Yusupova Z. X


Biomexanikaning rivojlanish zaminlari



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/149
tarix28.11.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#134207
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   149
2.3.Biomexanikaning rivojlanish zaminlari 
 
Harakatlarga qiziqish juda 
qadim zamonlarda – oddiy 
ko‗z 
bilan 
kuzatish 
o‗rganishning yagona usuli 
bo‗lgan vaqtlardayoq paydo 
bo‗lgan. Bunday qiziqish 
hammadan ham oldin rasmda 
harakatlarni 
imkoniyati 
boricha 
ishonchliroq 
tasvirlashga 
intilgan 
rassomlarda paydo bo‗lgan. 
Boshqa tomondan, uchish 
mashinasi 
qurilmasiga 
erishishni istagan (bundaylar 
hamma 
zamonlarda 
ham 
etarlicha 
bo‗lgan) 
ixtirochilarni ham qiziqtirgan 
bo‗lib, ular qushlarning uchishini undan biron-bir naf (kerakli yo‗riqnomalar) 
chiqarib olish umidida diqqat bilan o‗rganganlar 


38 
Qadimgi dunyodan boshlab inson harakatlari o‗rganila boshlangan. Qadimgi 
yunon faylasufi Platon (eramizdan avvalgi 428-348 yillar), miya fikrning 
jamlanishidan iborat, tafakkur esa, sezuvchanlikning har bir turidan olinadigan 
rag‗batlanishga asoslanadi, deb hisoblagan. Miya xuddi otning jilovi kabi 
boshqaradi. Boshqa faylasuf Aristotel (eramizdan avvalgi 348-322 yillar) ilk bor 
mushaklar harakatini bayon qilgan va ularning geometrik tahlilini keltirgan. Rimlik 
vrach Klavdiy Galen (eramizdan avvalgi taxminan 130-200 yillar) birinchi bo‗lib, 
mushaklar faolligini bo‗g‗imlardagi harakatlar bilan aloqadaligini sezgan va 
mushak-sinergistlar va antagonistlar to‗g‗risidagi tushunchani kiritgan, xulq-
atvorning tug‗ma va orttirilgan shakllari to‗g‗risidagi qoidalarni ilgari surgan. 
Shu davrda, biomexanikada ma‘lum bo‗lgan bilimlarni tirik mavjudotlarning 
harakatlarini o‗rganish paytida qo‗llashning ilk bor urinishlari buyuk olim va 
musavvir Leonardo da Vinchiga (1451-1519 yy.) mansub. U, mexanika ilmi barcha 
boshqa fanlarga nisbatan foydali ekanligi, harakat qilish qobiliyatiga ega bo‗lgan 
barcha tirik mavjudotlar uning qonunlari bo‗yicha harakatlanishida, deb yozgan. 
XVII asrning ikkinchi yarmiga kelib, mexanika bo‗yicha yetarlicha keng bilimlar 
to‗plangan: statikaning ko‗pchilik qonunlari ma‘lum bo‗ldi, G.Galiley (1564—
1642 yy.) mexanika sohasidagi o‗zining dongdor tajribalarini amalga oshirgan. 
Sport biomexanikasining boshlanishiga asos bo‗lgan birinchi ilmiy kitob italiyalik 
matematik va vrach D.A.Borelliga (1608—1679 yy.) mansub bo‗lib, u, 1379 yilda 
nashr qilingan va ―Hayvonlarning harakatlari to‘g‘risida‖ («O dvijenii jivotnыx») 
deb nomlangan. Ushbu kitob, xali Nyuton o‗zining ―Natural falsafaning matematik 
boshlanishi‖ («Matematicheskie nachala naturalnoy filosofii») (1687) nomli buyuk 
ishini chop etmasidan oldin nashr qilingan. Nyuton ushbu ishida mexanikaning 
qonunlarini bayon qilgan va ular keyinchalik uning nomini olgan. D.Borelli asosan 
odam gavdasining statikasini (muvozanatini) o‗rgangan. U, xususan, odam 
gavdasining og‗irlik markazini ilk bor aniqlagan. 


39 
XIX asrda va XX asrning boshlarida sport biomexanikasining rivojlanishiga 
(avvalam bor, tadqiq qilish usullariga) amerikalik olim E.Maybridj, fransiyalik 
tadqiqotchi E.Marey, nemis biomexaniklari V.Braune va O.Fisher katta hissa 
qo‗shishgan. K.Vaxxolder (1893-1961 yy.) bitta bo‗g‗imli harakatlar vaqtida 
mushak-sinergistlar va antagonistlarda elektromiografiyaning (EMG) uch fazali 
patternini kashf qilgan. 
Rus 
biomexanikasini 
paydo 
bo‗lishi 
va 
rivojlanishiga fiziolog I.M. 
Sechenov (1829-1905 yy.) 
o‗zining 
―Odam 
ishchi 
harakatlari ocherki‖ («Ocherk 
rabochix dvijeniy chelove-
ka») nomli kitobi bilan asos 
solgan bo‗lib, unda, ilk bor 
sport 
biomexanikasining 
ayrim masalalarini ko‗rib 
chiqqan. 
A.A.Uxtomskiy 
(1875-1942 yy.) dominanta 
to‗g‗risidagi ta‘limotni ishlab 
chiqqan. Anatom P.F.Lesgaft 
(1837-1909 yy.) 1877 yildan 
boshlab, 
jismoniy 
ta‘lim 
bo‗yicha ochgan kurslarida
―Gavda harakatlari nazariyasi‖ («Teoriya telesnыx dvijeniy») fani bo‗yicha 
ma‘ruzalar qilgan bo‗lib, 1927 yildan boshlab jismoniy tarbiya institutlarida 
―Harakatlar nazariyasi‖ fani yuzaga kelgan va u, bir vaqtlar o‗tgandan keyin 
―Jismoniy mashqlar biomexanikasi‖ faniga aylantirilgan. 
Sport biomexanikasining rivojlanishiga prinsipial jihatdan muxim ulush 
qo‗shgan olim N.A.Bernshteyn (1899-1966 yy.) bo‗lib, u, harakatlarni o‗rganish 


40 
natijasida faollik fiziologiyasini – miya tirik mavjudotlarning harakatlarini qanday 
boshqarishi to‗g‗risidagi nazariyani yaratgan. 
N.A.Bernshteyn harakatlarni tuzishning ko‗p darajali nazariyasini ishlab 
chiqqan bo‗lib, unga binoan har bir harakat vazifasining mazmuni va mohiyati 
strukturasiga bog‗liq holda, u yoki bu etakchi darajada amalga oshiriladi. U, 
kibernetikaga joriy qilingan ―qaytar aloqalar‖ tushunchasini oldindan sezgan 
sensorli korreksiya tamoyilini ishlab chiqqan. 
Hozirgi vaqtda, juda ko‗p tadqiqotchilar sport biomexanikasining muammolari 
ustida ish olib borishmoqda. Jahoning ko‗pchilik ilmiy va ta‘lim muassasalarida 
nazariy va amaliy xarakterdagi vazifalarning keng spektri bo‗yicha tadqiqotlar olib 
borilmoqda. Biomexanika shartli ravishda bir nechta yo‗nalishlarda rivojlanmoqda: 
1. Nazariy biomexanika, harakatlarni matematik modellashtirish, harakatlarni 
boshqarish qonuniyatlarini o‗rganish bilan bog‗liq bo‗lgan; 
2. Sport biomexanikasi, odamni sportdagi harakat amallarini o‗rganish bilan 
bog‗liq bo‗lgan; 
3. Muhandislik biomexanikasi, boshqariladigan robotlarni konstruksiya 
qilishga ustivor yo‗naltirilgan; 
4. Tibbiyot biomexanikasi, jarohatlanishlarning sabablarini, oqibatlarini va 
oldini olish usullarini o‗rganadigan, protezlar qurish muammolari bilan 
shug‗ullanadigan; 
5. Ergonomik biomexanika, odamni atrof-muxit predmetlari bilan o‗zaro 
harakatlarini o‗rganish, konstruksiyalarini ratsionallashtirish va ularni harakat 
faoliyati jarayonida inson bilan o‗zaro harakatini optimallashtirish maqsadida sport 
jihozlari, qurilmalari, trenajyorlar va trenirovka moslamalarini ishlab chiqish bilan 
bog‗liq bo‗lgan; 
6. Jismoniy mashqlar biomexanikasi, aholini jismoniy tarbiya qilishning, 
konditsion tayyorgarlik va barcha uchun sportning ommaviy shakllarida 
harakatlarni shakllantirishning barcha jihatlari bilan bog‗liq bo‗lgan; 
7. Adaptiv jismoniy tarbiya biomexanikasi, nogironlar sportining keng 
masalalarini echish, nogironlar yashaydigan muxitni ratsionallashtirish, ularni 


41 
atrof-muxitga adaptatsiyasi paytida, ularning harakat imkoniyatlarini oshiradigan 
moslamalar va harakat rejimlarini ishlab chiqish bilan bog‗liq bo‗lgan. 
Nomlari qayd qilingan yo‗nalishlar bir-biridan izolyasiya qilinmagan, ular 
o‗zaro bog‗liq, bir-birini to‗ldiradi, ularda odam to‗g‗risidagi fanlarning 
(fiziologiya, tibbiyot, miologiya, jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti, 
mexanika, radioelektronika va b.) usullari va yondashuvlari keng qo‗llaniladi. 
SHuningdek, biomexanika fanining paydo bo‗lishiga ma‘lum zaminlar 
(sabablar) – falsafa, nazariy va amaliy mexanika, anatomiya va fiziologiya 
sohalarida jamlangan bilimlar xizmat qilgan. Harakatlarni o‗rganishda ustivor 
bo‗lgan fanga bog‗liq holda biomexanikada bir nechta yo‗nalishlar tashkil topib 
borgan.

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə