Ziyonet doc



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/62
tarix26.10.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#131171
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   62
Kitob 5346 uzsmart.uz

Tayanch iboralar:
Tarix falsafasi tushunchasi. Tarix falsafasining 
maqsadlari va vazifalari. Tarix fani. Tarix fanining usullari. Tarixning ahamiyati. 
Tarix ma’nosi falsafiy dunyoqarash masala sifatida. Klassika va hozirgi zamon: 
tarix ma’nosiga ikki yondashuv. Tarixiy ong va tarix. Tarixiy ongning ikki tomoni. 
 
Nazorat uchun savollar: 
1.
Tarix falsafasi atamasi kim tomonidan fanga kiritilgan?
2.
Tarix falsafasining maqsadlari va vazifalari nimalardan iborat?
 
3.
Tarix fanining vujudga kelishi ayting?
 
4.
Tarixning ahamiyati tushuntirib bering? 
 
 
Adabiyotlar: 
1.
Каримов
И

А

Тарихий
хотирасиз
келажак
йўқ
. – 
Т
.: 
Шарқ
, 1998. 
2.
Гегель
Г
.
В
.
Ф

Философия
истории

Сочинение
8-
ми
томах
. – 
М
.-
Л
., 1932-
1959. 
3.
Фукидид

История
. – 
Л
., 1991. 
4.
Ивин
А
.
А

Введение
в
философию
истории
. – 
М
., 1997. 
5.
Коломицев
В
.
Ф

Методология
истории
. – 
М
., 2000. 
6.
Жўраев
Н

Тарих
фалсафасининг
назарий
асослари
. – 
Т
.: 
Маънавият
, 2008.
 
 


27 
TARIXNING ANTIK FALSAFASI 
Reja
1.
 
Yunonistonda tarix fani.
2.
 
Gerodot ilmiy tarixning yaratilishi.
3.
 
Rim tarixchilari. Tit Liviy. Korneliy. Tatsit. 
 
Yunonistonda tarix fani birdaniga vujudga kelgan emas. Greklarning 
tasavvuricha tarix fan emas, balki sanatdan va pand – nasihatdan iborat, shu 
sababli qadimgi greklar boshqa fanlar singari tarihning ham o’z muzasi bor, bu 
muza Kliodir Klmo boshqa muzalar bilan bir qatorda sanatlar xudosi Apolon 
ayonlari orasida bo’lgan, deb hisoblaganlar . Greklar tarixiy voqealar to’g’risida 
chiroyli va pand – nasixatli hikoyani xammadan ko’proq qadirlaganlar. Ular 
tarixning asosiy vazifasi pand – nasixatdan iborat deb hisoblaganlar.
Dastlabki vaqtlarda logograf deb ataluvchi kishilar (“logos” “so’z”, “grafo”- 
yozaman demakdir) shaharlarning odatda o’zlari tug’ilgan shaharlarning tarixi 
to’g’risida yozganlar. Logograflar eramizdan avvalgi VII asrda va V asrning 
boshlarida yashaganlar. O’z asarlarida ular biron shaharning tarixini yozganlar, 
lekin ular bu tarixni afsona bilan aralashtirganlar.
Geradot – ilmiy tarixning yaratilishi. 
Geradotni biz tarixchi sifatida yaxshi bilamiz. Uning to’qqiz to’mli tarix 
asarining har biri yuz ellik va undan ortiq hikoya, rivoyat va o’ziga xos tarixiy 
novellalarni o’z ichiga oladi. 
Geradot asarlari Plutarx, Yustin, ijodlariga ham katta tasir o’tkazgan, taniqli 
tadqiqotchi M, Mandesning fikricha Yustinning ko’pgina fikrlari Geradotdan 
olinganligi, Diadorning ko’pgina tasvirlari Fukididga yaqin turganligi qayd etiladi.
Arrian Ksenofont ijodini davom ettirganligini ochiq oydin aytadi. Geradot 
yoshligididan sayoxat qilishni yashi ko’radi. Galikarnos port shahri, savdo-sotiq 
bilan shug’illanuvchi savdogarlar, yo’lovchilar shahri bo’lgani uchunmi o’spirinlik 
yillaridayoq u yaqin atrofdagi mamlakatlarga borib qoladi. Dengiz shunqori va 
sayohlari tilidan g’aroyib sarguzashtlarni tinglashni juda – juda yoqtiradi. “eron 
tarixi kitobi” Geradot etiborini ayniqsa o’ziga tortadi. Xaronning “Eron tarixi” 
kitobida Ahamoniylar davlatiga qaram bo’lgan Osiyodagi ko’pgina malumotlar 
haqida qimmatli malumotlar bor.
Gerodot tug’ilgan o’lka tarixiy sarguzashtlarga boy edi. Bunday tarixiy 
voqealarni ko’p eshitgan Gerodot keyinchalik haqli ravishda tarixiy hikoyalar 
ijodkori bo’lib, qoladi. Gerodotning ona shahri Galikarnos hokimi Lagdimid qarshi 
ko’tarilgan isyonda Paniasid bilan bostiriladi. Geradot esa mamlakatdan quvg’in 
qilinadi. Shundan so’ng bo’lajak tarixchi Osiyo bo’ylab safarga chiqishga qaror 
qildi. Geradot qora dengiz qirg’oqlari bo’ylab safardaligida Olviya shahri va ularga 
yaqin joylashgan skiflar haqida qiziqarli malumotlarni eshitadi. Undan ilgari ham 
skiflar haqida talaygina kitoblarni o’qib ularning hayot kechirish tarziga qiziqib 
qolgan edi.
Geradot Samos orolida bir muncha vaqt bo’lib, Osiyo bo’ylab safarga 
jo’naydi. Geradot dastlab, Ahamoniylar davlatining markazi bo’lgan suz shahriga 
keladi. Efes va Sard shaharlarida bo’ldi. Kichik Osiyodagi Galis, Mesopatamiya-


28 
dagi Efrat va Tigr daryolaridan o’tadi. Geradotning fikricha, Kaspiy bo’ylarida 
ko’chmanchi massagetlar yashaydi. Massagetlar baliq go’shti, parranda va sutli 
taomlarni istemol qilishadi. Bu erning xalqlari juda jangari bo’lishgan. 
Aytishlaricha Eron shohi Kir xam ularni o’ziga bo’ysudira olmagan. Geradot 
Mesopatamiya va Vaviloniya o’lkalarining tabiatiga ham keng to’xtaladi. Bu joylar 
Orol dengiziga yaqin bo’lib, ayrim tadqiqotchilar bu o’lkalarga Geradot kelmagan 
deyishsa, boshqalar kelgan deyishadi. Geradot O’rta Osiyo haqida muhim 
malumotlar keltiradi. Bu erda bir necha hokimliklar mavjudligini, ularning 
hammasi ulkan Eron davlatiga qaram ekanligini tasdiqlaydi. Bu hokimliklarni aniq 
nomi bilan ataydi. Jumladan, Baqtriya, Girkaniya, Kaspiy, so’g’dlar, saklar, 
xorasmiylar va oriylar, bu o’rinda izoh talab nomlardan oriylar Afg’onistonning 
g’arbiy qismiga joylashgan elatlardir. Baqtriyaning poytaxti o’sha vaqtda Balh 
shahri bo’lgan kaspiy hokimligida Turkmanistonning janubi- g’arbiy qismida 
joylashgan qabilalar kirgan Xorazmiylar xorazmliklar, so’g’dlar Politmet 
(Zarafshon) bo’ylarida, saklar Tyanshan tog’ining g’arbiy etaklarida joylashgan 
edilar. Shundan so’ng Geradot Hindiston o’lkasida sayohatini davom ettirib, 
Panjobga boradi. Bu erga bostirib kelgan Doro haqida qimmatli malumotlar 
to’playdi. Geradot keyingi asarlarida Liviya, Misr o’lkalarini ham keng tasvirlaydi. 
Geradot tarixning shunchaki xabarchisi emas, balki tarixni jonlantirib ko’rsatuvchi 
etuk ijodkordir. Uning skiflar haqidagi asarlari nihoyatda bebaxo va qadrli.
Geradotning “skiflar” asari jahon xazinasida munosib o’rin tutgan, bu asar 
juda ko’plab tillarga tarjima qilingan. Skiflarni birinchi bo’lib, jahonga tanitgan 
ham Geradotdir, XVII – XVIII asrlardayoq rus imperatorlari Geradotning “skiflar” 
asarini juda katta qiziqish bilan o’qishgan va juda ko’p nushalarda tarjima qilishga 
buyuruq berishgan. Natijada, asar bir necha marta tarjima qilinib, qayta-qayta 
nashr etiladi. Skiflar haqida Geradotdan ilgari Yunon olimlari Gomer, Esxil ham 
yozganlar, lekin skiflarning xaqiqiy va birinchi targ’ibotchisi Geradot edi. 
Geradotning “skiflar” asarining uslubi, undagi hikoyalarning xarakterli xususiyat-
lari haqida bir qancha ilmiy tadqiqot ishlari yuzaga keldi. Bu ilmiy tadqiqotlar 
ichida ayniqsa, I. Ya. Timoshenkoning “ Geradot va uning asari” Vitold 
Klingerning “hikoyachilik motivlari” asarlari shuningdek, sharq halqlarini tarixiy 
hikoyalari” kabi juda katta axamiyatga ega bo’lgan ijod durdonalari yuzaga keldi. 
Geradot katta ishga qo’l uradi. Faqat skiflarni emas Yevropa va Osiyodagi hatto 
Afrikadagi ko’pgina qabilalarning hayotiga oid malumotlarni aks ettiradi. Geradot 
ijodi Tarix nomli To’qqiz kitobi katta ilmiy xazinani tashkil etib, bu kitoblarning 
har qaysisi yuzlab hikoyalarni o’z ichiga olgan. Geradot antik davrdagi boshqa 
olimlardan shu bilan farq qiladiki, u fidoyi tarixchi edi. O’z hayotini taxlikaga 
qo’yib bo’lsa – da ijod dardida uzoq yurtlarni kezdi. Jahongashta tarixchi ne - ne 
xavf – xatarlarlarga duch kelmadi. Bu safarlarida u avval o’z ko’zi bilan ko’rib, 
qulog’i bilan eshitgach, keyin ijod qilardi. Xar qanday faraz va taxminlar uning 
uchun begona edi. U minglab qabila va elatlarda bo’ladi. Yuzlab daryolarni kechib 
o’tadi. O’sha paytda xech bir olimning qadami etmagan uzoq o’lkalarni kezadi.xali 
ko’p ko’rilmagan mavzularni birinchi bo’lib yoritadi. Shuning uchun ham Geradot 
nomi tariximizda alohida axamiyat kasb etadi.


29 
Yuqoridagi faktlar asosida biz aytishimiz mumkinki ilmiy tarixning 
yaratilishida Geradotning Tarix asari muxim axamiyat kasb etadi.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə