2-modul. Korreksion pedagogika fan sifatida 4-M



Yüklə 43,67 Kb.
səhifə1/4
tarix22.03.2024
ölçüsü43,67 Kb.
#180696
  1   2   3   4
4-mavzu MKPKA


2-MODUL. KORREKSION PEDAGOGIKA FAN SIFATIDA


4-MAVZU: KORREKSION PEDAGOGIKA FAN SIFATIDA. RIVOJLANISHDAGI NUQSONLARNI KLASSIFIKATSIYALASH, ULARNING SABABLARI VA OMILLARI. OLIGOFRENA PEDAGOGIKA VA UNING ASOSIY YO‘NALISHLARI.
REJA:

  1. Korreksion pedagogika asoslari.

  2. Rivojlanishdagi nuqsonlarni klassifikatsiyalash, ularning sabablari va omillar

  3. Oligofrena pedagogika va uning asosiy yo‘nalishlari

Tayanch tushunchalar:
Korrektsion (maxsus) pedagogika, dfektologiya, defectus, nuqson, kamchilik, surdopedagogika, surdopsixologiya, tiflopedagogika, tiflopsixologiya, oligofrenopedagogika, oligofrenopsixologiya, logopediya, nutqiy buzilishlar psixologiyasi, motorli-harakatlaniш apparatining murakkab nuqsonlar.
Adabiyotlar va axborot manbalari

  1. Ayupova M.Yu. Logopediya. – T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2007

2. Inshakova O.Albom dlya logopeda / O. B. Inshakova. - M.: VLADOS, 2005. - 279 s.: sv. il. - (Korreksionnaya pedagogika). - ISBN 5-691-00179-5.
3. Kovshikov, V. A.Ispravleniye narusheniy razlicheniya zvukov: metodi i didakt. materiali / V. A. Kovshikov. - SPb.: KARO, 2006. - 122 s.: il. - (Populyarnaya logopediya). - ISBN 5-89815-729-8.
4. http://www.edu.uz –O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sayti.
5. http:www.uzedu.uz – O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi sayti.


Korrektsion pedagogika pedagogik fanlarning tarmog‘i sifatida. Rivojlanishida turli nuqson (kamchilik)lar bo‘lgan o‘quvchilarni korrektsion o‘qitish va tarbiyalash bilan korrektsion pedagogika (defektologiya) shug‘ullanadi. Korrektsion (maxsus) pedagogika (defektologiya - yunoncha defectus – nuqson, kamchilik, logos – fan, ta’limot) – rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o‘qitish metodlariga asoslangan, salomatlik imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi hamda shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarinio‘rganuvchi fan sanaladi.
Ilmiy tushuncha sifatida korrektsion pedagogika zamonaviy pedagogika fanida rasman e’tirof etilganiga u qadar ko‘p vaqt bo‘lmadi. Uzoq vaqt davomida pedagogikada «defektologiya» tushunchasi qo‘llanib kelingan.
Korrektsion pedagogika (defektologiya) tarkibiga quyidagi sohalari kiradi:

Pedagogik lug‘atda «korrektsiya» tushunchasi (yunoncha «correctiio» - tuzatish) pedagogik uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini tuzatish (qisman yoki to‘liq) sifatida tushunilishi ta’kidlab o‘tiladi14.


Korrektsion pedagogikaning asosiy maqsadi – belgilangan (normal) va (mavjud kamchilik) faoliyat o‘rtasidagi nomuvofiqlikni yo‘qotish yoki kamaytirishdan iborat.

Yüklə 43,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə