5-ma’ruza. Shevalarning fonetik xususiyatlari. Shevalarda fonetik qonunlar. Shevalarda fonetik jarayonlar. Reja



Yüklə 57,84 Kb.
səhifə8/9
tarix29.11.2023
ölçüsü57,84 Kb.
#141758
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5-ma\'ruza dial

vo : on ~ von, oy ~ voj;
üj: kuz ~ Jz, kut(fe’l) ~ Jt;
ïj: tit(fe’l) - ti Jt, ish ~ iJš;
ij: qiz ~ Jz.
Diftonglarning vujudga kelishida birlamchi cho‘ziq unlilarning keyingi davrdagi taraqqiyoti muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Masalan, iz so‘zi Qorabuloq shevasida dastlab i:z tarzida talaffiiz qilingan, so‘ng u i jz tarzida diftonglashgan. Diftonglar diftongoidlarni hosil qiladi, ya’ni asosiy tovush va uning tarkibida kelgan hamda unga hamohang bo‘lgan tovush unsuri birgalikda diftongoid deb yuritiladi. Masalan, Jeki so‘zida Je tovushlari birgalikda diftongoiddir.
Adabiy tildagi uzum, uzuk, ipak, ingichka, ilon, ip kabi so‘zlarning shevalarda jüzüm, jüzük, jipäk. jiŋiškä, jilan, jip kabi talaffuz qilinishi diftongga aloqasi yoq, balki so‘z boshidagi j mustaqil fonema (monoftong) sifatida o‘z o‘rniga ega.
Aa jilan, appaq jilan, ajdinda jatqaniŋ qani?
Biz jamandin ajrilip, jaxšini tapqariitj qani? (Xalq qo‘shiqlaridan)
So‘z boshidagi j undoshi qipchoq shevalarida “j” undoshiga mos keladi va tovush mosligini hosil qiladi: ǯüzim, ǯüzik, ǯüvak, ǯiŋiškã, ǯilan, ǯip.
Shuningdek, o‘zbek tilidagi va shevalaridagi -iy (sinfiy), -uv (biluv) kabi qo‘llanishlar ham diftong emas.
Tovushlarning kombinator va pozitsion o‘zgarishlari
Assimilatsiya. Odatda assimilatsiya unli va undoshlar tizimida baravar qayd qilinadi, lekin ko‘proq undoshlar bilan bog‘liq fonetik qonundir. Uning progressiv va regressiv, to‘iq va to‘iqsiz assimilatsiya turlari bor. Progressiv assimilatsiyada oldingi tovush keyingi tovushni o‘ziga singdirsa, regressiv assimilatsiyada keyingi tovush oldingi tovushni o‘ziga o‘xshatadi.
To‘iq assimilatsiyada o‘zaro bir-biriga singib ketadigan tovushlar tushuniladi. Misollar: oldi ~ ãlli (Qarshi, Shahrisabz), suvni ~ suvvi (Toshk.), bo‘ldi ~ boddi (Shahrisabz), jonlanish ~ ǯãllaniš, senlar ~ sellär (Mang‘it), sochni ~ sãčči (Toshkent vil.).
To‘liqsiz assimilatsiyada tovushlar aynan bir-biriga singmaydi, balki jarangli-jarangsizlik va boshqa holatlariga (masalan, artikulatsiyasi yaqinligi) ko‘ra qisman o‘xshab ketishi mumkin: oshgan ~ ãškan, ishga ~ iškä, ketgan ~ ketkän (Toshk.), o‘zimdan ~ özimnän (Xorazm.).
Dissimilatsiya. So‘z tarkibidagi undoshlarning boshqa tovush ta’sirisiz tovush variantiga ega bo‘lishi dissimilatsiyadir: zarar ~ zälär, devor ~ duvãl, änjir ~ änǯil, qimmat ~ qi:jmat.
Sandhi. Bunda ikki so‘zning talaffuzi jarayonida oldingi so‘z oxiridagi undosh keyingi (boshlanuvchi so‘zdagi) tovushga qisman moslashadi: menga ber ~ mayamber, hayron bo‘ldim ~ häjrãmbollïm yoki dastlabki so‘zning oxirgi tovushi (keyingi so‘z unli bilan boshlansa) jaranglashadi: bo‘lak odam ~ bölägadam, kerak edi ~ kerägidi.
Spirantizatsiya. Nutq jarayonida portlovchi tovushning sirg‘aluvchi variantiga ega bo‘lishi spirantizatsiyadir: yubordi ~ ǯüvärdi (qipchoq), sabr qildi ~ savïr qildï (Xorazm), gapi ~ gävi (qipchoq).
Spontan o‘zgarishlar (jaranglashish). U biror tovush ta’sirida yuz bermaydi, balki shevaning tarixiy rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘ladi: suyak ~ süjãg (Namangan), qarg‘a ~ γarγa, sariq ~ sarïγ (qipchoq).
Metateza. U so‘z tarkibida undoshlaming o‘rin almashishidir. Qipchoq va Xorazm shevalarida: qo‘shni ~ qoŋšï, qumursqa ~ qurmusqa, tekshir ~ teškär.
Reduksiya so‘z tarkibida ayrim tovushlar pozitsiyasining kuchsizlanishidir: kishi ~ k(i)š(i), keta ber ~ ket(i)vur, Sharif ~ Šär(i)p.
Eliziya fovush tushishi bo‘lib, ikki ko‘rinishga ega, ya’ni ikki so‘z (qo‘shma so‘z) talaffuzida oldingi so‘z tarkibidagi unli tovushning tushib qolishi: bora oldi ~ bãrãldï(a), ko‘ra oldi ~ körãldi(ä) va so‘z tarkibidagi pozitsiyasi kuchsizlangan undoshning tushib qolishidir: bo‘lsang ~ bo:saŋ(l), bersang ~ be:säŋ(r), ushlat ~ u:šat(l), qichqir ~ qïčïr(q) (Xorazm), tashlama ~ täšämä(l) (Toshkent), boradi ~ barǯaq, oladi ~ alǯaq (a) (Mang‘it). Unlilarning orttirilishi (proteza): loy ~ ïlaj, lof ~ ïlapï (qipchoq).Unlilarning orttirilish so‘z o‘rtasida ham yuz beradi: kasb ~ käsim, umr ~ umur, vaqt ~ vaqït (Toshkent vil.)
Undoshlarning takrorlanishi (geminatsiya): qari ~ qarrï, ariq ~ arrïq, ashula ~ ašulla, saqich ~ saqqïz, kichik ~ kičči, ulug‘ ~ ulli (Mang‘it).
So‘z boshida va o ‘rtasida undoshlarning orttirilishi: ayvon ~ hajvan, duchor ~ duvčar, necha ~ nejčä (qipchoq), natija ~ nätinǯä, eshik ~ eššik, halidan ~ hälittän (Andijon) va boshqalar.
So‘z boshida h undoshining orttirilishi ayrim shevalar uchun o‘ziga xoslikni ham bildiradi. Masalan, Mang‘it shevasida bu holat ko‘zga tashlanadi: ari ~ harï, ayyor ~ hajjar, ayol ~ hajal, olis ~ halïs.
Undoshlarning so‘z boshida tushishi: hatla ~ atla, hurkdi ~ ürkti, hisob ~ ïsap, ho‘kiz ~ ökiz, yog‘och ~ ayač(s) (o‘g‘uz, shim. o‘zb. shev.), hashar ~ äšär, hafsala ~ äpsälä, yil ~ il, hid ~ id (Andijon).
Unlilarning birlamchi, ikkilamchi va emfatik cho‘ziqliklari
Birlamchi cho‘ziqlik. Turkiy tillarning dastlabki davrlarida so‘zlarning birinchi bo‘g‘inida unlilar cho‘ziq talaffuz etilgan. Bunday cho‘ziqlik boshqa tovush ta’sirida yuz bergan emas, balki qadimgi turkiy tilning tabiati bilan bog‘liqdir. Unlilarning bunday cho‘ziqligi hozirgi Xorazm, Forish va shimoliy o‘zbek shevalarida saqlanib qolgan: tush (tush ko‘rish) ~ tu:š, ot (ism) ~ a:d, bosh ~ ba:š, tuz ~ du:z va boshqalar. Bunday cho‘ziqlik birlamchi cho‘ziqlik deyiladi. Birlamchi cho‘ziqlik boshqa shevalarda ham ba’zan uchrab turadi, jumladan, Farg‘ona shevalarida bil ~ bi:l (bilmoq), Buxoro o‘zbek shevalarida til ~ ti:l, Andijon shevalarida teri ~ te:ri (qo‘yning terisi), qari ~ qa:ri (qariya), to‘ri ~ to:ri (uyning to‘ri), Quyi Qashqadaryo shevalarida qani ~ qa:ni, ular ~ o:lar so‘zlarida qayd qilinadi.
Ikkilamchi cho‘ziqlik. So‘z tarkibida biror undosh tovushning nutqda talaffuz qilinmasligi natijasida unli tovush cho‘zilishi mumkin: sandiq ~ sändu:, o‘rtoq ~ ortã: (Toshkent), bo‘l ~ bo:, ol ~ a: (shim. o‘zb. shev.), Namangan shevalarida: tegmas ~ te:mäs, laylak ~ lä:lä:. Bunday cho‘ziqlik ikkilamchi cho‘ziqlik deyiladi. Shevalarda bunday cho‘ziqlik ko‘pincha h undoshining tushib qolishi bilan yuz beradi: Ahmad ~ Ā:mät, dahliz ~ dä:liz, mehr ~ me:r, qahr ~ qa:r.
Sinerezis. Ikkilamchi cho‘ziqlik sinerezisga ham olib keladi. Ma’lumki, intervokal pozitsiyadagi undoshning nutqda iqtisodga uchrashi natijasida yonma-yon kelib qolgan ikki unli o‘zaro singishib, nutqda cho‘ziq unlini hosil qiladi. Bu fanda sinerizis hodisasi deyiladi. Shevalarimizda bunga misollar ko‘plab topiladi: zahar ~ zä:r, shahar ~ šä:r (Buxoro), o‘g‘il ~ u:l (qipchoq), sihat ~ sä:t (Baliqchi).
Uchlamchi (emfatik) cho‘ziqlik. Bunday cho‘ziqlik Namangan shahar shevasining hozirgi-kelasi zamon fe’lida yorqin ko‘rinadi, ya’ni bu fe’l shaklida qatnashadigan ravishdosh ko‘rsatkichi ä va boshqa shakllarda ishtirok etgan ä unlisi odatdagiga nisbatan cho‘ziq talaffuz qilinadi yoki uning bo‘lishsiz shaklida j undoshi tushib qolishi ham mumkin va bo‘lishsizlik affiksidagi ä unlisi ham ikkilangan cho‘ziqlikka ega bo‘ladi: bilmayman ~ bi:lmä::(j)mä:, bo‘lmaydi ~ bomä::(j)di, men aytmayman ~ mä:ätmä::(j)mä, sen bilmaysan ~sä: bi:lmä::(j)sä:

Yüklə 57,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə