1 savolning javobi



Yüklə 170,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix22.03.2024
ölçüsü170,65 Kb.
#183377
1   2   3   4   5   6   7
Abdujabborov SHohjahon

4 savol javobi
Ijtimoiy tadqiqotlar bo'yicha yagona davlat imtihonida uch turdagi topshiriqlar 
mavjud. "A" va "B" bloklari kompyuter yordamida tekshiriladi. Va "C" vazifalari 
(bepul shaklda batafsil javoblar) mutaxassis tomonidan baholanadi Gumanitar 
tipdagi fanlarni o'rganishning asosiy mavzusi insonning o'zi, shuningdek, uning 
ma'naviy, aqliy, axloqiy va boshqa hayot sohalari. Ular ko'pincha ilmiy 
bilimlarning boshqa turiga - ijtimoiy bilan mos keladi, bu esa gumanitar fanlarni 
tabiiy bilan taqqoslaydi: Ijtimoiy tadqiqotlar bo'yicha yagona davlat imtihonida 
uch turdagi topshiriqlar mavjud. "A" va "B" bloklari kompyuter yordamida 
tekshiriladi. Va "C" vazifalari (bepul shaklda batafsil javoblar) mutaxassis 
tomonidan baholanadi Ijtimoiy fanlar maktab o'quvchilari tomonidan yakuniy 
imtihon sifatida tanlangan eng mashhur mavzu bo'lib qolmoqda. Ijtimoiy 
tadqiqotlar bo'yicha USE natijalari yuridik, sotsiologiya va boshqa ko'plab 
gumanitar fakultetlarga kirish uchun talab qilinadi Har yili minglab bolalar va 
o'spirinlar maktab o'quvchilari uchun Butunrossiya olimpiadasida qatnashadilar. 
Biroq, hech bo'lmaganda sovrinli o'rinni egallash oson emas. Olimpiada maktab 
darajasidan ancha yuqori bo'lgan bilim darajasini nazarda tutadi OGE-dagi 26-
topshiriq: uni qanday qilib to'g'ri bajarish kerak? Maksimal ball olish uchun 
nimalarni bilishingiz kerak? Talaba uchun javob va tavsiyalar xususiyatlari. 
Ijtimoiy fanlar bo'yicha OGE-dagi 26-sonli vazifa eng sodda va shu bilan birga 
maktab o'quvchilari uchun eng katta muammolarni keltirib chiqaradi 
5 Savolga javob 
O‗zbekiston tarixi ko‗hna bo‗lib, olamshumul voqeliklarga juda 
boy. Mamlakatimiz jahon sivilizatsiyasining beshiklaridan biri 
hisoblanib, O‗zbekiston tarixi qadim va yaqin ajdodlarimizning 
hayotiy kechmishlari qanday bo‗lganligi, jahon tarixi taraqqiyotiga 
qo‗shgan hissalarini xolisona va haqqoniy o‗rganadi. Umuman, 
O‗zbekiston tarixi fani ajdolarimiz hayotida sodir bo‗lgan tarixiy 


voqealarni tahlil qilishni, ularning sabablari va mohiyatini, ichki va 
tashqi omillarini, umumiy va o‗ziga xos qonuniyatlarini ochib 
berishni ko‗zda tutadi. 
O‗zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi o‗ta muhim masala 
bo‗lib, u fanning tub ilmiy-nazariy asoslarini tashkil etadi. Vatanimiz 
tarixini mukammal o‗rganish, tadqiq qilishda uni to‗g‗ri 
davrlashtirish muhim ahamiyatga egadir. 
Sovetlar hukmronligi davrida SSSR tarkibidagi yuzdan ortiq 
xalqlar tarixi, jumladan vatanimiz tarixini besh davrga bo‗ldilar: 
1. Ibtidoiy jamoa tuzumi davri 
2. Quldorlik tuzumi davri 
3. Feodalizm tuzumi davri 
4. Kapitalizm tuzumi davri 
5. Sotsializm va kommunizm davriga bo‗lindi 
Bunday davrlashtirishning maqsadi jamiyat taraqqiyoti 
insoniyatni albatta ―Kommunizm‖ga olib boradi degan g‗oyani ilgari 
surish va o‗tkazishdan iborat edi. Shu tufayli XX asrning oxiriga 
kelib insoniyat bu g‗oyani yelkasidan uloqtirib tashladi. Natijada 
butun dunyoda ―sinfiy qadriyatlar‖dan ―milliy va umuminsoniy 
qadriyatlar‖ning ustunligi e‘tirof etildi. 
Vatanimizning, o‗zbek xalqining boy, betakror tarixi, uning 
o‗ziga xos va mos tarixiy taraqqiyot davri mavjud bo‗lib, uni 
tarixnavis olimlarimiz fikriga ko‗ra quyidagi davrlarga bo‗lish 

joizdir. 
1. Ibtidoiy jamiyat, Qadimgi davr. 
2. O‗rta asrlar davri. 
3. Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davri. 
4. Sovetlar istibdodi davri. 
5. Milliy istiqlol davri. 
―Turon tarixi‖ jurnalida akademik A.Asqarov O‗zbekiston 
tarixini davrlashtirishda quyidagi 7 davrni ko‗rsatib o‗tadi: 
1. Ibtidoiy to‗da davri. 
2. Urug‗chilik jamoasi va mulk egaligining shakllanish davri. 
3. Ilk o‗rta asrlar davri. 
4. O‗rta asrlar davri. 
5. Mustamlakachilik va milliy uyg‗onish davri. 
6. Sovetlar davri. 
7. Milliy istiqlol, demokratik va fuqorolik jamiyati qurish davri. 
Mustaqillik yillarida tarixchi olimlar ―Yangi tarix‖ ta‘limoti va 
tarix fanini o‗rganishning nazariy-uslubiy asoslariga suyangan holda 
shonli boy tariximizni ilmiy asosda davrlashtirish sohasida ma‘lum 
yutuqlarni qo‗lga kiritdilar va tarixni sinflar kurashidan iborat, deb 
tushunish, uni 5 ta formatsiyaga bo‗lishdan batamom voz kechdilar. 
O‗zbekiston tarixiga oid dastur, darslik va o‗quv qo‗llanmalari sovet 


tuzumi davrining soxta, to‗qima materiallaridan butunlay xoli qilindi. 
Ularda O‗zbekiston tarixi shartli ravishda eng muhim davrlarga, 
o‗zbek davlatchiligi tarixiy davrlariga, xususan, 
dastlabki davlatlar 
(qadimgi davrlardan IX asrgacha), IX-XII asrlarda o‘zbek 
davlatchiligi, Amir Temur va Temuriylar davrida o‘zbek 
davlatchiligi, O‘rta Osiyo hududlarining xonliklarga bo‘linib ketishi, 
uning sabablari va oqibatlari, Rossiya imperiyasining Turkistonda 
yuritgan mustamlakachilik siyosati, Sovetlar davri siyosati va 
Mustaqil O‘zbekiston davlati tarixiy davrlariga 
bo‗lindi. 
Ko‗pgina mutaxassislarning fikriga ko‗ra, O‗zbekistonning 
zamonaviy tarixi 1989 yildan boshlanadi. Mazkur sana bilan bog‗liq 
voqealar - sovet totalitar tuzumining so‗nggi o‗n yilligidan boshlab 
chuqur inqiroz pallasiga kirganligi, xususan, respublikalarning milliy, 
iqtisodiy, ijtimoiy manfaatlariga e'tiborsizlik bilan xarakterlanadi. 
O‗zbekiston tarixidagi ushbu murakkab davrda siyosiy sahnada yangi 
shakllangan lider - Islom Abdug‗anievich Karimov paydo bo‗ldi. 
Uning oqilona siyosati tufayli respublikaning manfaatlari himoya 
qilindi, mamlakatni siyosiy va iqtisodiy inqirozdan, ichki va tashqi 

mojarolardan qutqarish mumkin bo‗ldi. I.A.Karimov davlat rahbari 
sifatida faoliyat boshlagan kundan boshlab, milliy mustaqillik 
g‗oyasini ilgari surdi va nihoyat,1991 yil avgust oyida O‗zbekiston 
Respublikasining davlat mustaqilligi e'lon qilindi. Suveren davlat 
sifatida O‗zbekistonning eng yangi tarixi butun insoniyat tarixiy 
taraqqiyotining yangi bosqichiga to‗g‗ri keladi va shuning uchun ham 
u zamonamizning global voqealari bilan chambarchas bog‗liq 
bo‗lgan eng yangi tarixning ajralmas qismiga aylandi. 
Tarixdan ma'lumki, ko‗plab xalqlarning mustaqillikka erishishi, 
ularning nafaqat yangi shakllangan davlatlari tarkibini, balki xalqaro 
maqomini ham o‗zgartirgan va bu "yaqin tarix" tushunchasini 
belgilashda muhim omillardan biri bo‗lgan. Bu o‗rinda yangi va 
zamonaviy zamon o‗rtasidagi tarixiy davrni bir voqea sodir bo‗lgan 
sana bilan emas (juda katta miqyosda bo‗lsa ham), balki jamiyatning 
turli sohalaridagi sifat o‗zgarishini ko‗rsatadigan hodisa va 
jarayonlarning umumiy miqyosi doirasida aniqlash kerak. 
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, O‗zbekistonni mustaqil 
rivojlanishining mohiyati, mazmuni va ahamiyatini baholab, 
mamlakat yaqin tarixini quyidagi bosqichlarga bo‗lish mumkin: 

Yüklə 170,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə