1 savolning javobi


O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining metodologik (uslubiy) ilmiy-



Yüklə 170,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix22.03.2024
ölçüsü170,65 Kb.
#183377
1   2   3   4   5   6   7
Abdujabborov SHohjahon

O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining metodologik (uslubiy) ilmiy-
nazariy, g‘oyaviy-mafkuraviy va falsafiy asoslari. 
Bunga quyidagilar kiradi: 
-
Din bilan dunyoviylik o‗rtasida mu‘tadil munosabat bo‗lishi va 
dunyoviylik aslo dahriylik emasligi; 
-
Tarixni milliy, umuminsoniy, muqaddas xodisa hamda qadriyat deb 
tushunmoq; 


-
Tarixga hozirgi zamon sivilizatsiyasi nuqtai nazari va bag‗rikenglik 
asosida yondashish;
-
Tarixiy taraqqiyot asosini evolyusion – tadrijiy yo‗l va islohotchilik 
tashkil etadi deb anglamoq; 
-
Tarixga milliy mentalitet nuqtai nazaridan o‗zgalar tarixiga hurmat 
ruhida murojaat etish;
-
Tarix, jamiyat va tabiat hamda insoniyat (barcha tarixiy voqelik va 
jarayonlar) dialektika (Gegel) hamda sinergetika (Prigojin) qonuniyatlari 
asoslarida rivojlanishi haqiqat ekanligi
-
Tarix milliy va umuminsoniy xotira, millat va xalqlarning joni, tani 
hamda g‗oyaviy-mafkuraviy muhofaza quroli ekanligi.
2.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining metodologik (uslubiy), 
ilmiy usul va tamoyillari.
Ular quyidagilardan iborat: 
-
Ilmiy xolislik (ob‘ektivlik); 
-
Tarixiy – tahliliylik; 
-
Mantiqiy – uzviylik; 
-
Vorislik va xronologik izchillik; 
-
G‗oyaviylik va vatanparvarlik; 
-
Qiyoslash, kuzatish va umumiylashtirish; 
-
Baxslashish, munozara yuritish va asoslab berish
-
Matematik hisoblash; 
-
SHakllash va modellashtirish; 
-
Ayrimlikdan umumiylikka (induksiya) va umumiylikdan ayrim 
(juz‘iy)likka (deduksiya); 
O‗zbekistonning eng yangi tarixi mazmun-mohiyatiga ko‗ra ilmiy va 
amaliy ahamyatga ega. O‗zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti 
I.A.Karimovning 1996 yil 13 dekabrdagi Farmoniniga ko‗ra ―O‗zbekistonning 
yangi tarixi‖ni tayyorlash va nashr qilish haqida‖ qaror qabul qilindi. Shu asosda 
2000 yil ―SHarq‖ nashriyotida Mustaqil O‗zbekiston tarixi (III jild) nashr qilindi.
Mustaqillik davrida o‗tgan kunlarimiz alohida o‗rganishni, tadqiq etishni, ilmiy-
nazariy xulosalar chiqarishni taqozo qiladi. CHunki: birinchidan, istiqlol yillarida 
O‗zbekiston dunyo hamjamiyatida o‗ziga xos nufuzga ega bo‗ldi. Moddiy 
resurslari, ishlab chiqarish imkoniyatlari, aqliy va jismoniy salohiyatlariga ko‗ra, 
rivojlangan mamlakatlar bilan tengma-teng turib, hamkorlik qilish imkoniyatlariga 
ega bo‗ldi; ikkinchidan, mamlakatimiz uchun og‗ir, mas‘uliyatli paytda 
respublikamizda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy barqarorlik ta‘minlandi. Respublika 
hukumati mana shunday ziddiyatli holatda to‗g‗ri siyosat yuritdi. 
Bizning tariximiz ham, jahon tarixi ham din (aniqrog‗i dinlar) tarixi bilan 
uzviy bog‗liq. Ijtimoiy hayotni dindan, dinni ijtimoiy hayotdan ajratib bo‗lmaydi. 
Agar ajratilsa, tarixga ham, dinga ham mantiqqa ham zid bo‗ladi. Ma‘lumki, sovet 
tarix fani tarixni soxtalashtirdi, din ilmga zid, tarixiy taraqqiyotga to‗sqinlik qiladi 


degan dahriylikka amal qildi. Tarix qanday bo‗lsa, uni shundayligicha o‗rganish 
ustivor bo‗lmog‗i kerak. SHuning uchun ham u din bilan mu‘tadil, mutanosiblik 
asosida o‗rganilmog‗i hozir eng asosiy zaruriyat bo‗lib turibdi. Bu esa, yoshlarni 
har xil din niqobidagi dinga aloqasi bo‗lmagan terroristik guruhlarga adashib kirib 
qolishlarining oldini oladi, shuningdek, tariximizni haqqoniy va to‗la yozilishiga 
imkon beradi. 
Istiqlol tufayli o‗z tariximizni o‗zimiz yozish va tarix fani metodologiyasini ishlab 
chiqish imkoniyatiga ega bo‗ldik. O‗tgan davr ichida O‗zbekistonning yangi tarixi 
yozildi va tarix fani jadal rivojlanmoqda. Butunlay yangi ruh va mazmundagi ilmiy 
qarash (konsepsiya)lar paydo bo‗ldi, o‗quv qo‗llanma va darsliklar, tarixiy asarlar 
chop etildi. Bu o‗rinda yuqoridagi metodologik ilmiy-nazariy asos va ularning 
ahamiyati katta bo‗ldi. 

Yüklə 170,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə