5-ma’ruza. Shevalarning fonetik xususiyatlari. Shevalarda fonetik qonunlar. Shevalarda fonetik jarayonlar. Reja



Yüklə 57,84 Kb.
səhifə5/9
tarix29.11.2023
ölçüsü57,84 Kb.
#141758
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5-ma\'ruza dial

Vel(y)ar

tovush

qo‘llanishi

tovush

qo‘llanishi

Lab undoshlari

m







m’

m’en’

m

ma’š




b




b’

b’er’

b

ba’r




v




v’

č'ev’är’ä

v’

a’va’ra







p

p’

t’ep’

p

ta’p







f

f’

t’üf’

-

-

Til oldi undoshlari




z




z’

z’är’

z

za’r




ǯ




ǯ

ǯ‘är’

ǯ

ǯã’n




t




t‘

t’er’

t

ta’ra




s




s‘

s’en’

s

sãmã’n




š




š‘

š’ãk’ãr’

š

ša’x’s




č




č‘

č’in’

č

čuqu’r

n







n‘

n’äj’

n

na’n

l







l‘

l‘ä:l’äk

l

lãčï’n

r







r‘

t‘er’ä(j’)

r

ra’s (‘t)

Til o‘rta undoshi

j







j‘

j‘ük

j

jo’l

Sayoz til orqa undoshlari

ŋ







ŋ‘

s‘iŋ’il’

ŋ

qï’ŋ’ŋï’r




g




-




-










k

-




-




Chuqur til orqa undoshlari




γ




-




-










q

-




-










x

-




-




Bo‘g‘iz undoshi







h

h’

h‘äl’i

h

hä’lï

Xilma-xil bo‘lgan o‘zbek shevalarining konsonantizm sistemasini fonologik jihatdan, ya’ni prinsipial farq qiladigan undosh fonemalarni aniqlash va ularning talaffuz qilinish xususiyatlarini belgilash uchun avvalo ma’lum guruhdagi shevalar o‘zaro qanday xususiyatlari bilan bir-biriga yaqin yoki, aksincha, bir-biridan nimalar bilan farq qilishini aniqlash lozim.
1. Bir-biridan farq qiladigan undosh fonemalarning miqdori va ularning sifat jihatdan tavsifiga ko‘ra, y-lovchi shevalar o‘zbek adabiy tiliga birmuncha yaqin turadi. Ammo Toshkent tipidagi y-lovchi shevalarda uchramaydigan, biroq j-lovchi va singarmonizmli y-lovchi shevalarda mavjud bo‘lgan [h] fonemasi bundan mustasnodir. Janubiy Xorazm shevalaridagi [k, g] undoshlari ham birmuncha o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Shuningdek, til orqa burun [ng] tovushi ham shevalararo bir xil emas.
2. Barcha j-lovchi shevalardagi undosh fonemalar sistemasi deyarli bir xil. Chuqur til orqa [x] tovushining sifat jihatdan tavsifi va bu tovushning mavjud bo‘lish-bo‘lmasligi bilan j-lovchi shevalar bir-biridan farq qiladi. Konsonantizm tarkibi jihatdan j-lovchi shevalar qipchoq guruhidagi turkiy tillarga birinchi navbatda, qoraqolpoq, qozoq, qirg‘iz tillariga yaqin turadi.
3. J-lovchi shevalardagi [dj] affrikati o‘rniga [j] fonemasini qo‘llaydigan shevalar j-lovchi shevalarning alohida guruhini tashkil qiladi. Bu sheva vakillari genetik jihatdan qozoqlar bilan aloqador bo‘lgan, shu sababli ham bu shevaning konsonantizmi qozoq tili konsonantizmiga o‘xshaydi.
[y] fonemasi y-lovchi shevalarga nisbatan j-lovchi shevalarda kam qo‘llaniladi, chunki bu shevalarda qadimgi turkiy [y] tovushi so‘z boshida [dj] yoki [j] tovushi bilan almashadi.
Ba’zan kombinator-pozitsion holatlarga bog‘liq ravishda so‘z boshida ham [y] tovushi uchrashi mumkin. Ba’zi j-lovchi shevalarda so‘z boshida [dj] fonemasi ham, [y] fonemasi ham qo‘llaniladi va ko‘pincha bir-birlari bilan almashadi. Xorazmdagi ba’zi qipchoq shevalari masalan, Gurlan va shunga o‘xshash shevalar, o‘zbek tilining qipchoq dialektidagi ko‘pgina shevalarga xos bo‘lgan bu fonetik xususiyatni yo‘qotgan, ya’ni aniqroq qilib aytganda, y-lovchi shevalar ta’sirida [y] tovushining [dj] tovushiga o‘tishi ([dj] holati) tamomila tugagan.
4. J-lovchi shevalar portlovchi undoshlar hamda affrikat tovushlar artikuliyatsiyasida nutq organlarining nisbatan kuchsiz harakat qilishi bilan y-lovchi shevalardan, shuningdek, o‘zbek adabiy tilidan farq qiladi. Bunga o‘xshash holat qoraqalpoq tilida ham mavjud. Bu hodisa barcha j-lovchi shevalarda uchraydi va birinchi navbatda, portlovchi hamda affrikat tovushlarni sporadik ravishda sirg‘aluvchi tovushlarga almashtiradigan dissimilyatsiya hodisalarining sodir bo‘lishiga olib keladi.
5. J-lovchi («a»lashgan guruh) shevalar qipchoq guruhidagi ba’zi turkiy tillardagi, masalan, qozoq, qoraqalpoq tillaridagi kabi chuqur til orqa [x] fonemasining uchramasligi bilan tavsiflanadi.
Y-lovchi shevalar va adabiy tilning bevosita ta’siri natijasida ba’zi j-lovchi shevalar konsonantizmida [x] fonemasining paydo bo‘lishi va o‘zlashtirilishini progressiv hodisa deb qaramoq kerak. Aksincha, [x] fonemasining uchramasligi, ya’ni [x] va [q] tovushlarining differensiatsiya qilinmasligi esa tarixiy nuqtai nazardan qipchoq tipidagi tillar konsonantizmining arxaik xususiyatini saqlaganligidan dalolat beradi.
6. Singarmonizmli va j-lovchi shevalarda mavjud bo‘lgan frikativ bo‘g‘iz [h] tovushi qozoq tilidagi kabi [dj] o‘rniga [j] ishlatuvchi shevalarda ham uchramaydi. Shu xususiyati bilan bu shevalar j-lovchi shevalardan farq qiladi, j-lovchi shevalar esa [h] fonemasining mavjudligi bilan y-lovchi Farg‘ona shevalariga, shuningdek, sirg‘aluvchi bo‘g‘iz tovushi mustaqil fonema hisoblanadigan qoraqalpoq tiliga yaqindir. Shunday qilib, bu [dj] o‘rniga [j] ishlatuvchi shevalar, qozoq tili kabi, ikkita jarangsiz frikativ chuqur til orqa [x] va bo‘g‘iz [h] tovushlaridan birortasiga ham ega emas.
7. O‘zbek adabiy tili barcha shevalardan (hali shevalarga to‘la kirmagan) ayrim fonemalarga [f, j] egaligi bilan farq qiladi. Bulardan [f] fonemasi faqat Samarqand-Buxoro guruh shevalaridagina mavjud. Rus tilidagi [j] tovushiga teng keladigan [j] fonemasi va [q] fonemalari ko‘pincha rus baynalmilal so‘zlarida uchraydi, [f] fonemasi qadim qabul qilingan so‘zlar tarkibida uchrasa-da, ammo barcha sheva vakillari talaffuzida (Samarqand-Buxoro shevalarini mustasno qilganda) [p] fonemasiga aylanadi, shuningdek, ruscha [j] tovushi ham, asosan [dj] tarzida talaffuz qilinadi.
Kontrast (juft) unlilar. Singarmonizmni saqlagan o‘zbek shevalarida unlilar old qator va orqa qator mavqelarga ega bo‘ladi. Ular quyidagilar: e - -; ä - a, ã; i: - ï:, i - ï; ö - o; ü - u. Bundan faqat e unlisi mustasno, uning jufti yo‘q. Shevalarda kontrast unlilar ba’zan so‘z ma’nosining farqlanishiga ham xizmat qiladi: i:s - hid; ïs - qurumni (Qoraqalpoq.), bilüvi (bilish), bïluvï (fikr-o‘y, xayol)ni bildiradi (Turkiston).
O‘zbek shevalarida bir qator fonetik qonunlar amal qiladi. Ularning shevalarimizda mavjudligi o‘zbek tilining turkiy tillarga daxldorligini anglatib turadi. Jumladan, singarmonizm o‘zbek adabiy tilidan boshqa barcha turkiy tillarning asosiy fonetik qonunidir. Bu qonun o‘zbek tilining shahar va shahar tipidagi shevalaridan boshqa barcha shevalarida asosiy fonetik qonun sifatida amaldadir. Shuningdek, umlaut tovush mosligi kabi qonunlar ham o‘zbek shevalarining o‘ziga xosligini ta’minlagan.
Singarmonizm. Singarmonizm lotincha unlilarning uyg‘unlashuvi demakdir. Taniqli tilshunos I.A.Bogoroditskiy fikriga ko‘ra, singarmonizm unlilar uyg‘unligi, shuningdek, qisman undoshlarga ham taalluqlidir. Undoshlarga ham taalluqli deyilishida jaranglilik, jarangsizlik jihatidan asos va affiksning uyg‘unlashishi ko‘zda tutiladi: borgan ~ baryan (r + y jarangli undoshlari uyg‘unlashgan), ketgan ~ ketkän (t + k jarangsiz undoshlar uyg‘unlashgan). Bunday fonetik jarayonni singarmonizm deb qarash an’anasi ham bor. Singarmonizm qonuni ikki ko‘rinishiga ega:

Yüklə 57,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə