qarab unlilar uyg‘unlashadi.
Singarmonizm: bar- ja - tir, gä - li:n - dä - vä - dim.
Umlaut: bäš <— i (boshi), mäl <-i (moli).
Diftonglar. Singarmonizmli shevalarda diftong hodisasi ko‘p uchraydi. Har bir tovush talaffuzida ekskursiya, ish momenti (to‘xtam) va rekursiyaning to‘liq qatnashishi yoki har bir tovushning mustaqil talaffuzi monoftongdir. Diftong esa bir tovushda boshqa bir tovush unsurining ishtirokida yuz beradi. Adabiyotlarda diftongning ikki turi to‘g‘risida, ya’ni so‘z boshida va so‘z ichida (o‘rtasida, oxirida) qo‘llanishi aytiladi hamda diftongda asosiy unli asosiy tovush tushunchasidan foydalaniladi.
O‘zbek shevalarida diftongning qo‘llanishida shunday jarayon yuz beradi: talaffuzda asosiy tovush ekskursiyasi boshlanishida shu tovush artikulatsiyasiga yaqin boshqa tovush (transkripsiyada i, j, u, ü, v) unsurlari qatnashadi va to‘xtam hamda rekursiyada asosiy tovush (unli tovushlardan biri) talaffuzi saqlanadi; so‘z ichida esa ekskursiya va to‘xtamda asosiy tovush talaffuz etilgani holda, rekursiya so‘ngida j undoshi qatnashadi.
Bu fonetik hodisa qipchoq, o‘g‘uz iahjasi shevalariga xosdir: ikkinchi ~ Jekinči, echki ~ Ješki, ikki ~ jeki, o‘ynab ~ vojnap. Diftongning ikkinchi turiga tush ~ Jš, sut ~ Jt misollarini keltirish mumkin.
O‘zbek shevalarida quyidagi diftonglar qayd qilinadi:
je: ikki ~Jeki, ena ~Jenä, ellik ~ Jelüv;
uo : o‘rta ~ uorta, o‘yla ~ uojla;
üö : o‘rdak ~uördäk, o‘t(fe’l) ~ aöt;

Yüklə 57,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə