Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘G‘risida



Yüklə 45,01 Kb.
səhifə1/8
tarix28.11.2023
ölçüsü45,01 Kb.
#135989
  1   2   3   4   5   6   7   8
Moliya ma`ruza


BIA-75
Ismailov Fozilbek
1-keys
HAYVONOT DUNYOSINI MUHOFAza QILISH VA UNDAN FOYDALANISH TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING 43-MODDASI
Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 16-mayda qabul qilingan

Mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik vaziyatni yaxshilash, shuningdek bioxilmaxillikni saqlash hamda undan foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yovvoyi hayvonlarning tabiiy zotga oid turlarining, ayniqsa, kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan turlarining barqaror yashash sharoitlarini ta’minlash hamda saqlab qolish uchun asos bo‘lib xizmat qilmoqda.


Shu bilan birga yirtqich va zaharli yovvoyi hayvonlarni yarim erkin sharoitlarda yoki tutqunlikda saqlash, ulardan tijorat maqsadlarida foydalanish, ularni jamoat joylarida sayr qildirishning turli hodisalarga olib kelishi hollari uchrayotganligi aholining hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish maqsadida qonun hujjatlarini takomillashtirishni talab etmoqda.
Shu munosabat bilan yovvoyi hayvonlarni saqlashni tartibga solish maqsadida “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida jismoniy shaxslar tomonidan saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarning ro‘yxatini, shuningdek mazkur ro‘yxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni yuridik shaxslar tomonidan saqlash tartibini belgilash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zimmasiga yuklatilmoqda.
Ushbu Qonun yovvoyi hayvonlarni saqlash hamda ulardan turli maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq hollarda aholining hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishga, shuningdek vakolatli davlat organining ushbu yo‘nalishdagi javobgarligini oshirishga xizmat qiladi.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi 545–I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 19-sentabrda qabul qilingan O‘RQ-408-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 273-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 8, 470-modda; 2020-yil, № 7, 447-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 5, 466-modda, № 6, 570-modda) 43-moddasiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritilsin. Quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sun’iy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarning ro‘yxati, shuningdek mazkur ro‘yxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni yuridik shaxslar tomonidan saqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;

Vaziyat:
Qashqadaryoda 12 bosh echkiemarni so‘yib yegan 61 yoshli erkak jazolandi
Maʼlum qilinishicha, 3 marta infarkt bilan og‘rigan keksa fuqaro tanishlaridan echkiemar (echkiemarlar “Qizil kitob”ga kiritilgan) go‘shti va terisi kasallikka davo ekanini eshitib, yovvoyi echkiemarlarni ovlashga tushgan. Fuqaro jami 32 bosh echkiemarni ovlab, ulardan 12 tasini so‘yib yegan. Qolgan 20 tasini keyinchalik yeyish uchun uyida boqib kelgan.
Sud erkakka 3 yilga ozodlikdan cheklash jazosi belgilab, Ekologiya vazirligi foydasiga 141 mln 900 ming so‘m undirishga hukm chiqargan.


Yüklə 45,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə