Yo'sin toifa o'simliklar bo'limi


III.Yashil yo‘sinkabilar - Bryales ajdodcha (sinfcha)si



Yüklə 2,97 Mb.
səhifə5/7
tarix20.06.2023
ölçüsü2,97 Mb.
#118077
1   2   3   4   5   6   7
Yo\'sin toifa o\'simliklar bo\'limi

III.Yashil yo‘sinkabilar - Bryales ajdodcha (sinfcha)si


Yashil yo‘sinkabilar - Bryales ajdodcha (sinfcha)si. Bu sinfcha 13 ta qabila, 85 oila, 700 dan ortiq turkum va 14 mingga yaqin turni o‘z ichiga oladi. Ular ko‘p yoki bir yillik o‘t o‘simliklar bo‘lib, kattaligi 1mm dan to 50 sm gacha va hatto undan ham balandroq bo’lishi mumkin. Ko‘pchiligi yashil rangli. Sinfcha vakillari yakka holda yoki to’p bo‘lib, chim hosil qilib o‘sadi. Ular turli substratlarda - tuproqda, daraxtlarning tanalarida, shoxlarning po'stloqlari orasida, nordon muhitli tog‘ jinslarida o‘sadi. Poyasi monopodial yoki simpodial shoxlangan.


Bu sinfcha 13 ta qabila, 85 oila, 700 dan ortiq turkum va 14 mingga yaqin turni o‘z ichiga oladi. Ular ko‘p yoki bir yillik o‘t o‘simliklar bo‘lib, kattaligi 1mm dan to 50 sm gacha va hatto undan ham balandroq bo‘lishi mumkin. Ko‘pchiligi yashil rangli. Sinfcha vakillari yakka holda yoki to‘p boMib, chim hosil qilib o'sadi. Ular
turli substratlarda - tuproqda, daraxtlaming tanalarida, shoxlaming po‘stloqlari orasida, nordon muhitli tog‘ jinslarida o‘sadi. Poyasi monopodial yoki simpodial shoxlangan. Ulaming to'qimalari birmuncha shakllangan bo‘lsa-da, floema, ksilema elementlari taraqqiy yetmagan. Sinfcha vakillari yer yuzida keng tarqalgan bo‘lib,
Arktikagacha bo’lgan joylarda o‘sadi.O‘rta Osiyo sharoitida sernam joylarda funariya turkumi turlari uchraydi. Cho’l hududidagi qumlarda erta bahorda tortula turkumi turlari va tog’li tumanlarda kakku zig’ri turkumining ayrim turlari o'sadi.
Kakkuzig’irdoshlar - Polytrichaceae oilasiga mansub kakku zig‘iri turkumi 100 ga yaqin tumi birlashtiradi. Oddiy kakku zigMri - Polytrichum commune balandligi 30-40 sm, 2 uyli, ko'p yillik, o‘t o‘simlik. U zax tuproqda, qalin chim hosil qilib o'sadi. Jinsiy ko‘payish - otalanish hodisasi erta bahorda suvli muhitda sodir boMadi
(yomg’ir yoqqanda, shudring tushganda). Jinsiy organlari otalik va onalik gametofitlarida alohida-alohida yetishadi. Poyasi tikka o‘suvchi, shoxlanmagan, oddiy qatlami barglar bilan zich qoplangan. Poyasining o‘rta va uchki qismidagi barglari yashil, pastki qismidagilari esa kichik va qo‘ng’ir rangli. Poyasining
asosida ko‘p hujayrali, qo‘ng’ir tusli rizoidlar taraqqiy etgan. Anteridiy va arxegoniylar poyaning uchida to‘p-to‘p bo’lib joylashgan. Anteridiy uzunchoq shaklda bo’lib, qisqa bandda o‘rnashgan. Anteridiydagi har bir spermagon hujayralardan bittadan ikki xivchinli spermatazoid hosil boMadi. Spermatazoidlar namlik yordamida harakat qilib, arxegoniydagi tuxum hujayra bilan
qo‘shilgandan keyin zigota hosil bo’ladi. Zigotadan sporagon taraqqiy etadi. Dastlab, sporagon arxegoniyning qorincha qismida shakllanadi, keyinchalik uning bandi uzayib, ko‘sakchasi arxegoniyning qorinchasini yorib tashqariga chiqadi. Yetilgan
sporagon 2 qismdan - band va ko‘sakchadan iborat. Ko‘sakchaning ustki qismida qalpoqchasi bor, ko‘sakchaning tashqi devori yashil bo’lib, xlorofill donachalariga ega. Yetilgan sporadan qulay sharoitda protonema, protonema kurtakchalaridan esa kakku zig’iri o‘sadi.

8-rasm.Oddiy kakku zig‘iri - Polytrichum commune: 1-antridiyli о'simlik;
2-arxigoniyli о‘simlik; 3—sporagonning ko‘ndalang kesimi; 4-poyaning ko’‘ndalang kesimi; 5-bargining mikroskopik ko‘rinishi; 6-arxigoniylar to‘plami; 7-anteridiylar to‘plami;
8-ipsimon protonema.

9-rasm.
Antoserotsimonlar-Anthocerotopsida sinfiga 300 ga yaqin tur kiradi. Yer sharining asosan tropik va mo‘tadil iqlimli joylarda tarqalgan. Ko‘pchilik adabiyotlarda bu sinfga bitta Antoserotdoshlar - Antocerotoceae oilasi kiritiladi. Bu oilaning Antoseros turkumi tabiatda ancha keng tarqalgan bo‘lib, 200ga yaqin turga ega. Antoserotsimonlarning tanasi yassi va tasmasimon, bo‘yi 2-3 sm, diametri 1-3 sm, tanasi bir necha qavat yupqa hujayralardan tashkil topgan. Tallomning ostki tomonida rizoidlari joylashgan. Antoserotlaming ko‘payishi vegetativ, jinsiy va jinssiz yo‘llar bilan boradi.
Antoserotsimonlai-Anthocerotopsida sinfiga 300 ga yaqin tur kiradi. Yer sharining asosan tropik va mo’tadil iqlimli joylarda tarqalgan. Ko‘pchilik adabiyotlarda bu sinfga bitta Antoserotdoshiar - Antocerotoceae oilasi kiritiladi. Bu oilaning Antoseros turkumi tabiatda ancha keng tarqalgan bo‘lib, 200ga yaqin turga ega. Antoserotsimonlaming tanasi yassi va tasmasimon, bo‘yi 2-3 sm, diametri 1-3 sm, tanasi bir necha qavat yupqa hujayralardan tashkil topgan. Tallomning ostki tomonida rizoidlari joylashgan. Antoserotlaming ko‘payishi vegetativ, jinsiy va jinssiz yo‘llar bilan boradi. Vegetativ ko‘payuvchi ko‘p yillik vakillari tallomining ostki tomonida tugunchalar hosil bo‘lib, ular yordamida ko‘payadi. Ularda jinsiy ko‘payish organlari (anteridiy, arxegoniy) endogen joylashgan. Anteridiylar bittadan yoki guruh bo‘lib joylashadi. Yetilgan anteridiyning ustki qismi yorilib ochiladi, natijada spermatazoidlar tashqariga chiqib tarqaladi. Arxegoniylar gametofitning yon tomonlarida joylashadi. Uning tuxum hujayrasi urugMangandan keyin dastlab zigota hosil bo‘ladi. Undan sporagon hosil bo‘ladi. Sporagonda esa sporalar taraqqiy etadi. Sporafit ularda yaxshi taraqqiy etgan. Sporafit uzunchoq ko‘sakchadan iborat, sporalar yetilgandan keyin ko‘sakcha ichidan tashqariga sochiladi. Sporalardan ipsimon protonema, undan esa yangi yosh gametofit taraqqiy etadi. Yo‘sinsimonlar turlarining keng tarqalganligi, ulaming tabiiy o‘simliklar qoplamida muhim rol o‘ynashidan dalolat beradi. Sovuq iqlim sharoitida qarag‘ay va qora qarag‘ay o‘rmonlarining semam joylarida, tundrada ko‘pincha keng gilamzorlar hosil qiladi. o‘rmon senozlarida ular suvni tutib turishda muhim ahamiyatga ega.



Yüklə 2,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə