Xayitov sh. N., Artikova d. M., Musayeva j. K


Tavakkalchilik turlarini hisobga oluvchi (R) koeffitsientining miqdori



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/171
tarix30.12.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#166910
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   171
INNOVATSION MENEJMENT OQUV QOLLANMA

Tavakkalchilik turlarini hisobga oluvchi (R) koeffitsientining miqdori
Tavakkalchilik darajasi
Loyiha maqsadi
R, %
Past
O`rtacha
Yuqori
Juda yuqori
O`zlashtirilgan texnika asosida ishlab chiqarishni
intensifikatsiyalash.
Mavjud mahsulotning sotish hajmini ko`paytirish.
Yangi mahsulotni ishlab chiqarish va bozorga
chiqarish.
Tadqiqot va innovatsiyaga qo`yilma.
3–5
8–10
13–15
18–20
Yuqoridagi jadvaldan ko`rinib turibdiki, eng yuqori tavakkalchilik darajasi
tadqiqot va innovatsion loyihalarga to`g`ri keladi.
Boshqarish qarorlarini qabul qilishda noaniqlik omilini hisobga olish ham
muhim ahamiyatga ega. Noaniqlik – bu loyihani (qarorni) amalga oshirish sharoitlari


405
to`g`risida axborotlarning to`la emasligi yoki noaniqligidir, shu jumladan u bilan
bog`liq xarajatlar va natijalar.
Loyihalarni 
baholashda 
investitsion 
tavakkalchilikning 
quyidagi
noaniqliklariga katta e`tibor berilishi lozim:

joriy iqtisodiy holat, iqtisodiy qonunlarning o`zgarishlari bilan bog`liq
tavakkalchilik;

tashqi iqtisodiy tavakkalchilik (savdo, eksport va importni chegaralash
ehtimolini, chegarani yopish va h.k.);

mamlakat va hududlardagi noqulay ijtimoiy–siyosiy o`zgarishlar bilan
bog`liq tavakkalchilik;

bozor kon`yukturasi, baho, valyuta kurslarining o`zgarib turishi;

tabiat – klimatik sharoitlarining noaniqligi;

ishlab chiqarish - texnologik tavakkalchilik;

ishtirokchilar maqsadi, qiziqish va xatti–harakatning noaniqligi;

korxonaning moliyaviy holati bo`yicha axborotlarning noaniqligi va to`la
emasligi (kreditor qarzdor, inqroz, shartnoma majburiyatlarini buzish).
Qarorlarni iqtisodiy asoslash
Qarorlarni ishlab chiqarish jarayonining so`nggi bosqichi – uni kompleks
texnik–iqtisodiy asoslashdir. Ushbu bosqich eng mas`uliyatlidir, chunki iqtisodiy
asoslash natijalari bo`yicha al`ternativ variantlar orasidan bittasi amalga oshirish
uchun tanlab olinadi.
Mahsulot ishlab chiqaruvchi qarorining iqtisodiy natijalari mahsulot
sotilgandan keyin, iste`molchida esa – mahsulotdan foydalanish jarayonida namoyon
bo`ladi.
Qarorlarni iqtisodiy asoslash tamoyillariga quyidagilar kiradi:
1.
Vaqt omilini hisobga olish;
2.
Mahsulot hayotiy davridagi natija va xarajatlarni hisobga olish;
3.
Hisoblashda tizimli yondashuvni qo`llash;
4.
Texnik va tashkiliy qarorlarning ko`p variantligini ta`minlash;
5.
Hisoblashda kompleks yondashuvni qo`llash;


406
6.
Dastlabki 
axborotlar 
bo`yicha 
variantlarning 
taqqoslanishini
ta`minlash.
Endi har bir tamoyilni alohida ko`rib chiqamiz:
Vaqt omilining mohiyati shundan iboratki, ya`ni investorlar o`z mablag`larini
qandaydir tadbirga (loyihaga) sarflab, bir necha yillar o`tgandan keyin katta daromad
olishadi. Ushbu daromaddan dastlabki qo`yilgan investitsiyani ayirib, qo`yilgan
investitsiyadan olingan foydani aniqlaymiz.
Tizimli yondashuv bo`yicha iqtisodiy samarani hisoblashda samara tizimdan
«chiqish» bo`yicha hisoblanadi. Ya`ni, ishlab chiqarishga yangi texnikalarni joriy
qilish, ishlab chiqarishni takomillashtirish, xom–ashyo va materiallar sifatini oshirish,
korxona bilan bir qatorda iste`molchilarga ham katta samara beradi.
Iqtisodiy samarani hisoblashda kompleks yondashuvni qo`llashning mohiyati
shundan iboratki, texnik, innovatsion loyihalarni amalga oshirish natijasida
olinadigan iqtisodiy samara bilan bir qatorda yangi obyektning ekologik, ergonomik
ko`rsatkichlari ijobiy o`zgarishini ham hisobga oladigan, hisoblash metodi murakkab
bo`lgan ijtimoiy va ekologik samarani ham aniqlash kerak. Ushbu ko`rsatkichlarga
quyidagilar kiradi: erga, suvga, tabiatga zararli ta`sirning kamayishi, boshqarishni
avtomatlashtirish darajasi oshishi, shovqin, tebranish darajasining kamayishi va x.k.
Ushbu ko`rsatkichlar insonlarning sog`ligiga, tabiiy muhitga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Tashkiliy va texnik qarorlarning ko`p variantligini ta`minlash menejmentning
asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Xalqaro tajribalar va bevosita raqobatchilarni
tahlil qilmasdan bunday ishga qo`l urish samarasizdir. Bozor munosabatlari va kuchli
raqobat sharoitida investorlar (xususiy davlat) etti marta emas, balki yuz marta
o`lchab bir marta kesishi kerak. Yuqorida bo`limlarda qayd etilgandek, qaror qabul
qilishda kamida uchta variant ko`rilishi va ulardan iqtisodiy samarasi eng katta
bo`lgan variant tanlab olinishi lozim.
Dastlabki axborotlar bo`yicha variantlarni taqqoslash ularni bir xil hajmga,
muddatga, sifat darajasiga, qo`llash sharoitlariga keltirish orqali tanlanadi.
Amaliyotda yuqorida qayd etilgan omillar bir vaqtda namoyon bo`lavermaydi.


407
Yuqorida ko`rib chiqilgan talablarni hisobga olib firma menejment tizimini
takomillashtirishning iqtisodiy samarasini hisoblash bo`yicha 4 ta metodini ko`rib
chiqamiz:
1. Tizimga «kirish» sifatini oshirish bo`yicha tadbir: – tayyorlovchi tomonidan
olinayotgan xom-ashyo, materiallar va butlovchi qismlar sifatini oshirish. Ushbu
tadbirlarni joriy qilish natijasida iqtisodiy samara quyidagicha namoyon bo`ladi.
A) mahsulot tayyorlovchida – ishlab chiqarish jarayonlarning sifati oshadi, bu
esa o`z navbatida ishlab chiqarishdagi turli to`xtab turishlar kamayishi hisobiga
mahsulot tannarxini kamaytiradi; sifatli material va butlovchi elementlardan
foydalanish ishlab chiqarish chiqitini kamaytiradi;
B) mahsulot iste`molchisida – mahsulot tayyorlashning sifatini oshirilishi
hisobiga uning bahosini oshirishga imkon beradi.
Xom-ashyo, materiallar va butlovchi qismlarning sifatini oshirish bo`yicha
ishlab chiqarilgan va joriy qilingan tadbirlarning iqtisodiy samarasi quyidagi formula
bilan aniqlanadi.













Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə