1 savolning javobi



Yüklə 170,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix22.03.2024
ölçüsü170,65 Kb.
#183377
  1   2   3   4   5   6   7
Abdujabborov SHohjahon



1 savolning javobi 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 30-
iyundagi ―O‗zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‗zbekistonning 
eng yangi tarixi bo‗yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish 
to‗g‗risida‖gi qarorini o‗qib... 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 30-
iyundagi ―O‗zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‗zbekistonning 
eng yangi tarixi bo‗yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish 
to‗g‗risida‖gi 
qarorini 
o‗qib... 
Mustaqillik yillarida O‗zbekistonda tarix fani sobiq mustabid tuzum mafkurasidan 
voz kechish, yangi yondashuvlar bilan bog‗liq o‗zgarishlarga yuz tutdi. Fan 
taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish O‗zbekiston tarixchilari zimmasiga 
jahon amaliyoti yutuqlaridan kelib chiqib, tarix fanini yanada yuqori ilmiy-nazariy 
darajaga olib chiqish hamda yangi ilmiy yo‗nalishlarni o‗zlashtirish kabi 
vazifalarni 
yuklamoqda. 
Davlatimiz rahbarining 2017-yil 30-iyundagi ―O‗zbekiston Respublikasi Fanlar 
akademiyasi huzurida O‗zbekistonning eng yangi tarixi bo‗yicha jamoatchilik 
kengashi faoliyatini tashkil etish to‗g‗risida‖gi qarori kengash ishidagi 
kamchiliklarni bartaraf etish va uni yangi pog‗onaga ko‗tarish hamda bu boradagi 
ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim hujjatlardan biridir. 
Qarorda Jamoatchilik kengashi oldiga O‗zbekistonning eng yangi tarixini tizimli, 
haqqoniy va xolis tarzda o‗rganishni tashkil etish, yangi avlod ilmiy va o‗quv-
uslubiy adabiyotlarni yaratish hamda mamlakatimizning dunyodagi o‗rni va rolini 
ko‗rsatishga qaratilgan qator vazifalar qo‗yilgan. Mazkur hujjatda ko‗rsatilgan 
vazifalarni bir-birini to‗ldiruvchi ikki yo‗l orqali ro‗yobga chiqarish lozim. 
Birinchi yo‗l – yangi avlod ilmiy va o‗quv adabiyotlarini yaratish. Ikkinchi yo‗l – 
mavjud 
bilimlarni 
yoshlarga 
targ‗ib 
etish 
va 
o‗qitish. 
O‗zbekistonning eng yangi tarixi haqida so‗z yuritilganda, biz uchun, avvalo, 
mamlakatimizning 1991-yildan keyin bosib o‗tgan tarixiy yo‗li mohiyati va 
mazmunini anglab yetish muhimdir. Bu jarayon qanday borganligini
mamlakatimiz mustaqillik arafasida va uning dastlabki yillarida qanday 
muammolarga duch kelganini tushunib yetish muhim. O‗zbek jamiyatida qadimgi 
davrlardan beri ayrim demokratiya unsurlari: o‗zini o‗zi boshqarishning jamoa 
shakli, mahalla yig‗inlari, oqsoqollar kengashlari va xalq diplomatiyasi mavjud 
edi. Biroq hozirgi kunda ushbu institutlar tomonidan an‘anaviy funksiyalar 
bajarilishining o‗zi bilan qanoatlanib bo‗lmaydi. Biz ularning faoliyatini hozirgi 
davr talablariga mos yangi mazmun bilan to‗ldirishimiz maqsadga muvofiqdir. 
Rivojlangan demokratik davlatlarda siyosiy partiyalar fuqarolik jamiyatining eng 
muhim institutlaridan birini tashkil etadi. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom 
Karimov fuqarolarning davlat va jamiyatni boshqarishda keng ishtirok etishini 
ta‘minlovchi siyosiy institutlarning xilma-xilligiga asoslangan yangi demokratik 
tizim negizlarini shakllantirish zarurligiga alohida e‘tibor qaratgan. 
Sobiq tuzum davrida davlat va yakkapartiyaviylik tizimi shaxs ustidan yalpi 
hukmronligini 
o‗rnatgan 
edi. 
Fuqaroning 
huquqiy 
himoyalanmagani, 
boshqaruvning ma‘muriy-buyruqbozlik usullari, har qanday muqobil fikrlashning 


tazyiq ostiga olinishi ko‗p odamlarda chorasizlik tuyg‗usini uyg‗otib, real hayotdan 
uzoqlashish istagini oshirdi. ―Siyosiy autsayderlar‖ deb ataluvchi kishilar sonining 
o‗sishi, jamiyatda ijtimoiy pessimizm va boqimandalikning kuchayishiga sabab 
bo‗ldi. 
Afsuski, bugungi kunda ham jamiyatda eski davrga xos bo‗lgan ijtimoiy ongning 
retsidivlari muayyan darajada saqlanib qolmoqda. Prezidentimiz Shavkat 
Mirziyoyev ushbu holatni nazarda tutgan holda O‗zbekistondagi siyosiy 
partiyalarni jiddiy tanqid ostiga olib, quyidagilarni ta‘kidladi: ―Ochiq aytish kerak, 
siyosiy partiyalarda bu sohada haligacha xotirjamlik, qandaydir mudrab o‗tirish 
kayfiyati hukm surmoqda. Hech kimga foydasi bo‗lmagan majlislar soatlab davom 
etmoqda, tanqidiy tahlil o‗rniga mayda masalalar bilan o‗ralashib, dolzarb 
muammolarning yechimi chetda qolib ketmoqda‖. Bugun kuchli fuqarolik 
jamiyatni qurish vazifasi tobora ko‗proq dolzarblik kasb etmoqda. Uning amalga 
oshirilishi real va faol ko‗p partiyali tizimni shakllantirishni talab etayotir. 
O‗zbekistonning eng yangi tarixini o‗rganishda yuqorida ta‘kidlab o‗tilgan 
vazifalar qatorida jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy isloh qilishdagi o‗zbek modelining 
konseptual asoslarini idrok etish, davlatimizning global va mintaqaviy integratsiya 
jarayonlarida ishtiroki bilan bog‗liq masalalarning to‗g‗ri va haqqoniy tahlilini 
xalqimiz 
va 
kelajak 
avlodga 
yetkazish 
burchimizdir. 
O‗zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti mamlakat milliy 
davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi tarixini 
o‗rganish, ilmiy, ilmiy-ommabop, o‗quv-metodik, ma‘rifiy adabiyotlarni 
tayyorlash va chop etish borasidagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalaridan biri. 
Institutda O‗zbekiston eng yangi tarixining turli jabhalarini tadqiq etuvchi ―Yangi 
va eng yangi tarix‖, ―Etnologiya va antropologiya‖, ―Tarixshunoslik va 
manbashunoslik‖ bo‗limlari faoliyat ko‗rsatmoqda. Bu yerda eng yangi tarixni 
o‗rganishda tarix, xalqaro munosabatlar nazariyasi, sotsiologiya, antropologiya, 
etnologiya, falsafa, iqtisodiy nazariya, siyosiy muammolarni qamrab olgan yangi 
fanlararo yondashuvlar tahlili amalga oshirilmoqda. Yana ahamiyatli jihati, 
institutning olti nafar yetakchi olimi Jamoatchilik kengashi a‘zosi hamdir. 
Olimlar tomonidan ―Buyuk va muqaddas, mustaqil diyor‖, ―O‗zbekistonning eng 
yangi tarixi: nazariy-metodologik asoslari, o‗rganish tajribasi, manba va uslublar‖, 
―O‗zbekiston yoshlari ijtimoiy-madaniy islohotlar jarayonida‖, ―O‗zbekistonning 
eng yangi tarixidan lavhalar‖, ―Farg‗ona vodiysi shaharlarida iqtisodiy 
transformatsiya 
jarayonlari 
(1991-1996-yillar)‖ 
kabi qator to‗plam va 
monografiyalarning nashr etilishi O‗zbekistonning eng yangi tarixiga oid amalga 
oshirilgan 
qator 
ilmiy-tadqiqot 
loyihalar 
natijasi, 
deyish 
mumkin. 
Institutda xorij davlatlari bilan hamkorlikda ishlash yanada takomillashib 
borayotir. Bugun ―Yangi va eng yangi tarix‖ bo‗limi xodimlarining ilmiy 
ishlanmalarini chet elda nashr etilgan yigirmadan ortiq monografiyada o‗qish 
imkonimiz bor ekanligi quvonarli. Bundan tashqari, Rossiya, Germaniya, 
Yaponiya, AQSh, Belgiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Shveytsariya
Shvetsiya, Gollandiya, Qozog‗iston, Qirg‗iziston, Turkmaniston kabi davlatlar 
ilmiy nashrlarida yuzdan ortiq maqola chop etilgan. Bo‗lim xodimlari eng yangi 
tarixning dolzarb masalalariga bag‗ishlangan va jahonning turli mamlakatlarida 


o‗tkazilgan o‗nlab nufuzli xalqaro konferensiyalarda faol qatnashib kelmoqda. 
Bugungi kun talab va ehtiyojlari asosida institut xodimlari va yetakchi malakali 
mutaxassislar tomonidan tayyorlangan ―O‗zbekiston Respublikasining eng yangi 
tarixi‖ darsligi chop etilish arafasida. Jamoamiz O‗zbekiston tarixi davlat muzeyi, 
―Qatag‗on qurbonlari xotirasi‖ muzeyi, O‗zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari 
davlat muzeyi bilan hamkorlikda ishlab, ularga doimiy amaliy ko‗mak berib 
kelmoqda. Shu bilan birga, institutimizning xorijiy mamlakatlar ilmiy markazlari 
bilan 
hamkorligi 
yanada 
mustahkamlanib 
borayotir. 
Bu kabi sa‘y-harakatlar albatta e‘tiborli. Lekin shu kungacha O‗zbekistonning eng 
yangi tarixini o‗rganish chuqur va har tomonlama tadqiq etilgan emas. 
Jamoatchilik kengashi zimmasiga yuklatilgan vazifalar to‗laqonli bajarilmaganligi 
sababli ilm-fanning ta‘lim va boshqa ijtimoiy sohalar bilan integratsiyasi 
mexanizmlari yetarli darajada faollashmadi. Kengashning ishchi organi – 
O‗zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‗yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik 
markaz cheklangan imkoniyatlari sabab bu davr bo‗yicha mavjud adabiyotlarni 
qayta ko‗rib chiqishni talab darajasida amalga oshirmadi. Ayniqsa, O‗zbekiston 
tarixi bo‗yicha zamonaviy chet el ilmiy va o‗quv adabiyotlarini o‗rganish va tahlil 
etish 
mohiyat 
jihatidan 
qoniqtirmaydi. 
Bundan tashqari, bizda, afsuski, O‗zbekistonning eng yangi tarixi turli aspektlarini 
o‗rganish bilan shug‗ullanayotgan mutaxassislarning (tarixchilar, sotsiologlar, 
siyosatshunoslar, faylasuflar, iqtisodchi olimlar, huquqshunoslar) tarqoqligi, ular 
faoliyatini muvofiqlashtirish talab darajasida emasligi yaqqol ko‗rinib qolmoqda. 
Bugun ilmiy gumanitar hamjamiyat vakillarining hamkorligisiz va birgalikda 
sarflanadigan kuch-g‗ayratisiz hozirgi zamon tarixining mazmunini tushunish 
murakkabligi 
barchaga 
ayon. 
Ana shunday bir paytda davlatimiz rahbarining O‗zbekiston Respublikasi Fanlar 
akademiyasi huzurida O‗zbekistonning eng yangi tarixi bo‗yicha jamoatchilik 
kengashi faoliyatini tashkil etish to‗g‗risidagi qarori kengash va tarixchilarga 
muhim yo‗riqnomalarni belgilab berdi. Institut olimlari va kengashning faoliyatini 
qayta ko‗rib chiqish, tariximizni mufassal ifoda etadigan tadqiqotlar, kitoblar, 
monografiya va darsliklar yaratish masalasini tez va sifatli hal etmoq talabini 
qo‗ymoqda. 
Mazkur qarorda belgilanganidek, institut va kengash a‘zolari qator rejalar, amalga 
oshirilishi zarur bo‗lgan masalalarga jiddiy kirishgan. Unda siyosat, iqtisod, 
madaniyat, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida sodir bo‗layotgan voqealar 
asosida O‗zbekistonning eng yangi tarixini o‗rganish bo‗yicha kompleks 
yondashuvni ta‘minlash inobatga olingan. Ushbu vazifalarning ilmiy idrok etilishi 
va hal qilinishi muayyan darajada tarix fani mavjud tushuncha-metodologik 
arsenalining tanqidiy tahlili va tegishli tarzda O‗zbekistonning eng yangi tarixiga 
oid turli voqealarni tadqiq etish bilan shug‗ullanayotgan barcha ilmiy 
yo‗nalishlarning 
nazariy 
salohiyati 
yangilanishi 
bilan 
bog‗liqdir. 
Umuman olganda, O‗zbekistonning eng yangi tarixini o‗rganish va uni 
o‗qitishning dolzarb muammolari bo‗yicha keng munozaralarning zaruratini 
chuqur anglagan holda olimlar, pedagog xodimlar va maorifning boshqa vakillarini 
tarix ilmi va fani masalalarini keng ommaga yetkazish hamda matbuotda faol 


muhokama qilish zarur. Jamiyatimiz, ayniqsa, yosh avlod ona Vatanimizning yaqin 
o‗tmishini tushunishga, murakkab, jo‗shqin va jadal sur‘atlar bilan davom 
etayotgan mamlakatimiz mustaqilligining tarix solnomasini tizimli o‗rganishga, 
uni to‗laqonli anglab yetishga katta ehtiyoj sezmoqda. Mazkur sharafli ijtimoiy 
vazifani amalga oshirish esa o‗zbek tarixchilarining ilmiy va fuqarolik burchidir. 
2 MAVZU JAVOBI 








3 Savol javobi 
Tarixchi olimlar butun insoniyat, millat, xalq va o‗rganish ob‘ekti (ma‘lum 
mavzu) evolyusiyasini, uning ma‘no va mazmunini to‗g‗ri bilishi, tahlil qila olishi 
kerak. Agar tarix falsafasi tarixiy voqealiklar tahlilidan kelib chiqadigan haqiqat 
(xulosa) larning so‗zdagi aniq ifodasi bo‗lsa, tarix fani metodologiyasi mana shu 
tarixiy haqiqatlarni ro‗yobga chiqishi – tarix haqiqiy yozilishi uchun birdan-bir 
to‗g‗ri yo‗l ko‗rsatuvchi dasturdir. Eng qisqa va tushunarlik qilib aytsak, umuman 
metodologiya fanlarning fanidir.
Keyingi paytda O‗zbekiston tarixi fani metodologiyasini yaratish 
imkoniyati 
paydo 
bo‗ldi. 
Avvalo, 
metodologiya 
haqida 
to‗xtalsak, 
metodologiyaning lug‗aviy ma‘nosi grekcha 

Yüklə 170,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə