Reja: Moliyaviy hisobotning mazmuni, mohiyati va tarkibi



Yüklə 49,34 Kb.
səhifə1/4
tarix19.12.2023
ölçüsü49,34 Kb.
#150357
  1   2   3   4
Moliyaviy hisobot


Mavzu: Moliyaviy hisobot


Reja:


1. Moliyaviy hisobotning mazmuni, mohiyati va tarkibi
2. Moliyaviy hisobot tuzish va uni tashkil etish
3. Buxgalteriya balansi tuzilishi va uning tarkibi
4. Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobotni tuzish
1. Moliyaviy hisobotning mazmuni, mohiyati va tarkibi

Moliyaviy hisobot – xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mahsulot (ish va xizmat) lar sotish natijalari to’g’risidagi ma’lumotlar majmui bo’lib, u subyektning moliyaviy -xo’jalik faoliyatining holatini ma’lum davr (chorak, yillik) ga qiymat ko’rinishida aks etishidir. Hisobot axborotlari sotilgan mahsulot (ish va xizmat) lar, ishlab chiqarish xarajatlari, xo’jalik mablag’lari va ularning tashkil topish manbalari, ishlarning moliyaviy natijalari, soliqqa tortish hamda dividendlar to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.


Hisobot ma’lumotlari bo’yicha korxona rahbari mulkdorlar, ta’sischilar, boshqaruv va nazorat tizimi, yuqori tashkilotlar oldida hisobot beradilar.
Birinchi navbatda shuni aytish joizki, korxonalar majburiy tartibda quyidagi foydalanuvchilarga chorak va yillik hisobotini topshiradi: ta’sis hujjatlariga binoan mulkdorlarga; davlat soliq inspeksiyasiga; O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan korxona faoliyatining ayrim tomonlarini tekshirish va tegishli hisobotni olish vazifalari yuklatilgan boshqa davlat organlariga. Amaldagi qonunga binoan:1[39][41]

  • barcha korxona va muassasalar uchun 1- yanvardan 31- dekabrgacha bo’lgan davr hisobot yili hisoblanadi;

  • yangi tashkil etilgan korxona va muassasalar uchun birinchi hisobot yili bo’lib, ular yuridik huquqqa ega bo’lgan sanadan shu yilning 31- dekabrigacha bo’lgan davr hisoblanadi. 1- oktabrdan keyin tashkil etilgan korxonalar uchun ularning yuridik huquqqa ega bo’lgan sanadan keyingi yilning 31- dekabrigacha bo’lgan davrni birinchi hisobot yili deb hisoblashga ruxsat beriladi;

  • korxonalar choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda topshiradilar.

Hisobot rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi va korxonaning xo’jalik faoliyati natijalari, mulkiy va moliyaviy holati to’g’risidagi yillik buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo’lib matbulotda e’lon etilishi mumkin. E’lon qilingan hisobotning to’g’riligi mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlanadi.

2. Moliyaviy hisobot tuzish va uni tashkil etish


Moliyaviy hisobotlarni o’z vaqtida tuzishni ta’minlash uchun buxgalteriyaning barcha bo’limlari ishlarini bajarish muddatlarini ko’rsatib yig’ma ish grafigi tuziladi. Buxgalteriya hisobi qo’lda yuritilsa, grafik bilan belgilangan muddatlarda jurnal - orderlarning jami chiqariladi, zarur bo’lsa bir registrdagi summa boshqa registrlarga o’tkaziladi va har bir schyotning oboroti muqobil tekshiriladi. Jurnal - order shaklida hisob yuritilganda oy oxiriga qolgan summalarini o’tkazish va hisob registrlarini yakunlash bo’yicha hisob ishlarining ketma - ketligi quyidagicha:



  • ma’lumotnoma - varaqalaridan debet va kredit oborotlari jurnal - orderlar va qaydnomalarga o’tkaziladi, bunda rasshifrovka - varaqalari va jurnal orderlarda tegishli belgilar qo’yiladi;

  • 5010- schyotining debeti bo’yicha 1- qaydnoma va 5110- schyotining debeti bo’yicha 2- qaydnomalarning yig’indisi 3, 10/1, 13- jurnal orderlariga o’tkaziladi;

  • 7, 12, 14, 15, 16, 17 va boshqa qaydnomalarning analitik hisob yig’indisi hisoblab chiqariladi, shundan keyin jami ma’lumotlari tegishli jurnal - orderlarda aks ettiriladi;

  • jurnal orderlarning kredit oborotlari jami hisoblab chiqiladi.

Agar jurnal - orderlarda schyotlar bo’yicha analitik ma’lumotlar aks ettirilgan bo’lsa, ma’lumotlar jamlab chiqiladi va keyingi oy boshiga qoldiq aniqlanadi, bog’lanuvchi schyotlar bo’yicha aloqasi bor schyotlarning turli registrlari jami taqqoslanadi. Masalan, 1- jurnal - orderdagi 5010- schyotining jami 2- qaydnomadagi 5010- schyoti jami bilan taqqoslanadi. Bunday ko’rsatkichlarni taqqoslab tekshirish barcha jurnal - orderlar bo’yicha bajariladi.
Bundan keyin ma’lumotlar jurnal - orderlardan bosh daftarga o’tkaziladi. Undan keyin har bir sintetik schyot bo’yicha debet oborotlari chiqarilib keyingi oyning 1- kuniga qoldig’i chiqariladi. Bosh daftarga ma’lumotlar faqat jurnal - orderlardan olib yoziladi.



Jurnal - orderlar ma’lumotlari Bosh daftarga o’tkazilgandan so’ng jurnal - orderlarda quyidagicha izoh beriladi: «Oborotlar summasi Bosh daftarda aks ettirildi» va sanasi ham ijrochi va bosh buxgalterning imzolari qo’yiladi.


Bosh daftarda schyotlarning qoldig’i chiqarilgandan so’ng ular analitik ma’lumotlar bilan tekshiriladi, jurnal - order shaklining registrlari ma’lumotlari bo’yicha balans va boshqa hisobot jadvallari tuziladi.

3. Buxgalteriya balansi tuzilishi va uning tarkibi


Moliyaviy hisobot tizimida balans muhim ahamiyatga ega bo’lib, yillik hisobot tarkibida unda katta o’zgarishlar sodir bo’ldi, chunki xalqaro andazalar talablariga yaqinlashdi va bozor munosabatlariga qaratildi. Balansning aktiv va passiv moddalarining mazmuni ichki hamda tashqi foydalanuvchilarga undan foydalanish imkoniyatini berdi. Ichki va tashqi qiziquvchilar uchun korxona faoliyatining moliyaviy natijalari, uning moliyaviy barqarorligi, kreditor qarzlarining hajmi, bank kreditlari bo’yicha qarzlari to’g’risidagi ma’lumotlar zarur.


Korxona ichida balansda keltirilgan axborotlar xo’jalik faoliyatini tahlil qilish, xarajatlar va yo’qotishlarni qisqartirish zaxiralarini qidirib topish, korxona hisobidan to’lanadigan jarimalar sabablarini bartaraf etish uchun keng qo’llaniladi.
Yillik hisobotga tushintirish xati, korxona rahbarining faoliyatning yo’nalishi to’g’risidagi ma’ruzasi, ilova qilinadi. Bu korxonaning asosiy analitik hujjatlaridan biri hisoblanadi. Bunda asosiy ko’rsatkichlar bo’yicha reja bajarilishiga ta’sir etuvchi quyidagi omillar ochib tashlanadi: mahsulot miqdori, assortimenti, sifati, mahsulot sotish hajmi, foyda summasi, tannarxni pasaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, samaradorlik, ilmiy - konstruktorlik ishlarini natijalari va istiqbollari va shu kabilar. Тushintirish xatining mazmuni ishlab chiqarishni tashkil etish va texnologiya xususiyatlari bilan belgilanadi. Bugungi kunda moliyaviy hisobotlarning yangi shakllari tasdiqlangan.2[42][44]
Balansga asosan korxonaning to’lov qobiliyati va boshqa bir qancha sifat ko’rsatkichlarini hisoblab tahlil qilish mumkin.
Balans ma’lumotlariga asosan korxonaning mutlaq to’lov qobiliyati quyidagicha aniqlanadi:
Korxona mutlaq to’lov qobiliyati = Pul mablag’lari / Korxonaning qisqa muddatli majburiyatlari
Bu ko’rsatkich 0,2 yoki 20% dan kam bo’lmasligi kerak. Shu yo’l bilan hisoblab chiqilgan koeffitsiyent korxonaning qisqa muddatli qarz majburiyatlarini qanchasi zudlik bilan qaytarilishini ko’rsatadi.
Balans ma’lumotlari bo’yicha korxonaning sof aylanma mablag’lari yoki kapitalini aniqlab olish uning istiqboldagi rivojlanishini ta’riflaydi.



Yüklə 49,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə