1 savolning javobi



Yüklə 170,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix22.03.2024
ölçüsü170,65 Kb.
#183377
1   2   3   4   5   6   7
Abdujabborov SHohjahon

 
6 savolning javobi 
Sovet hokimiyati o'zining avvaldan rejalashtirgan sotsialistik yobnalishdagi 
iqtisodiy va siyosiy qayta qurishlar yo'lini izchil amalga oshirishga kirishdi. 
Chunonchi, yer to'g'risidagi dekret asosida yerga bo'lgan xususiy mulkchilikni 
tugatish boshlandi. Shu maqsadda joylarda yer qo'mitalari tuzildi. Jumladan, 1918-
yil kuzida Sirdaryo viloyatida 51 ta, Samarqand viloyatida 50 ta, Yettisuvda 25 ta 


shunday qo'mitalar tashkil etildi. Biroq dehqonlar sovet ma'murlarining yer 
qo'mitalarini tuzish harakatini keskin norozilik bilan qarshi oldilar. Shunga 
qaramasdan, bolsheviklar bu yo'lni qat'iy amalga oshirishda davom etdilar. Buning 
natijasida, o'lkadagi ko'plab yirik mulklar, xususiy yerlar musodara etildi va davlat 
tasarrufiga o'tkazildi. 
TASSRning tuzilishi. Sovet hukmdorlarining yana bir hiylakorligi va 
ustamonligi shunda ko'rinadiki, ular Turkiston muxtoriyati tajribasidan muhim 
xulosa chiqarib, bu hududda o'ziga xos sovet muxtor respublikasini tuzish yo'lini 
tutdilar. Bundan ko'zda tutilgan bosh maqsad - Turkistonning kelajakda mustaqil, 
suveren davlat bo'lib, ajralib chiqib ketishiga izn bermaslik edi. Sovetlar ishlab 
chiqqan rejaga ko'ra, 1918— yilning 20- aprelidan 1-mayigacha Toshkentda bo'lib 
o'tgan o'lka Sovetlarining V qurultoyida Turkiston avtonom sovet sotsialistik 
respublikasi (TASSR) tuzildi va RSFSR tarkibiga kiritildi. Sinfiylik tamoyillariga 
asoslangan o'ziga xos davlat boshqaruvida hokimiyat funksiyalari butunlay 
sovetlar va ularning organlari ixtiyorida edi. Qurultoyda respublikaning hokimiyat 
organlari: Markaziy Ijroiya Qo'mitasi (M1Q) va Xalq Komissarlari Soveti (XKS) 
saylandi. MIQning jami 36 a'zosidan atigi 9 nafari mahalliy millat vakillari edi. 
Avtonom respublika MIQning raisi etib bolshevik P. A. Kobozev saylandi
Bolshevik F. I. Kolesov boshchiligida 16 kishidan iborat tuzilgan XKS tarkibiga 
ham 3 nafar mahalliy aholi vakillari kiritilgan edi, xolos. 
1918-yil iyunda 2 ming nafar bolsheviklarni o'z safida birlashtirgan 
Turkiston Kompartiyasi tuzildi. 1919-yil martda Turkiston Kompartiyasi huzurida 
Turor Risqulov raisligida O'lka musulmonlari byurosi tuziladi. Musbyuroning 
organi - «Ishtirokiyun» gazetasi nashr etila boshlandi, unda Turkiston 
ma'murlarining shovinistik siyosati fosh etila bordi. 
1918-yil oktabrda bo'lgan o'lka sovetlarining VI qurultoyida TASSR 
Konstitutsiyasi qabul qilindi. Unda Turkistonni RSFSRning "ajralmas, tarkibiy 
qismi" ekanligi, o'lka xalqlarining barcha hayotiy masalalari uning mas'ulligida 
ekanligi qonunlashtirildi. 
Turkistonda sovet hokimiyatining tobora kuchayishi, uning yakka-
hukmronligining ortib borishi, o'lka hayotining hamma jabhalarining qattiq 
markazlashtirilishi, qattiqqo'l iqtisodiy tadbirlarning o'tkazilishi faqat mahalliy 
aholi qatlamlarining keskin noroziligiga sabab bo'lib qolmasdan, boshqa siyosiy 
muxolifatchi kuchlarni ham harakatga keltirdi. 1919—yil 19-yanvardaharbiy 
komissar K.Osipov uyush-tirgan isyon natijasida Toshkentda 14 nafar Turkiston 
xalq komis-sarlarining otib o'ldirilishi ham buning aniq ifodasi bo'lgandi. Ammo 
tezlikda o'zlarini o'nglab olishga ulgirgan bolsheviklar vaziyatni o'z foydalariga 
o'zgartirib, sovet hokimiyatini yana saqlab qolishga muvaffaq bo'ldi. Hokimiyat 
organlari yangi kadrlar bilan to'ldirildi. Rahbarlik lavozimlariga mahalliy millat 
vakillari ham jalb etila bordi. 
Moskva sovet Turkistonida o'z ta'sirini kuchaytirish, uni har tomonlama 
o'ziga qaram qilish maqsadida 1919-yil kuzida Toshkentga alohida favqulodda 
vakolatlar berilgan Turkkomissiya (Sh. Eliava - rais, V. Bokiy, F. Goloshchekin, 
V. Kuybishev, M. Frunze, Ya. Rudzutak)ni yubordi. Uning zimmasiga katta 
vazifalar yuklangan edi. Uning butun faoliyati TASSR sovet va partiya qurilishi 


ishlarini jadal sur'atlar bilan olib borish, yangi tuzumni chuqur ildiz ottirish edi. 
TASSR hayotida kechayotgan barcha ijtimoiy - siyosiy, iqtisodiy va madaniy 
jarayonlar bilan bog'liq eng asosiy masalalarning birortasi ham Turkkomissiya 
a'zolarining izmisiz hal etilmas edi. 
Bu davrda mahalliy xalq orasidan chiqqan, sovet va partiya qurilishida ancha 
tajriba orttirgan, chiniqqan T. Risqulov, N. To'raqulov, A. Rahimboyev, N. 
Xo'jayev, Q. Otaboyev, A. Ikromov, S. Segizboyev kabi yurt arboblari u yoki bu 
rahbarlik mansablarida faoliyat yuritgan bo'lsalar-da, ammo ularning inon-ixtiyori 
moskvalik hukmdorlar tizginida bo'lgan. Xullas, Turkkomissiya siymosida TASSR 
hayotida zo'rlik bilan qaror topdirib borilayotgan bolsheviklar diktaturasining asl 
mazmun-mohiyati mujassamlashgan edi. 

Yüklə 170,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə