Yo'sin toifa o'simliklar bo'limi


III.I.Plauntoifa - Lycopodiophyta o‘simliklar bo’limi



Yüklə 2,97 Mb.
səhifə6/7
tarix20.06.2023
ölçüsü2,97 Mb.
#118077
1   2   3   4   5   6   7
Yo\'sin toifa o\'simliklar bo\'limi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Xulosa

III.I.Plauntoifa - Lycopodiophyta o‘simliklar bo’limi


Plauntoifa - Lycopodiophyta o‘simliklar. Plauntoifa - Lycopodiophyta o‘simliklar bolimi vakillari yuksak o‘simliklar orasidagi qadimgi o‘simliklardan bo’lib, paleozoy erasining oxirlarida, toshko‘mir davrida yaxshi taraqqiy etgan. Hozirgi paytda ularning 1000 dan ziyod turlari uchraydi. Qazilma turlari orasida yirik daraxtlar ham bo‘lgan. Ular o‘rmonlar hosil qilgan. Mezozoy erasiga kelib, daraxtsimon plaunlar yo‘qolib ketgan, faqat o‘t shakllari saqlanib qolgan. Plaunsimonlarning hayotiy rivojlanish davri yo‘sinlardan farq qilib, nasllar gallanishida jinssiz nasl (sporofit) ustunlik qiladi. Tanasi poya, barg, ildizga ajralgan. Poyasi dixotomik ravishda shoxlangan.


Bu bo‘lim 2 ta sinfga ega. Plaunsimonlar - Lycopodiopsida va polushniksimonlar-Isoetopsidalarga bo’linadi. Plaundoshlar oilasiga 4 ta turkum kiradi. Plaun Lycopodium turkumiga 200 dan ortiq tur kiradi. Ular tropik zonadan to tundragacha tarqalgan. O’rta Osiyoda esa tog‘li hududlarda uchraydi. Poyasi tikka, ayrimlari yotib o‘sadi yoki epifit holda uchraydi. Turkumning yer bag‘irlab o‘suvchi xarakterli vakillaridan biri - cho‘qmoqli plaun (to‘g‘nog‘ichsimon plaun) - Lycopodium clavatum ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Poyasi yotib o‘sadi, uzunligi 1,5-3 sm, doim yashil dixotomik shoxlangan, ko‘proq o‘rmonlarda o'sadi, yer bag’irlab yotadigan poyasining pastki tomonidan yerga ingichka ildizlar chiqadi. Plaunsimonlarga bitta qabila plaunnamolar - Lycopodiales kiradi. Polushniksimonlar sinfiga 2 ta qabila: selaginellanamolar - Selaginellales va polushniknamolar - Isoetales kiradi.
Polushniksimonlar sinfining vakillari har xil spora hosil qilib ko‘payishi bilan birinchi sinfdan farq qiladi. Hozirgi vaqtda faqat selaginellanamolar va polushniknamolarning vakillari saqlanib qolgan. Plaunlarning gametofiti tuproq ostki qismida zamburug’ gifalari bilan birgalikda hayot kechiradi. Gametofitning to‘la rivojlanib, undan embrion hosil bo’lishi uchun 12-15 yil vaqt sarflanadi.
Polushniksimonlr - Isotopsida sinfi (ajdodi). Bu sinf toshko‘mir davrida tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, qalin toshko'mir qatlamlarini tashkil etgan.
Selaginellanamolar — Selaginellales qabilasi. Bu qabila bitta Selaginelladoshlar - Selaginellaceae va bitta Selaginella-Selaginella turkumiga mansub 700 ga yaqin turni o‘z ichiga oladi. Turkum turlari, asosan. tropik va subtropik zonalarda tarqalgan. Qabilaga kiruvchi o‘simliklar oldingi qabila vakillaridan sporangiylarda yetilgan sporalarining mayda (mikrospora) va yirikligi (makrospora) bilan farqlanadi. Selagasimon selaginella - Selaginella selaginoides nam o‘tloqlarda va torfli botqoqliklarda uchraydi. Poyasi ko‘pincha dixotomik ravishda shoxlar hosil qiladi. Poya va shoxlarini mayda barglar qoplab turadi.
Plauntoifa - Lycopodiophyta 0‘simliklar bo‘limi vakillari yuksak 0‘simliklar orasidagi qadimgi o‘simliklardan bo‘lib, paleozoy erasining oxirlarida. toshko‘mir davrida yaxshi taraqqiy etgan. Hozirgi paytda ulaming mingdan ziyod turlari uchraydi. Qazilma turlari orasida yirik daraxtlar ham bo’lgan. Ular o‘rmonlar hosil
qilgan. Mezozoy erasiga kelib, daraxtsimon plaunlar yo‘qolib ketgan, faqat o‘t shakllari saqlanib qolgan. Plaunsimonlaming hayotiy rivojlanish davri yo‘sinlardan farq qilib, nasllar gallanishida jinssiz nasi (sporofit) ustunlik qiladi. Tanasi poya, barg, ildizga ajralgan. Poyasi dixotomik ravishda shoxlangan. Plaunlar barglaming maydamayda bo’lishi, ya’ni mikrofiliya bilan ta’riflanadi. Poyasi yaxshi
rivojlangan bo’lib, zich joylashgan bargiar bilan qoplangan. Spora hosil qiluvchi barg sporafildir. Plaunlaming ayrimlarida yer osti organi tipik ildizpoya shaklida boMib, unda metamorfozlashgan bargiar va qo‘shimcha ildizlar mavjud. Ko‘pchilik turlarining barglari ketma-ket, ayrimlarida esa qarama-qarshi yoki halqasimon joylashgan. Plaunlaming ildizlari va poyalari uchki meristema yordamida o‘sadi. Sporafillari asosan spora boshoqlarida o‘rnashgan. BoMim vakillari vegetativ, jinssiz va jinsiy yoMlar bilan ko‘payadi. Yotib o‘suvchi vakillari yopishgan qismidan ildiz otib, ayrimlari esa ildizpoyalari yordamida vegetativ ko‘payadi. Ular
orasida teng va har xil sporali vakillari ham bor. Bu sporalardan o‘sgan gametafitlar bir-biridan kattaligi va shakli jihatidan keskin farq qiladi. Teng sporalardan o'sgan gametofitlar ikki jinsli bo‘lib, yer osti yold yarim yer ostida o'sadi, yil mobaynida yetiladi. Ikki jinsli gametofitlarda arxegoniy va anteridiylar bitta
gametofitda hosil bo’ladi. Har xil sporalarda esa makrosporadan hosil bo‘lgan gametofitda anteridiy hosil bo’ladi. Ayrim vakillarida anteridiyda ikkita xivchinli yoki ko‘p xivchinli spermatazoidlar yetiladi. Arxegoniyda tuxum hujayra taraqqiy etadi. Urug’lanish namlik yordamida amalga oshadi. Bu bo‘lim 2 ta sinfga ega.
Plaunsimonlar - Lycopodiopsida va polushniksimonlar - Isoetopsidalarga bo’linadi.
Plaunsimonlarga bitta qabila plaunnamolar - Lycopodiales kiradi. Polushniksimonlar sinfiga 2 ta qabila: selaginellanamolar - Selaginellales va polushniknamolar - Isoetales kiradi. Polushniksimonlar sinfining vakillari har xil spora hosil qilib
ko'payishi bilan birinchi sinfdan farq qiladi. Hozirgi vaqtda faqat selaginellanamolar va polushniknamolaming vakillari saqlanib qolgan. Plaunlaming gametofiti tuproq ostki qismida zamburug’ gifalari bilan birgalikda hayot kechiradi. Gametofitning to’la rivojlanib, undan embrion hosil bo’ishi uchun 12-15 yil vaqt
sarflanadi.
Plaunsimonlar - Lycopodiopsida sinfi (ajdodi). qabilasiga kiruvchi o’simliklar ko’p yillik o’t o’simliklardir, barglari mayda kipriksimon, sporangiylari sporafillarining asosida joylashgan. Qabilaning bizgacha faqat bitta plaundoshlar (Lycopodiaceae) oilasining vakillari yetib kelgan. Plaundoshlar oilasiga 4 ta turkum kiradi. Plaun Lycopodium turkumiga 200 dan ortiq tur kiradi. Ular tropik zonadan to tundragacha tarqalgan. O‘rta Osiyoda esa togMi hududlarda uchraydi. Poyasi tikka, ayrimlari yotib o4sadi yoki epifit holda uchraydi. Turkumning yer bagMrlab o'suvchi xarakterli vakillaridan biri – cho’qmoqli plaun - Lycopodium clavatum ko’p yillik o’simlik.
10-rasm. To‘g‘nog‘ichsimonpiaun-Lycopodium clavatum: 1-umumiy ko‘rinishi, 2-sporagon, 3-sporasi, 4-tetraedali spora, 5-teng sporalar.
Poyasi yotib o‘sadi, uzunligi 1,5-3 sm, doim yashil dixotomik shoxlangan, ko‘proq o‘rmonlarda o'sadi, yer bag‘irlab yotadigan poyasining pastki tomonidan yerga ingichka ildizlar chiqadi. Poyasining shoxlari mayda oddiy barglar bilan zich qoplangan. Yozning o‘rtalarida spora boshoqlari shoxlarining uchlarida hosil
bo‘ladi. Spora boshoqlarida sporofitlar zich o‘rnashgan. Sporofillardagi sporangiy ko‘ndalang chokidan yoriladi, yetilgan sporalar yerga to'kilgandan so‘ng, suv yordamida tuproqning yoriqlariga to‘kilib, undan gametofit hosil bo‘ladi. Sporalar shaklan bir xil (teng sporali), tetraedrga o‘xshaydi, qalin to‘rsimon parda bilan o‘ralgan. Gametofiti bir uyli, ikki jinsli, unda anteridiy va arxegoniylar hosil bo’ladi. Uning gametofiti yer tagida o‘sadi; u kichkina, diametri 2-3 mm, rangiz va dumaloq bo’lib, murakkab ichki tuzilishga ega. Anteridiylarda hosil bo’lgan ikki xivchinli spermatazoidlar suv yordamida suzib kelib, arxegoniyga tushib, tuxum hujayralami
urug’lantiradi. Natijada zigota hosil bo’ladi. Zigota hujayralarining bo’linishi natijasida murtak taraqqiy etadi. Murtakdan esa yangi yosh plaun o‘sib chiqadi. Plaunlaming ko‘pchilik turlari zaharli o‘simliklardir. Ulami chorva mollari yemaydi. Ulardan tibbiyot va veterinariyada hamda bo‘yoq olishda foydalaniladi (jun va iplami
bo'yashda). Spora tarkibida qurimaydigan 50% gacha yog‘ bor. Plaunlaming sporalari metall ishlab chiqarish sanoatining barcha sohalarida metallami qolipga solishda foydalaniladi, chunki qolipdan silliq chiqadi.
Polushniksimoniar - Isotopsida sinfi (ajdodi). Bu sinf
toshko‘mir davrida tabiatda keng tarqalgan boMib, qalin toshko‘mir qatlamlarini tashkil etgan. Selaginellanamolar - Selaginellales qabilasi. Bu qabila bitta
selaginelladoshlar va bitta selagmella-Selaginella turkumiga mansub 700 ga yaqin turni o‘z ichiga oladi. Turkum turlari, asosan. tropik va subtropik zonalarda tarqalgan. Qabilaga kiruvchi o‘simliklar oldingi qabila vakillaridan sporangiylarda yetilgan sporalarining mayda (mikrospora) va yirikligi (makrospora) bilan farqlanadi. Selagasimon selaginella - Selaginella selaginoides nam o‘tloqlarda va torfli botqoqliklarda uchraydi. Poyasi ko‘pincha dixotomik ravishda shoxlar hosil qiladi. Poya va shoxlarini mayda barglar qoplab turadi. Selaginellalar ham sporangiylarda hosil bo’lgan sporalar yordamida ko‘payadi. Sporagoniylar shoxlaming yuqori tomonida to‘p-to‘p bo’lib joylashib, spora hosil qiluvchi boshoqchalarga aylanadi. Mikrosporangiylarda bir nechta mikrosporalar, makrosporangiylarda esa tikansimon parda bilan o‘ralgan to‘rtta yirik makrospora vujudga keladi. Sporalar sporangiylar devorining yorilishi natijasida tarqaladi. Qulay sharoitga tushgan mayda sporalardan otalik gametofit yuzaga keladi. U reduksiyalangan bo’lib, bitta anteridiydan ikki xivchinli spermatozoidlar hosil bo’ladi. Yirik sporalarda esa onalik gametofitlari vujudga keladi. Gametofit spora pardasining ichida rivojlanib, sekin-asta
uchburchak shaklda tashqariga yorib chiqadi, lekin undan ajralib
ketmaydi. Hosil bo‘lgan gametofitda arxegoniylar yuzaga keladi, ulardagi tuxum hujayra bilan spermatozoidlar qo‘shilishi natijasida otalanish sodir bo‘ladi. Otalangan tuxum hujayradan embrion hosil bo‘lib, u asta-sekin voyaga yetgan selaginella o‘simligiga aylanadi.

11-rasm. Selaginella -Selaginella selaginoid.es: 1 - rizoforali va ildizchali shoxcha; 2 - “qorin ” va "orqa ” bargli novda; 3 - boshoqchali shox; 4 - poyaning kо‘ndalang kesimi (tr - trabekulyar iplar; p - perisikl); 5 - xloroplastli hujayra; 6 - bargning ко ‘ndalang kesimi; 7- tilcha.


Xulosa


Men kurs ishimda adabiyotlar asosida Qarag’aydoshlar oilasini, ularni vakillarining hayot tarzi tashqi tuzilishi, va ularning xususiyatlari haqida qisqacha ma’lumot berdim.


Yo‘sintoifa (moxtoifa) - Bryophyta o‘simliklar. Yo‘sintoifa o‘simliklar bolimiga 25000 ga yaqin tur kiradi. Tur soni jihatidan yuksak o'simliklar orasida gulli o‘simliklardan keyin 2-o'rinda turadi. Yo‘sintoifa o‘simliklar ancha oddiy tuzilganligi, ildizi va o'tkazuvchi sistemasi bo‘lmasligi bilan boshqa yuksak o‘simliklardan farq qiladi. Yo‘sintoifa o‘simliklarning oddiylari, tallomlilar bo‘lib, ularning tanasi yer bag‘irlab yotadigan tallomdan iborat. Ancha murakkab tuzilgan yo‘sintoifalarning tanasida esa poya va barglar, ildizlar ornida rizoidlar bo‘ladi.
Inson o'z ehtiyojlari uchun ko'p turdagi o'simliklarni, jumladan, uzoq yashash joylaridan olib kelinganlarni o'stiradi. Madaniy o'simliklar dalalarda, bog'larda, issiqxonalarda o'sadi, bu erda o'simliklar yil davomida o'sib, meva berishi uchun sharoitlar yaratilgan. Inson ko'plab manzarali o'simliklarni o'stiradi. Tabiatda o'simliklar juda muhim rol o'ynaydi, chunki ular tufayli hayvonlarning hayoti mumkin. Birinchidan, O'simliklar noorganik moddalardan organik moddalar hosil qiladi. Hayvonlar buni qanday qilishni bilishmaydi, ular tayyor organik moddalarni iste'mol qilishlari kerak, ya'ni o'simliklar yoki o'simliklar bilan oziqlanadigan boshqa hayvonlarni iste'mol qilishlari kerak. O'simliklarsiz hayvonlar ochlikdan o'ladi. Birinchidan, o'simliklar glyukoza organik moddasini sintez qiladi, keyin u boshqa organik moddalarga, asosan kraxmalga aylanadi. Glyukoza sintezi uchun o'simliklar asosan ikkita noorganik moddaga - suv va karbonat angidridga muhtoj. O'simliklar suvni asosan tuproqdan, karbonat angidrid esa havodan so'riladi.

Yüklə 2,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə