5-ma’ruza. Shevalarning fonetik xususiyatlari. Shevalarda fonetik qonunlar. Shevalarda fonetik jarayonlar. Reja


Lingval yoki palatal (tanglay) singarmonizm



Yüklə 57,84 Kb.
səhifə6/9
tarix29.11.2023
ölçüsü57,84 Kb.
#141758
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5-ma\'ruza dial

1. Lingval yoki palatal (tanglay) singarmonizm. Singarmonizmning bu turida so‘zning dastlabki bo‘g‘inida old qator unlilar qatnashgan bo‘lsa, keyingi bo‘g‘inlarida ham old qator unlilar ishtirok etadi, so‘zning dastlabki bo‘g‘inida orqa qator unlilar ishtirok etsa, keyingi bo‘g‘inlarida ham orqa qator unlilar qatnashadi. Bu qonunga ko‘ra, so‘zning dastlabki bo‘g‘inida a, u, o, ï:, ï unlilaridan biri qatnashsa, keyingi bo‘g‘inlarida ham ana shu unlilar keladi, shuningdek, so‘zda chuqur til orqa q, y, x undoshlari ishtirok qilishi ham mumkin, aksincha, so‘zning dastlabki bo‘g‘inida a, e, i:, i, ö, ü unlilaridan biri qatnashsa, keyingi bo‘g‘inlarida ham xuddi shu unlilar keladi, bunday so‘zlarda k, g undoshlari ham qatnashishi mumkin. Bu qonun qarluq lahjasining shahar va shahar tipidagi shevalarida amal qilmaydi.
2. Labial singarmonizm. Bu qonun aksariyat turkiy tillarda amal qiladi, ayniqsa, qirg‘iz tilining “temir qonuni” hisoblanadi, o‘zbek tili va uning shevalarida esa qisman amal qiladi. Bu qonunga ko‘ra, so‘zning dastlabki bo‘g‘inida old qator lablangan unli ishtirok etsa, keyingi bo‘g‘inlarida ham old qator lablangan unli(lar) qatnashadi, aksincha, so‘zning dastlabki bo‘g‘inida lablangan orqa qator unli ishtirok etsa, keyingi bo‘g‘inlarida ham orqa qator lablangan unli(lar) qatnashadi.
O‘zbek shevalarida lab garmoniyasi qonuni so‘zlarning dastlabki ikki bo‘g‘inida qayd qilinishi xarakterlidir, uchinchi va to‘rtinchi bo‘g‘inlarida siyrak uchraydi: suyunchi ~ süjünči, ko‘rindi ~ köründi, bo‘libdi ~ boluptu, ko‘ribdi ~ körüptü (Namangan) va boshqalar. Singarmonizm qonuni ayni zamonda unlilarning progressiv assimilatsiyasi deb ham yuritiladi. Singarmonizmdan chekinish hollari:
1) Shevalarda yuklamalar singarmonizmga bo‘ysunmaydi: qipchoq lahjasi shevalarida: bo‘ldi-ku ~ boldi-qu, keldi-ku ~ keldi-qu, kelding-a ~ kädiŋ-ä, barding-a ~ bardiŋ-ä.
2) Ayrim qo‘shimchalar bir variantli bo‘lganligi tufayli singarmonizmga bo‘ysunmasligi mumkin, masalan, qipchoq shevalarida bora qol ~ barayaj, kela qol ~ keläyaj; Xorazm shevalarida: (soxta) tabibchilik ~ sünnãčïlïq.
-yaj, -čïlïq affikslarining shu shevalarda old qatorli varianti bo‘lmaganligi uchun singarmonizmga bo‘ysunmagan.
3) Arab, fors, tojik tillaridan o‘zlashgan so‘zlar aslida singarmonizmga bo‘ysunadi, lekin bo‘ysunmaydigan o‘rinlari ham bor, masalan, muborak ~ muvãräk (shim. o‘zb. shev.), peshona ~ pešana (shim. o‘zb. shev.)
4) Qo‘shma so‘zlarning aksariyatida singarmonizm buziladi: o‘rta barmoq ~ vortaŋterek (Jo‘sh), (uzun) ko‘rpacha ~ girdiqana (Qarshi, nayman), xirbachcha (mushuk bolasi) ~ xïrbäččä (Mang‘it).

Yüklə 57,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə