ISSN 2223-4047
Вестник магистратуры. 2022. № 4-2 (127)
__________________________________________________________________________________
8
O.O. Olimov, Sh.Yu. Djabbarov
MULTIMEDIALI TARMOQLAR UCHUN XIZMATLARNI
TA’MINLASH
Ushbu maqolada multimediali aloqa tarmoqlarda uzatilayotgan
ma’lumot turi, axborotlar almashish turi, mijozning ulanishi va mijoz turiga
nisbatan xizmatlarining sinflash usullari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.
Intellektual xizmatlarni taqdim etish, xosting xizmati, telefon xizmati guruhiga
kiruvchi xizmatlar, ma’lumot uzatish xizmatlarini ta’minlash usullari
keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
abonent, manzil, kanallar kommutasiyasi, tranzit, kadr,
trafik, sarlavha.
Hozirda aloqa operatorlarining xizmatlari ko‘pincha bir darajali prinsip bo‘yicha
sinflanadi va bunday
xizmatlarning ro‘yxatlarini IP, VPN (
Virtual Private Network)
, DSL (Digital Subscriber Line), telefon aloqalarini
ko‘rish mumkin. Xizmatlarning aniq bo‘lmagan sinflanishi tijorat siyosatidagi va marketingdagi muommolarga
olib keladi, bu yaratilgan infrastruktura va kapital xarajatlar samaradorligida va muddatlarida namoyon bo‘ladi.
Shuning uchun aloqa operatori xizmatlarini ko‘p o‘lchamli tuzilishini ishlatgan holda, klassifikatorlar tizimlariga
asoslanib, sinflash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ularning asosiylari muhimlik darajasi bo‘yicha quyida keltirilgan:
- uzatilayotgan axborot turi tartibi bo‘yicha xizmatlar sinflanishi (kontenti);
- mijozning xizmatga ulanishini ta’minlash usuli bo‘yicha xizmatlarning sinflanishi;
- mijoz turi bo‘yicha xizmat sinflanishi;
- axborot almashish turi bo‘yicha xizmatlar sinflanishi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan sinflanishlardan tashqari, xizmatlarning har bir turi uchun ularni quyidagi belgilar
bo‘yicha bo‘lib chiqish mumkin:
- tadbiq etish va muhimlik darajasi bo‘yicha – asosiy va qo‘shimcha xizmatlar, bunda ko‘rsatilgan
qo‘shimcha xizmatlar faqatgina asosiy xizmatlar mavjud bo‘lgandagina mavjud bo‘ladi;
- marketing funksiyasi bo‘yicha – foyda olish uchun qaratilgan xizmatlar va mijozlarning e’tiborini o‘ziga
tortishga qaratilgan xizmatlar (bunda mijozlarni e’tiborini qaratish usuli bilan mijozlarni xizmatlardan foydalanishi
hisobiga foyda olinadi).
Uzatilayotgan axborot turiga qarab xizmatlarni sinflash asosiy hisoblanadi.
Biroq sinflashining boshqa
usullari ham kerakli hisoblanadi. Chunki taqdim etilayotgan xizmatlarning xususiyatlarini ajratib beradi. Bunda u
uning qo‘llanilish sohalarini aniq ko‘rsatib beradi.
Uzatilayotgan ma’lumot turiga qarab xizmatlarni sinflash (Kontenent).
Ushbu usul bilan mos ravishda
xizmatlarni sinflanishi quyidagilarga bo‘linadi:
- telefon (va videotelefon) xizmatlari;
- ma’lumot
uzatish xizmatlari;
- keng eshittirishli xizmatlar;
- ajratilgan kanallar xizmatlari (uzatilayotgan ma’lumotlar turiga umuman bog‘liq bo‘lmagan xizmatlar);
- infrastrukturali xizmatlar.
Telefon xizmatlari deganda tovush uzatishni tushinish mumkin. Bunda oxirgi foydalanuvchi sifatida
boshqa huddi shunday mijozlar bilan interaktiv rejimda o‘zaro munosabatda bo‘ladigan
individual mijozlar
bo‘lishi mumkin. Bu xizmatlar o‘z navbatida belgilangan va uyali telefon aloqasi xizmatlariga bo‘linishi mumkin.
Bundan tashqari, hozirda ushbu turdagi xizmat turlaridan bosqichma bosqich video
uzatish hizmat turi ajralib
chiqmoqda. Bunda bu xizmatlarning asosiy turlaridan biri bu videokonferens aloqa hisoblanadi.
Hozirda sodir bo‘layotgan tarmoqlarning konvergensiyasi telefon va boshqa turdagi xizmat turlari orasidagi
chegara unchalik ajratilmaydi. Biroq hozirgi kunda telefon xizmat turlarini boshqa xizmat turlaridan
ajratishimizning asosiy sabablaridan biri, bu abonent tamonidan chaqiriladigan manzillar tahlili asosida kanallarni
kommutasiyasi bilan bog‘liq.
Ma’lumotlar yetkazib berish xizmati o‘z navbatida IP (Internet Pratacol), ATM (
Asynchronous Transfer
Mode)
, Frame Relay (FR), X.25 va boshqa shu kabi xizmatlarga bo‘linadi. Bular abonentni kommutasiya bilan
bog‘lab beradigan paketlar sarlavhasini tahlil qilish asosidagi protokollarga bog‘liqligi bilan farqlanadi.
Hisob
kitoblar uzatiladigan trafikdan kelib chiqqan xolda, bilvosita yoki bevosita xizmat ko‘rsatish darajasi bo‘yicha
© O.O. Olimov, Sh.Yu. Djabbarov, 2022.