1 savolning javobi



Yüklə 170,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix22.03.2024
ölçüsü170,65 Kb.
#183377
1   2   3   4   5   6   7
Abdujabborov SHohjahon

«Metodos» va «Logos»
degan ikki 
so‗z birikmasidan iborat bo‗lib, metod, ya‘ni, usul – tadqiqot olib borish usuli 
(yo‗li), nazariya, ta‘limot, logiya esa fan deganidir. Demakki, metodologiya ya‘ni, 
uslubiyat ilmiy tadqiqot olib borish yoki biror bir masalani ilmiy o‗rganishning eng 
qulay usullari, eng to‗g‗ri va mukammal g‗oyasi, nazariyasi va ta‘limotlari 
majmuidan iborat bir butun fandir. Boshqa ma‘noda esa, metodologiya ilmiy bilish 
yoki ma‘lum bir ilmiy faoliyatni tashkil etish va amalga oshirishda qo‗llaniladigan 
usullar haqidagi fandir. Demak, tarix fani metodologiyasi tarixni o‗rganuvchi va 
o‗qituvchilarni aniq maqsad sari to‗g‗ri etaklaydi, ya‘ni tarix haqqoniy yozilishi va 
o‗rganilishiga yo‗l-yo‗riq ko‗rsatadi.
Har qanday fanning metodologiyasi xususida gap borar ekan, odatda shu 
fanga xos metod (usul)lar majumi tushuniladi. Tarix fanini o‗qitish metodologiyasi 
deganda bu yo‗nalishdagi ilmiy bilimlarning tuzilishi va rivojlanishi, ularning 
natijalarini asoslash yo‗llarini amaliyotda mazkur fanga xos bo‗lgan ilmiy bilimlar 
mexanizmini samarali tadbiq etilishi tushuniladi. Tarix fani metodologiyasi 
deganda tarix fanlari doirasidagi ilmiy bilimlarning tuzilishi tamoyillariga, shakli 
va ilmiy jihatdan tarix fani doirasida qo‗llaniladigan ta‘limotiga aytiladi. 
O‗zbekiston tarixi fanining fan sifatidagi nazariy-metodologik asoslari o‗zida 
mazkur fanning qonuniyatlari va tamoyillarini, faqatgina shu fanga xos bo‗lgan 
qat‘iy tushunchalar majmui va bilish metodlarini o‗z ichiga oladi.
Tarix fanining rivoji, uning metodologiyasi rivojiga bog‗liq bo‗lganidek, 
tarix fani metodologiyasi yuksak darajada takomil topishi tarix fani qay darajada 
ekanligiga ham bog‗liq. Bu holdagi uzviy va ikki tomonlama bog‗liqlik har ikkala 
yo‗nalishning umumiy qonuniyatidir. Mana shu o‗zaro aloqadorlik qonuniyatini
mumtoz tarixshunosligimiz va hozirgi zamon sivilizatsion yondashuvlarga 
asoslangan holda O‗zbekiston tarixi fani metodologiyasini quyidagi ikki qismga 
bo‗lish tavsiya etiladi:

Yüklə 170,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə