Yo'sin toifa o'simliklar bo'limi


Kurs ishining ob’ekti va predmeti



Yüklə 2,97 Mb.
səhifə2/7
tarix20.06.2023
ölçüsü2,97 Mb.
#118077
1   2   3   4   5   6   7
Yo\'sin toifa o\'simliklar bo\'limi

Kurs ishining ob’ekti va predmeti: Yo’sintoifa o’simliklar bo’limi turlari kurs ishining ob`ekti hisoblanadi. Yo’sintoifa o’simliklar bo’limi tur tarkibi, o`ziga xos tuzilish belgilari, tarqalishi, keng tarqalgan vakillarining xususiyatlari va ahamiyati to`g`risida mutaxassis olimlarimiz tomonidan chop etilgan ilmiy va o`quv-uslubiy adabiyotlar ushbu kurs ishining predmeti hisoblanadi.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi: Kurs ishi kirish, 2 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. Ishning hajmi 35 sahifani tashkil etadi.

I-Bob.Adabiyotlar tahlili


Qirqbo‘g‘imtoifa o‘simliklaming xarakterli belgisi shuki, poyasining bo‘g‘im va bo‘g‘im oraliqlariga bo‘linganligi hamda bargaining halqasimon joylashganligi bilan ajralib turadi. Qirqbo‘g‘imlaming ko‘pchilik turlari bizgacha yetib kelmagan. Bo‘limning asosiy sinflari:



  1. Gieniyasimonlar - Hyeniopsida.

  2. Ponabargsimonlar - Sphenophyllopsida.

  3. Kalamitsimonlar —Calamitopsida.

Qirqbo‘g‘imsimonIar - Eguisetopsida

O`simliklar haqida qo`shimcha ma‘lumotlar Mahmud Qoshg`aroiyning (XI asr) «Devonu Lug`atiy turk» asarida ham keltirilgan. Sharqiy Turkistonning ensiklopedik va geograf olimi 200 ga yaqin o`simliklarni geografik, ekologik tarqalishi va morfologiyasiga oid ma‘lumotlarni bergan. Mashhur arab geografi Ibn Boyto`t (Muhammad Ibn Abdulloh) o`zining Afrika, Osiyo va Janubiy Yevropaga qilgan sayohatida 14-asrning birinchi yarimida Xorazm, Buxoro va Samarqandga ham kelgan. Uning asarlarida geografik ma‘lumotlar bilan birga O`zbekistonning o`simliklar dunyosi xaqida ham o`ta muhim ma‘lumotlar berilgan.[2-55,b]


O`zbekiston o`simlik dunyosini o`rgangan franso`z Kopyu va Bonvanlarning ishlari diqqatga sazovordir. Kopyu 1880 yilda Samarqand atroflarini va Samarqand tog`lari, Qarshi-Sherobod, va Zarafshonning yuqori qisimlari o`simlik dunyosini tadqiq qildi. A.F.Middendorf 1878yildan boshlab Farg`ona vodiysining barcha xududlarini ilmiy jihatdan o`rgangan. 1920 yilda Turkiston Davlat Universiteti (keyinchalik O`rta Osiyo davlat Universiteti SAGU) deb nomlangan) tashkil etiganligi munosabati bilan O`zbekistonga M.G.Papov, E.P.Korovin, M.V.Kultiasov, R.I.Abolin, A.I.Vvedenskiy, P.A.Baranov, V.P.Drobov, I.A.Raykova, M.M.Sovetkina kabi mashhur botaniklar O`rta Osiyoga, xususan O`zbekistonga kelib, uning flora va o`simlik qoplamini o`rganishda o`zlarining muhim hissalarini qo`shganlar. Universitet tasaruffida «Tuproqshunoslik va geobotanika» (1923-1932y) instituti tashkil etildi va unga N.A.Dimo rahbarlik qildi. Instito`t 10 yil davomida mustaqil ilmiy tadqiqot muassasasi sifatida faoliyat ko`rsatdi. Bu davrda botaniklarning eng ilg`or vakili M.G Popov hisoblanar edi. Institutning geobotanika bo`limiga esa R.I.Abolin rahbarlik qildi. M.G.Popov O`rta Osiyo floarsi va o`simlik dunyosining migratsion nazariyasini yaratdi. Uning fikricha Tetisning o`rnida hosil bo`lgan –Qurg`oq yerda Janubiy Afrikaning «Velvagiya florasi va shimolning migrant florasi-«Ginkgo florasi» ning elamentlar to`qnash kelgan. Natijada chatishish jarayoni ketib, O`rta Osiyo florasi kelib chiqqan.
1828 yilda SAGU tasarrufida «Yuksak o`simliklar» va «O`simliklar geografiyasi» kafedrasi ochilib, unda shu bugunga qadar 400 dan ortiq mutaxassilar yetishib chiqadi. Ulardan ko`pchiligi Fan sohasida xizmat qiladilar ham ularni ko`pchiligi faoliyat ko`rsatmoqda.
O`zbekiston florasi va o`simliklar dunyosini o`rganishga V.G.Kultiasov I.I.Granitov, A.YA.Bo`tkov, S.X.Chevrinidi, R.S.Vernik, I.F.Momotov, R.D.Melnikov, O.N.Bondarenko kabi rus olimlari qatorida M.M.Orifxonova, Q.Z.Zokirov, T.A.Odilov, A.U.Usmonov, P.K.Zokirov, O`.P.Pratov, A.M.Maxmedov, T.X.Xudoyberdiyev, M.M.Nabiyev, I.Sottiboev, S.Holiqov kabi olimlar o`z xissalarini qo`shganlar. 1920 yilda O`rta Osiyo universiteti tashkil etilishi munosabati bilan Farg`ona vodiysidagi botanik tadqiqotlar ham ancha kuchayadi. Universitetga taniqli botaniklar P.A. Baranov, E.P. Korovin, V.P. Drobov, I.A. Raykova, A.I. Vvedenskiy, M.M. Sovetkinalar tashrif buyurishadi. Ular bilan birga 1932-1933 yillar tashrif buyurishgan Leningradlik botaniklar P.N. Ovchinnikov, F.A. Zapryagaev, V.I. Zapryagaeva, Yu.S. Grigorev, A.S. Koroleva, K.S. Afanasev, V.N. Nikitinlar ham Farg`ona vodiysi florasini o`rganish va tahlil qilishda katta ishlar olib borishadi. O`sha davrdagi yirik olimlardan ta‘lim olgan mahalliy botanik olimlarning hizmatlari Farg`ona vodiysining o`simliklarini o`rganishga katta xissa qo`shadi 1967 yil M.M. Arifxonova Farg`ona vodiysi o`simliklari qoplamini o`rganishga bag`ishlangan tadqiqotlariga yakun yasab, «Rastitelnost Ferganskoy dolinы» nomli monografiyasini chop etadi. Bu asarda bu xududda mavjud bo`lgan barcha o`simlik tiplari to`g`risida ba‘tavsil ma‘lumotlar berilgan. Bizning tadqiqotimiz ob‘ekti bo`lgan to`qay o`simliklari borasidagi ilk to`laqonli ma‘lumotlar ham aynan M.M. Arifxanovaning izlanishlarining natijasi hisoblanadi. Farg`onalik professor A.M.Maxmedov birinchi marta O`rta Osiyo yalpizdoshlarini sistematik tahlil qilib bir necha yangi turlarni aniqlagan. T.X. Xudayberdiev tomonidan birinchi marta Farg‘ona vodiysida tarqalgan Yalpizdoshlar (Lamiaceae) oilasi flora va o‘simliklar qoplami tarkibidagi taksonomik birlik sifatida tadqiq qilingan. Ish asosan oila vakillarining o‘simliklar qoplamida tutgan o‘rni, tur tarkibini aniqlashtirishga bag‘ishlangan. Dissertatsiya ishida markaziy o‘rinni turlarning xalq xo‘jaligida tutgan o‘rni va oqilona foydalanishning asoslariga bag‘ishlangan. Muallif ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur hudud florasida 36 turkumga mansub bo‘lgan 184 tur uchrashini qayd etilgan.[6-78b]
Flora davlatimizning yirik tabiiy boyligi undan oqilona foydalinib, muhofaza qilish uchun uning turlarini botanika nomenklaturasi nuqtai-nazaridan puxta o`rganish zarur. Aks holda juda murakkab chalkashliklarga olib kelishi mumkin. Ta‘kidlash joizki, so`ngi 20 yil ichida, ayniqsa chet ellarda sistematikaga oid qator asarlar nashr etildi, ularda tavsiya etilgan fikr va taksonomik birliklar jahon botanik olimlari tomonidan ma‘qullandi, «Xalqaro botanika nomenkaturasining kodeksi»ga sistematik taksonlarga oid qator o`zgarishlar kiritildi. O`zbekistonda esa «Flora Uzbekistana» nomli monagrafiyalar nashr etilgandan so`ng fan uchun yangi ko`plab tur va turkumlar kashf etildi.[2-187b]











Yüklə 2,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə