1 savolning javobi


 Xorazm va Buxoroda demokratik harakatlarning o'sib borishi, Xiva



Yüklə 170,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix22.03.2024
ölçüsü170,65 Kb.
#183377
1   2   3   4   5   6   7
Abdujabborov SHohjahon

4. Xorazm va Buxoroda demokratik harakatlarning o'sib borishi, Xiva 
xonligi va Buxoro amirligining yemirilishi 
Ma'Iumki, Rossiyada 1917— yilda yuz bergan fevral inqilobiy o'zgarishi 
chorizmning yarim mustamlaka o'lkalari hisoblangan Xiva xonligi va Buxoro 
amirligida ham aks-sado bermay qolmadi. Awalo, bu tobe davlatlarning Rossiya 
ta'siridan xalos bo'lishga intilishi ko'zga tashlansa, ikkinchi tomondan, mahalliy 
xalqning demokratik erkin-liklar va huquqlarga ega bo'lish sari harakatlari 
faollashdi. 
Jumladan, Xorazmda Yosh xivaiiklar harakati xonlikdagi siyosiy vaziyatni 
o'zgartirish va bir qator demokratik o'zgarishlarni yuzaga chiqarishga otlandilar. 
Yosh xivaliklar yetakchilari ishlab chiqqan manifestda konstitutsion monarxiya 
tuzish, xonning vakolatlarini cheklash, iqtisodiyot, ta'lim va madaniy hayot 
jabhalarini isloh qilish talablari ilgari surilgandi. Xivada ijtimoiy-siyosiy vaziyat 
keskin tus olayotganidan cho'chigan Asfandiyorxon 1917— yil 5-aprel kuni 
manifestni imzolashga majbur bo'ldi. Manifest talablariga ko'ra, xon-likda 
konstitutsion monarxiya tuzumi o'rnatildi. Ayni paytda, tarkibi 30-50 kishidan 
iborat ruhoniylar va savdo-sanoat ahli vakillaridan saylangan Majlis va Nozirlar 
Kengashi tuziladi. Ular xalq vakilligi boshqaruvi organlari sifatida xon hokimiyati 
vakolatlarini ma'lum darajada chekladi. Manifestga muvofiq, yosh xivaliklarning 
taniqli rahbari Bobooxun Salimov Majlis raisi, Matmurodov esa Nozirlar Kengashi 
raisi etib saylandilar. Xon xazinasi va uni tasarruf qilish ustidan nazorat o'rnatiidi. 
Xon ternir yo'llar qurish, pochta-te-legraf o'rnatish, yangi jadid maktablari ochish 
to'g'risida va'dalar berdi. Biroq Xiva xoni va uning atrofidagi mutaassib kuchlar bu 
demokratik o'zgadshlarni yo'qqa chiqarish, eski tartiblarni qayta tiklash 
payidabo'ldilar. 
1917— yil iyunga kelib, Asfandiyorxon Rossiya Muvaqqat hukumatining 
Xivadagi vakili, general Mirbadafov yordamiga tayanib, Matmurodov boshliq 
Yosh xivaliklar rahbarlarini qamoqqa oladi. Bu partiyaning faoliyati qonunga xilof 
deb e'lon qilindi. Yosh xivaliklarning ko'plari qo'lga olinib jazolanadi. Qolganlari 
xonlik hududini tark etdilar. 
Xiva xonligining tugatilishi. 1917— yil kuzida Rossiyada ro'y bergan oktabr 
o'zgarishi, Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o'rnatiiishi davomida 
Xivada ham demokratik harakat yangi bosqichga qadam qo'ydi. Demokratik 
kuchlar, aholining kambag'al tabaqalari faol harakatga kela bordilar. Qo'ng'irot, 


Ko'hna Urganch, Xojayli, Taxta, Porsu bekliklarida mahalliy aholi qat'iy 
harakatlarga chiqdi. Buning ustiga, mamlakatni boshqara olmay qolgan xonning 
1918— yil yanvarida tiirkmanlar sardori Junaidxonni Xivaga chaqirishi va uni 
bosh qo'mondon etib tayinlanishi ham vaziyatni yanada chigal-lashtirib yubordi. 
Junaidxon tez orada Asfandiyorxonni qatl ettirib, o'rniga uning tog'asi, irodasiz 
Said Abdulloni nomiga xon qilib ko'tarib, amalda yakka hukmdor bo'lib oldi. 
Junaidxonning harbiy diktaturasi zulmidan og'ir aziyat chekkan ko'plab aholi 
qo'shni Turkistonga qochib o'ta boshladi. Ularning ko'plari Sovetlar tayyorlagan 
qizil qo'shinlar safini to'Idirib bordi. Bularniig hammasi Sovetlarga qo'l keldi. Shu 
zaylda ularga qarashli Amudaryo bo'Hmida (To'rtko'lda) N.A. Shaydakov va N.M. 
Shcherbakov boshchiligida shimoliy va janubiy harbiy guruhlar tuzilib, xonlik 
tuzumini ag'darishga shay qilib qo'yildi. Darhaqiqat, Turkiston sovet rahna-molari 
yo'1-yo'riqlari asosida harakatga kelgan qizil qo'shinlar va shuningdek, o'zbek va 
turkman aholisidan tashkil topgan qo'z-g'olonchi dastalar 1919— yil dekabri 
oxirlaridan Junaidxon rejimiga qarshi harbiy yurish boshlaydilar. Bu kuchlar 
Junaidga ketma-ket zarbalar berib, birin-ketin xonlik hududlarini qo'lga kiritib 
bordilar. 1920— yil 2-fevralda Xiva egallandi. 
Junaidxon qolgan-qutgan qo'shini bilan Qoraqum sahrosiga chekinadi. 
Qo'g'irchoq xon Said Abdulla taxtdan voz kechadi. Shu lariqa, sovetlar kuchi bilan 
Xiva xonligi ag'darildi va 5 kishidan iborat lnqilobiy qo'mita tuzildi. Uning 
tarkibiga Yosh xivaliklar va turkman urug'-qabilalaridan vakillar kiritildi. lnqilobiy 
qo'mita raisi etib Yosh xivaliklar rahbari D.Sultonmurodov saylandi. Tez orada 
Yosh xivaliklar ishlab chiqqan manifest e'lon qilindi. 
1920-yilning 27-30-aprel kunlari Xivada bo'lib o'tgan xalq vakillari Butunxorazm 
qurultoyi xonlik tugatilganligi va Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tuzilganligini 
e'lon qildi. Qurultoy XXSRning muvaqqat Konstitutsiyasini qabul qildi. Qurultoy 
shuningdek, 15 kishidan iborat hukumat - Xalq Nozirlar Kengashini sayladi. Yosh 
xivaliklar rahbarlaridan Polvonniyoz Yusupov uning birinchi raisi bo'ldi. Tez orada 
(iyunda) Rossiya bolshevik rahbarlari ko'magida Xorazm Kompartiyasi tashkil 
etilib, uning hukmronlik mavqeyi oshib bordi. Sovet Rossiyasi ayni paytda yangi 
tug'ilgan Xorazm Xalq Sovet Respublikasini o'z ta'sir doirasiga olish maqsadida 
1920— yil 13-sentabrda XXSR bilan ittifoq shartnomasi tuzdi. Bu shartnoma bilan 
birga ikkala respublika o'rtasida imzolangan harbiy-siyosiy va iqtisodiy kelishuvlar 
asosida Xorazm Xalq Sovet Respublikasiga sovet Rossiyasi tomonidan tegishli 
harbiy, iqtisodiy va madaniy yordam ko'rsatish ko'zda tutilgan edi. Biroq "katta 
og'a"ning bunday yordami zamirida Xorazm Xalq Sovet Respublikasi ichki 
ishlariga aralashish, uning siyosatini o'z manfaatlariga bo'ysundirish maqsadlari 
yotardi. Faqatgina 1921-yil davomida Xorazm Xalq Sovet Respublikasida uch 
marta (mart, sentabr, noyabrda) hukumat o'zgarishi yasalib, uning Moskvaga 
ma'qul kelmagan tarkibi o'zgartirildi. O'z xalqining milliy manfaatlarini ko'zlab 
siyosat yuritgan Polvonniyoz Yusupov, M. Ibniyaminov, O. Muhammadrahimov 
bosh bo'lgan hukumat tarkibi bekor qilindi, uning rahbarlari asossiz qoralandi, 
so'ngra turli jazolarga giriftor etildi. 
1923-yil oktabrida bo'Iib o'tgan IV Butunxorazm Sovetlari Qurultoyi 
Xorazm Xalq Sovet Respubiikasini Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasi deb 


e'lon qildi va respublikaning yangi konstitutsiyasini qabul qildi. Unda Xorazmda 
Sovetlar rahbariigida amalga oshirilgan jiddiy o'zgarishlar tufayli bu respublika 
endilikda o'z taraqqiyotining yangi, sotsialistik bosqichiga kirganligi alohida 
ta'kidlandi. Konstitutsiya yerga bo'lgan xususiy mulkchilikni bekor qildi, barcha 
yerlar umumxalq mulki deb e'lon etildi. Vaqf mulklari maorif nozirligi ixtiyoriga 
olindi. Xorazm xalqlarining xohish-irodasiga zid tarzda amalga oshirilgan bu xil 
tadbirlar va eng asosiysi, respublika boshqaruvi tobora Sovetlar hukmronligi qo'l 
ostiga o'tishi, pirovardida voha aholisining umumiy noroziligining kuchayib 
borishiga sabab bo'ldi. 
Buxoro amirligining ag‘darilishi. Buxoro amirligida ham ijtimoiy-siyosiy 
vaziyat Xiva xonligiga o'xshash tarzda kechdi. Amirlik ham Rossiyaga tobe, vassal 
davlat edi. Ichki siyosatda mustaqil bo'lgan amirning mutlaq hokimiyati hukm 
surib, bundan oddiy xalq ommasi behad zulm tortib kelardi. XX asr boshlarida bu 
yerda ham amirlik tuzumiga qarshi demokratik harakatlar yuzaga keia bordi. 
Manila -katning ilg'or, taraqqiyparvar ziyoli yoshlaridan tashkil topgan Yosh 
buxoroliklar tashkiloti bu harakatlarga yetakchilik qildilar. O'z saflarida 
Abduvohid Burhonov, Fayzufla Xo'jayev, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, 
Muhitdin Mansurov, Po'latxo'ja Usmonxo'jayev kabi yurt fidoyilarini birlashtirgan 
Yosh buxoroliklar harakati keng xalq manfaatlari foydasiga muhim siyosiy 
o'zgarishiarni ro'yobga chiqarishga intilganlar. Ular ishlab chiqqan islohotlar 
loyihasida mamlakatda konstitutsion monarxiya tuzumi o'rnatish, ijtimoiy-siyosiy 
erkinliklar joriy qilish, maorif ishini yaxshilash masalalariga alohida urg'u 
berilgandi. 
Keng xalq ommasi tazyiqi va Yosh buxoroliklar islohot talablari asosida amir 
1917— yil 7-aprelida ba'zi yon berishlar bilan manifest chiqarishga majbur bo'ldi. 
Biroq amirlikning mutaassib, hukmron doiralari tish-tirnoqlari bilan bunga 
qarshilik ko'rsatdilar. Ular islohot tarafdorlariga nisbatan ochiqdan-ochiq shahar 
ko'chalarida qirg'in uyushtirdilar. Ko'plab islohotchilar Buxoroni tark etishga 
majbur bo'ldilar. Bu gal amir tarafdorlarining qo'li baland keldi. 
Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o'rnatilishi Buxoro amirligi 
uchun ham jiddiy siyosiy vaziyatni vujudga keltirdi. Negaki, sotsialistik inqilob 
g'oyasini boshqalarga yoyishga intilgan bolsheviklar chegaradosh Buxoroni o'z 
mo'ljaliga olgandilar. Xususan, 1918— yil martida "Kolesov voqeasi" nomi bilan 
tarixga kirgan qonli voqea bunga aniq misol bo'la oladi. Turkiston sovet 
respublikasi hukumati raisi F, 1. Kolesov Buxoroga ochiq tazyiq o'tkazib, 1918— 
yil 2-martida Kogon temir yo'H yoqalab qizi! qo'shinlar intervensiyasini 
uyushtirdi. Bunga javoban Buxoro amiri xalqni g'azovotga chorlab, o'z qo'shinlari 
va g'azabga kelgan aholini urushga safarbar etdi. Oqibatda, Kolesov 
sharmandalarcha mag'lub bo'ldi. Bu esa amir va uning arkoni davlatiga barcha 
demokratik kuchlardan qonli o'ch olish uchun bahona bo'ldi. Ayniqsa, Yosh 
buxoroliklar ayovsiz qirg'in qilindi. Bolsheviklarning bu avantyurasi Yosh 
buxoroliklar uchun g'oyatda qimmatga tushdi. F.Xo'jayevning guvohlik berishicha, 
bu qirg'inda Yosh buxoroliklar, ularning tarafdorlaridan 1,5 ming kishi qurbon 
bo'lgan. 


Biroq shunga qaramay sovet mutasaddilari Buxoroda sun'iy inqilob 
tayyorlash, buning uchun Turkistondan panoh topgan ko'p sonli buxorolik 
muhojirlarni ishga solish, ulardan ko'plab inqilobchi kuchlar yetishtirish va ularni 
tashkillashtirish harakatida bo'ldilar. 1918— yil sentabrida Toshkentda Buxoro 
muhojirlari tomonidan Buxoro kompartiyasi va lining Markaziy Qo'mitasi tuziladi 
(uning raisi A. Yoqubov, o'rinbosari M. Qulmuhammedov). 1920— yil yan varida 
Toshkentda F. Xo'jayev boshchiligida "Yosh buxorolik inqilobchilar partiyasining 
Turkiston Markaziy byurosi" tashkil etiladi va Turkkomissiya, RSFSR hukumati 
tomonidan e'tirof qilinadi. 
Yosh buxoroliklar partiyasi ishlab chiqqan dasturda tez vaqt ichida despotik 
tuzumni tugatish, mamlakatda demokratik respublika tuzish va keng xalq 
ommasining tub manfaatlarini ko'zlab ko'plab ijtimoiy-demokratik o'zgarishlarni 
amalga oshirish vazifalari bayon etilgan edi. Yosh buxoroliklar tashabbusi bilan 
1920— yil iyundan Toshkentda chiqa boshlagan «Uchqiin» gazetasida ham ilg'or 
demokratik g'oyalar ilgari surildi. Buxoro xalqi amirning hokimi mutlaq tuzumini 
ag'darib tashiash uchun faol kurashga da'vat etib borildi. 
Sovet hokimiyatining asl maqsadi Buxoro amirligini ag'darish edi. Uning 
rasmiy hujjatlari, ko'rsatmalarida amirlikka qarshi kurash quyidan, mahalliy 
kuchlar tomonidan boshlanishi uqdirilgan edi. Shu bilan birga, amirlikni ag'darish 
uchun zarur harbiy tayyorgarlik ham ko'rildi. Frunze boshliq Turkiston fronti 
qo'mondonligi tomonidan 1920— yil iyun o'rtalaridayoq zamonaviy qurol-
aslahalar bilan qurollangan qizil qo'shinlar Buxoro chegaralariga keltirib qo'yilgan 
edi. Ayni paytda, amirlikni ag'darish uchun M.Frunze, V.Kuybishev, N.To'raqulov, 
N.Husainov, F.Xo'jayevlardan iborat harbiy-inqilobiy byuro tashkil etildi. 
1920— yil 29-avgustda Chorjo'yda amir tuzumiga qarshi g'alayon boshlandi 
va Beshim Sardor boshchiligidagi kuchlar avvaldan belgi-langan kelishuvga 
binoan, darhol sovet hukumatidan «yordam so'rab» murojaat qildi. Bu sovet 
qo'shinlarining Buxoroga qarshi urush harakatlari boshlashiga bahona bo'ldi. 
Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, sovet qo'shini ixtiyorida shu davrda 10 ming 
qizil askar, 40 ta to'p, 230 ga yaqin pulemyot, 10 ta zirhli avtomobil, 5 ta zirhli 
poyezd va 12 ta samolyot bor edi. Shuningdek, Turkiston fronti qo'shini bilan birga 
hujum harakatlarida 5 mingga yaqin buxorolik "inqilobchi tuzilmalar" ham ishtirok 
etdilar. 
Amir lashkari son jihatidan ko-'p bo'lgani bilan (20 mingga yaqin), biroq 
uning qurollanish darajasi qizillarga nisbatan ancha zaif edi. Hujumga tashlangan 
sovet qo'shinlari amirlikning Chorjo'y, Qarshi, Kitob, Shahrisabz va boshqa 
hududlarini egallab, Buxoro tomon siljib bordilar. Buxoro va uning aholisi sovetlar 
hujumi chog'ida mislsiz zarar ko'rdi. Shahar ko'p bor havodan bombardimon 
qilindi. Uning ko'plab noyob osori-atiqalari, tarixiy obidalari vayron etildi. 
Amir Olimxon 1920— yil 2-sentabrda Buxoroni tark etishga majbur bo'ldi. 
Poytaxt sovet qo'shinlari tomonidan egallangach, hokimiyat Muvaqqat 
Butunbuxoro Inqilobiy qo'mitasi qo'liga o'tdi. 1920— yil 14-sentabrda BKP MQ 
va Muvaqqat Butunbuxoro Inqilobiy qo'mitasining birlashgan majlisi bo'ldi. 
Majlisda A.Muhitdinov boshchiligida qonun chiqaruvchi oliy organ — 
Butunbuxoro Fnqilobiy qo'mitasi va Fayzulla Xo'jayev raisligida Xalq Nozirlar 


Kengashi (hukumat) tuzildi. O'sha yilning 6-8-oktabr kunlarida I Butunbuxoro 
qurultoyi bo'lib o'tdi. Unda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tashkil etilganligi 
e'lpn qilindi. 
1921- yil 4-martda Moskvada BXSR va RSFSR o'rtasida Ittifoq shartnomasi 
va iqtisodiy bitim imzolandi. Bu esa Rossiya Federatsiyasi va lining Turkistondagi 
vakolatli namoyandalariga Buxoro Respublikasi ichki ishlariga bevosita aralashish, 
u yerdagi o'zgarishlarni nazorat etish va uni aniq sotsialistik maqsadlar sari 
yo'naltirish uchun keng imkoniyatlar ochib berdi. Shuningdek, Buxoro Xalq Sovet 
respublikasining asosiy rahbar tashkiloti - Buxoro Kompartiyasi RKP (b) ning 
viloyat tashkiloti maqomida faoliyat yuritardi. 
RKP (b) MQ 1922- yil mayida "Turkiston-Buxoro ishlari haqida" qaror 
qabul qildi. Unda O'rta Osiyoda, jumladan, Buxoroda jadallik bilan "sotsialistik 
tuzumni mustahkamlash" qat'iy uqtirildi. Shuningdek, RKP (b) MQ ning 1923— 
yil I2-iyunda qabul qilgan Buxoro masalasiga doir maxsus qarori ham bu 
davlatning ichki ishlariga qo'pollik bilan aralashish edi. Negaki, unda Buxoroning 
rivojlanish jarayonini "sotsialistik izga" burib yuborish maqsadi ko'zda tutilgandi. 
Buxoro xalqining tub milliy manfaatlari yo'lida fidoyilik bilan faoliyat yuritgan, 
inqilobiy harakatlarning faol ishtirokchilaridan bo'lgan A.Fitrat, M.Aminov, 
Otaxo'jayev, Yoqubzoda va boshqalar Moskva vakillarining talabi bilan respublika 
hukumati tarkibidan chetlatildi. 
Buxoro XSRning 1921— yil sentabrda qabul qilingan Konsti-tutsiyasi ham 
RSFSR Konstitutsiyasi andozasida tuzilgan edi. Hukmron Markaz tashabbusi bilan 
1923— yil martida O'rta Osiyo Iqtisodiy Kengashining tuzilishi va uning tarkibiga 
Buxoro XSRning ham jalb qilinishi, uning iqtisodiy mustaqilligining asta-sekin 
qo'ldan boy berilishiga sabab bo'ldi. Moskva tazyiqi ostida bu hududda sotsialistik 
o'zgarishlar izchil amalga oshirildi. 1924— yil sentabrda bo'lib o'tgan V 
Butunbuxoro qurultoyi BXSRni Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasi deb e'lon 
qildi. Nihoyat, 1924— yilda o'tkazilgan milliy-davlat chegaralanishi natijasida 
Buxoro davlat sifatida tugatildi. 

Yüklə 170,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə