Toshkent «yangiyo‘l poligraf servis»



Yüklə 3,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/68
tarix07.03.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#102055
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   68
www.idum.uz oqish 4 uzb 2017

OCHKO‘Z BOY
Bor ekan, yo‘q ekan, och 
ekan, to‘q ekan, bir zamonlar 
chol bilan kampir o‘tgan ekan. 
Chol o‘tinchilik bilan zo‘rg‘a 
ro‘zg‘or tebratar ekan. U kun
-
lardan bir kuni cho‘lga o‘tin 
tergani 
borsa, 
yovshanning 
tagida bir o‘rdak ucholmay 
yotganmish. Chol uni avaylab 
uyiga olib kelibdi va parvarish 
qila boshlabdi. O‘rdak bir oy 
deganda patlari o‘sib, parvoz 
qiladigan bo‘libdi. Chol quvonib
uni devorning ustiga qo‘yibdi. 
O‘rdak uchib ketibdi.
Buni ko‘rgan kampir choldan ranjib: «Qani qilgan 
foydangiz, o‘rdak uchib ketdi-ku! Uni so‘yib yerdik yoki 
sotardik», – debdi. Chol: «Savobi tegar», – debdi.
Kunlarning birida o‘sha o‘rdak uchib kelib, tom usti
-
ga qo‘nibdi. Kampir: 
– Chol, qarang, o‘rdagingiz keldi, – debdi. Chol 
o‘rdakni ko‘rib, belbog‘ini yozib, don sepibdi. Ammo 
o‘rdak tomdan tushmay, tumshug‘idagi bir hovuch 
gavharni tashlabdi-yu, uchib ketibdi. O‘zida yo‘q xur
-
sand bo‘lgan chol gavharlarni do‘kondorga olib borib, 
katta pulga sotibdi.


54
Chol bilan kampir juda boy-badavlat bo‘lib yashay
-
versinlar-u, gapni boshqa yoqdan eshiting.
Cholning bir boy qo‘shnisi bor ekan. Yeyishga noni, 
kiyishga kiyimi bo‘lmagan qashshoq o‘tinchining boy 
bo‘lib ketganini ko‘rgan boy:
– Qanday qilib bunchalik boyidingiz? – deb so‘rabdi.
Sodda chol bo‘lgan voqeani batafsil aytib beribdi 
va: «O‘rdakni davolaganim evaziga u menga gavhar 
tashlab ketdi, boyligim o‘shandan», – debdi.
Hasad o‘tida yongan boy cho‘lga ravona bo‘libdi. 
U axtara-axtara bir o‘rdakni topibdi-yu, oyog‘ini urib 
mayib qilibdi, patini bittalab yulibdi. So‘ng uni uyi
-
ga olib kelib parvarishlabdi. Jonivorning bir qancha 
vaqtdan keyin pati o‘sib, uchib ketibdi. Shu ketga-
nicha bir oy ko‘rinmabdi. Bir kun uchib kelib boy-
ning tomiga qo‘nibdi. Boyning xotini katta ko‘rpani su
-
paga yozib, don sepibdi. O‘rdak tomda turganicha bir 
dona tarvuz urug‘i tashlabdi. G‘azablangan boy qa-
rasa, o‘rdak osmon-u falakda parvoz qilib ketayotgan-
mish. Boyning jahli chiqib, tarvuz urug‘ini yerga ekibdi. 
Urug‘ bir kunda unib chiqib, ikkinchi kuni hosil berib
-
di. Bir haftada qulochga sig‘maydigan tarvuz bo‘libdi. 
U kun sayin emas, soat sayin o‘sibdi. Ajablangan boy-
ning toqati tugab, tarvuzning dumini bolta bilan chopib, 
uyiga dumalatib kelibdi. Ancha gavhar chiqsa kerak, 
qo‘shnimning ko‘zi tushmasin, deb eshikni ham qulf-
labdi. So‘ng er-xotin tarvuzni so‘yishibdi. Uning ichidan 
gavhar emas, bir ajdaho chiqib, boy bilan xotinini yutib 
yuboribdi.


55
Shunday qilib, ochko‘z boyning mol-mulki ham chol
-
kampirga qolibdi.
1. O‘tinchi chol va ochko‘z boyning xislatlarini solishtiring.
2. Ochko‘z boyning qilmishini qanday baholaysiz?
3. «Ochko‘z boy» va «Zumrad va Qimmat» ertaklarining 
o‘xshashligi va farqini aniqlang.

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə