1 savolning javobi



Yüklə 170,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/7
tarix22.03.2024
ölçüsü170,65 Kb.
#183377
1   2   3   4   5   6   7
Abdujabborov SHohjahon

4.
 
Turkistonda mustabid sovet tuzumiga qarshi qurolli harakat, uning 
mag'lubiyati 
sabablari va oqibatlari
Qurolli harakaning yuzaga kelish sabablari. Turkistonning yaqin o'tmishi 
tarixida yorqin sahifa yozgan hamda xiyla uzoq davom etgan, fojiali voqealarga 
to'Iib-toshgan sovet hokimiyatiga qarshi ko'tarilgan bu qurolli harakatning 
mazmun-mohiyatini sovet mustamlakachilari muttasil buzib, soxtalashtirib 
keldilar. U sovet tarixshunosligida «bosmachilar harakati», «aksilinqilobiy kuchlar 
bosqini», «bir to'da yurt buzg'unchilari harakati» singari nomlarda ta'riflab kelindi. 
Biroq xalqimizda «oyni etak bilan yopib bo'lmaydi» deyilganidek, ulug' 
ajdodlarimizning Vatan, elu yurt erki, ozodligi va mustaqilligi uchun olib borgan 
bu mardona kurashi to'g'risidagi tarixiy haqiqat milliy istiqlol sharofati bilan to'liq 
tiklanib, o'z haqqoniy, xolis bahosini topdi. Bu harakat sovetlar mafkurasi to'qib 
chiqargan shunchaki «bosmachilar» harakati emas, balki sovet hokimiyatining 
zo'ravonlikka asoslangan siyosati va amaliyotiga qurolli qarshilik ko'rsatish 
harakatidir. 


Xo'sh, bu harakatning Turkiston zaminida yuzaga kelishining muhim 
ijtimoiy omillari, sabablari nimalardan iborat edi? Nega 1918— yil bahoridan 
Farg'ona vodiysida boshlangan bu qurolli harakat asta-sekin alanga olib, Turkiston 
(O'zbekiston)ning keng hududtari bo у lab yoyildi? 
Xalqimiz 1917— yilda sodir etilgan fevral va oktabr o'zgarishlariga katta 
umidvorlik bilan ko'z tikkandilar. Ular ilg'or jadidchilik harakati rahnamoligida 
Rossiyada rivojlanib borayotgan inqilobiy-demokratik harakatlardan foydalanib
erk, ozodlikni qo'lga kiritmoqchi, o'lka xalqlarini mustaqillikka olib chiqmoqchi 
bo'lgandilar. Makkor bolshevik yo'lboshchilarning oktabr o'zgarishi arafasida va 
undan keyin e'lon qilgan millatlar erki, mustaqilligini tan olgan rasmiy hujjatlari 
Turkiston xalqlarida o'z orzu-umidlarimiz ro'yobga chiqadi, milliy mustaqilligimiz 
qaror topadi, degan umid tug'dirgan edi. >- Biroq Sovet hokimiyati o'rnatilib, 
mustahkamlana borgan sayin bolsheviklar dohiylarining ikkiyuzlamachilik, 
munofiqlik qiyofasi ham ochilib bordi. Ularning bergan balandparvoz va'dalaridan 
qaytishi, mahalliy xalqlarni siyosiy faoliyatdan oshkora chetlatishi, joylarda sovet 
tuzumini o'rnatishda zo'ravonlikning avjga minishi mahalliy aholi noroziligining 
oshishiga sabab bo'ldi. 
>- Mahalliy xalqqa butunlay yot kommunistik mafkurani bayroq qilib olgan Sovet 
hokimiyati amaldorlarining aholining milliy qadriyatlari, udumlari, diniy e'tiqodini 
tahqirlash, masjid, madra-salar, ziyoratgoh joylarni oyoq-osti qilish, noyob 
ma'naviy bisotlarni talash, dindorlarni ta'qibu quvg'in ostiga olish kabi nomaqbul 
ishlari aholi nafratini kuchaytirdi. 
>- O'lka xalqlarining xohish-irodasi bilan vujudga kelib, ularning milliy 
manfaatlari yo'lida ilk qadamlar qo'yib borayotgan Turkiston Muxtoriyatini qonga 
belanishi, yurt farzandlarining qirg'in qilinishi, Qo'qon shahri va lining atrofidagi 
qishloqlar aholisining ayovsiz xunrezlik va talon-tarojga duchor etilishi butun 
Turkistonni mustabid sovet hokimiyatiga qarshi oyoqqa turg'izdi. 
>> Sovet hokimiyatining aholi xususiy mulkini tortib olish va davlat tasarrufiga 
olishga qaratilgan iqtisodiy siyosati odamlarning sovet tuzumiga nisbatan kuchayib 
borayotgan nafrat-g'azabiga so'nggi tomchi bo'lib qo'shildi. 
Yuz minglab millatparvar, vatanparvar yurt kishilarini qo'lda qurol bilan 
sovetlar zo'ravonligiga qarshi kurashi mana shu zaylda boshlanib ketdi. 
Farg‘ona vodiysida qurolli harakat. O'lkada boshlangan Sovet hokimiyatiga qarshi 
qurolli harakatning eng dastlabki qaynoq markazlaridan biri Farg'ona vodiysi 
bo'ldi. Bu harakatga xalq orasidan yetishib chiqqan, uning g'am-alami, orzu-
armoni, maqsad-intilishlariga hamdard va sherik bo'lgan Kichik va Katta 
Ergashlar, Madaminbek, Shermuhammadbek, Xolxo'ja Eshon, Islom Pahlavon
Rahmonqul, To'ychi, Aliyor qo'rboshi singari taniqli rahnamolar yetakchilik 
qildilar. 1918— yil bahoridan vodiyning turli joylarida 40 dan ziyod qo'rboshi 
dastalari faoliyat ko'rsata boshladi. Jumladan, Madaminbek Skobelev (Farg'ona) 
uyezdida, Shermuhammadbek Marg'ilon atroflarida, Omon Polvon, Rahmonqul 
Namangan uyezdida, Parpi qo'rboshi Andijon atrofida, Kichik va Katta Ergashlar 
Qo'qon atrofida, Jonibek qozi O'zgan tomonda, Muhiddinbek Novqatda harakat 
qilmoqda edilar. 


Kichik Ergash qizillar qo'shini bilan bo'lgan jang-u jadalda halok 
bo'lganidan so'ng (1918— yil fevral), Qo'qon uyezdi tevaragidagi qurolli harakatga 
Mulla (Katta) Ergash boshchilik qila boshladi. U o'zining faol harakati, xalq 
rahnamosiga xos sifatlari bilan tez orada butun vodiydagi ozodlik kurashining 
taniqli yetakchisiga aylandi. 1918— yil kuziga kelib, uning qoi ostida har birida 20 
dan 1800 nafargacha yigili bo'lgan 70 ta qo'rboshi guruhlari harakat qilayotgandi. 
Ulardagijangchilarningumumiysoni 15 mingtaga yetardi. Madamin-bekning 5 
ming, Shermuhammadbekning 6 ming, Xolxo'janing 3 mingdan ziyod, Parpi 
qo'rboshining 3,6 ming, Jonibekning 5,7 ming, Muhiddinbekning 4,5 ming 
jangovar yigitlari ozodlik kurashiga otlangan edilar. Umumiy maqsad va 
vazifalarni birgalikda aniqlash, asosiy harakatlarni muvofiqlashtirish yo'li 
bilanginatish-tirnog'igacha qurollangan Sovet qo'shinlarini yengish, yurt 
mustaqilligini qo'lga kiritish mumkin edi. Shu bois, bu jang~u jadallar davrida 
qo'rboshi-larning bir necha bor qurultoylari chaqirilib, ularda muhim hayotiy 
masalalar muhokama qilindi. Dastlab, shunday qurultoy 1918- yil martida Qo'qon 
uyezdining Bachqir qishlog'ida o'tkazildi. Unda Katta Ergash butun Farg'ona 
vodiysi harakatining rahbari etib saylandi. Unga qo'shinlarning bosh qo'mondoni 
— «Amir al-Muslimin» unvoni berildi. Madaminbek va Shermuhammadbek esa 
uning o'rinbosarlari etib saylandilar. Harakat ko'lami o'sib, kengayib borishi, uning 
saflariga yangi ijtimoiy tabaqa vakillarining qo'shilishi, tabiiy sur'atda, uning 
oldiga ulkan mas'ul vazifalarni, qo'yib yangi muammolarni keltirib chiqara bordi. 
Ularni hal etish esa kurash rahnamolaridan katta matonat, kuchli iroda, yuksak 
harbiy mahorat, tashkilotchilik qobiliyati va uzoqni ko'ra bilish salohiyatini 
namoyon qilishni taqoza etardi. Farg'ona qo'rboshilari ichida Madaminbek 
Ahmadbek o'g'ligina mana shunday noyob fazilatlar sohibi ekanligi bilan ajralib 
turardi. Navqiron yoshda bo'lishiga qaramasdari, katta hayot va kurash tajribasiga 
boy, yurt kezgan, yuksak harbiy sarkardalik iste'dodiga ega Madaminbek (1892 — 
1920) tez orada vodiy kurashchilari sardoriga aylandi. Sovetlarning rasmiy 
hujjatlaridan birida ta'kidlanishicha, «o'z oldiga sovet hokimiyatini ag'darish va 
Farg'ona muxtoriyatini tiklash vazifasini qo'ygan Madaminbek tadbirkor siyosatchi 
va uddaburon tashkilotchi fazilatlariga ega edi». 
 

Yüklə 170,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə