Toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə1/2
tarix19.10.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#128158
  1   2
For Islom


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI

"Kompyuter injiniring" fakulteti


"Kompyuter tizimlari" kafedrasi
"Raqamli qurilmalarni loyihalash” fanidan

Laboratoriya ish-1




Bajardi: KI-21-02 guruh talabasi Elmurodov Islomjon

Qabul qildi: NARKULOV A.


Mavzu: Kombinatsion mantiqiy sxemalarda HAM, YOKI, HAM-EMAS, YOKI-EMAS, ISTISNO-YOKI mantiqiy elementlari.


SAMARQAND – 2021


Kombinatsion mantiqiy sxemalarda HAM, YOKI, HAM-EMAS, YOKI-EMAS, ISTISNO-YOKI mantiqiy elementlari
Reja
1.Mantiqiy element nima ?
2. HAM, YOKI, HAM-EMAS, YOKI-EMAS, ISTISNO-YOKI elementlari
Mantiqiy amallarni bajarishga mo„ljallangan mantiqiy elementlar turli xildagi
elektr sxemalarida har xil texnik vositalar: rele-kontaktli elektrik elementlar,
kontaktsiz elementlar asboblar va boshqalar ishtirokida tuziladi.
Mantiqiy elementlar boshqaruv ob‟ektining xolatini unga kelayotgan
signallar ko„rinishiga qarab, berilgan mantiqiy shartlar asosida diskret (saqlab)
o„zgartira oladigan moslamalar hisoblanadi. Sistema funksiyasini belgilab
beradigan bunday shartlar mantiqiy boshqaruv algoritmi deyiladi. Mantiqiy
elementlardan foydalanilgan har qanday holatda ob‟ektning holati uning ijrochi
organlarini ulash eki o„chirish yo„li bilan diskret o„zgaradi. Ya‟ni har qanday
mantiqiy element aniq bir mantiqiy amalni bajarish barobarida faqatgina ikkita
holatda bo„lishi mumkin: “nol” - agarda ob‟ekt tarmoqqa ulanmagan bo„lsa (signal
yo„q), “bir”- agar o‟ekt tarmoqqa ulangan bo„lsa (signal bor).
Raqamli texnikada ikkita holatga ega bo‟lgan, nol va bir yoki
“rost” va “yolg‟on” so‟zlari bilan ifodalanadigan sxemalar qo‟llaniladi. Biror
sonlarni qayta ishlash yoki eslab qolish talab qilinsa, ular bir va nollarning ma'lum
kombinasiyasi ko‟rinishida ifodalanadi. U holda raqamli qurilmalar ishini
ta'riflash uchun maxsus matematik apparat lozim bo‟ladi. Bunday matematik
apparat Bul algebrasi yoki Bul – mantiqi deb ataladi. Uni Irland olimi D. Bul
ishlab chiqqan.
Umumiy holda, mantiqiy ifodalar har biri 0 yoki 1 qiymat oluvchi х1, х2, х3, … х
n mantiqiy o‟zgaruvchilar (argumentlar)ning funktiyasi hisoblanadi. Agar
mantiqiy o‟zgaruvchilar soni n bo‟lsa, u holda 0 va 1 lar yordamida 2n
ta
kombinatsiya hosil qilish mumkin. Masalan, n=1 bo‟lsa: x=0 va x=1; n=2 bo‟lsa:
х 1 , х 2 =00,01,10,11 bo‟ladi.
Har bir o‟zgaruvchilar majmui uchun u 0 yoki 1 qiymat olishi mumkin.
Shuning uchun n ta o‟zgaruvchini turli mantiqiy funksiyalarga o‟zgartirish
mumkin, masalan, n=2 bo‟lsa 16, n=3 bo‟lsa 256, n=4 bo‟lsa 65536
funktsiya.
n o‟zgaruvchining ruxsat etilgan barcha mantiqiy funksiyalarini uchta asosiy
amal yordamida hosil qilish mumkin:
- mantiqiy inkor (inversiya, EMAS amali), mos o‟zgaruvchi ustiga “–” belgi
qo‟yish bilan amalga oshiriladi;
- mantiqiy qo‟shish (dizyunksiya, YOKI amali), “+” belgi qo‟yish bilan amalga
oshiriladi;
- mantiqiy ko‟paytirish (konyunksiya, HAM amali), “•” belgi qo‟yish bilan
amalga oshiriladi.
Ifodalar ekvivalentligini ifodalash uchun “=” belgisi qo‟yiladi.
Mantiqiy funksiyalar va amallar turli ifodalanish shakllariga ega bo‟lishlari
mumkin: algebraik, jadval, so‟z bilan va shartli grafik (sxemalarda). Mantiqiy
funksiyalarni berish uchun mumkin bo‟lgan argumentlar majmuidan talab
qilinayotgan mantiqiy funksiya qiymatini berish yetarli. Funksiya qiymatlarini
ifodalovchi jadval haqiqiylik jadvali deb ataladi.
Zamonaviy elektron hisoblash mashinalari va diskret avtomatika qurilmalarida
axborotlarni qayta ishlash uchun ikkilik sanoq tizimsi ishlatiladi. Ikkilik sanoq
tizimsi bo‘lmish “1” va “0” larni elektr zanjirlarda kuchlanishning potensiali bor
yoki yo‘q orqali ifodalanadi. Odatda “1” yuqori qiymatdagi potensialga mos
kelishi, “0” esa uning yo‘qligini (sxema kirishi yoki chiqishidagi kichik
potensialni hisobga olmaslik mumkin). Axborot signallarini bunday ifodalanishini
raqamli deb ham ataydilar. Raqamli texnika sxemasini qurishda XIX asr o‘
rtalarida ingliz matematigi Dj. Bul ishlab chiqqan, shu sababli bu usulni bul
algebrasi deb yuritiladi
Kombinatsion mantiqiy sxemalarda foydalaniladigan mantiqiy elementlarning bir nechta turli turlari mavjud. Bu elementlar mantiqiy amallarni bajarish uchun ishlatiladi va mantiqiy sxemalar tuzishda muhimdir.

1. HAM (AND) mantiqiy elementi:


Bu element ikkita yoki undan ko'p kiritishlarni qabul qiladi va faqat barchasi kirishlarda "1" (ha) bo'lsa, chiqishda "1" (ha) chiqaradi. Agar kamida bir kiritish "0" (yo'q) bo'lsa, chiqish "0" (yo'q) bo'ladi.

2. YOKI (OR) mantiqiy elementi:


YOKI mantiqiy elementi, kirishlarning kamida biri "1" (ha) bo'lsa, chiqishga "1" (ha) chiqaradi. Barcha kirishlar "0" (yo'q) bo'lsa, chiqish ham "0" (yo'q) bo'ladi.

3. HAM-EMAS (NAND) mantiqiy elementi:



Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə