Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti pulatova muhabbat egamberdievna


-rasm. Innovatsion jarayon tamoyillari



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə9/12
tarix21.01.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#98922
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Автореферат М.Пулатова

1-rasm. Innovatsion jarayon tamoyillari
O‘qituvchida innovasion qobiliyatni rivojlantirishda ta’lim mazmuni va texnologiyalari, xususan, ushbu jarayonni boshqarishga nisbatan tizimli yangiliklarni, pedagogik innovatsiyalarni joriy etish nazarda tutiladi. Shu nuqtai nazardan pedagogik innovatsiyalar ma’lum bir qonuniyatlarga bo‘ysunadi.
Tadqiqotimiz davomida ta’lim sohasida kuzatiladigan innovasion faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari innovatsion kompetensiyasining tashkil etuvchilari tuzilmasini ishlab chiqdik (2-rasm).
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari innovatsion kompetensiyasini rivojlantirishning individual dasturini yaratishda, avvalo, dastur va dastur kutilmalari tushunchalarining mohiyatiga to‘xtalib o‘tish muhim, deb hisobladik. Tuzilayotgan dastur doimo uni amalga oshiradigan shaxs bilan bog‘liq bo‘lib, aniq maqsadga qaratilgan eng yaqin harakat rejasi yoki o‘quv mazmunining qisqacha bayoni toifasida namoyon bo‘ladi. Shuni ham qayd etish zarurki, ta’lim amaliyotida innovatsiyalarning kiritilishi o‘qituvchining o‘zini o‘zgartira olish, mobillik, faoliyatiga yangiliklarni singdirish qobiliyati va aniq belgilangan strategik rejalari mavjudligiga chambarchas bog‘liq. Sohada sifat o‘zgarishlarini ta’minlash nafaqat o‘qituvchi, balki tizim va uni boshqaruv vertikalida ham innovasiyalarga ochiqlik kafolatlilik darajasini oshiradi.

2-rasm. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining innovatsion kompetensiyasi tuzilmasi
Innovasion muhit konsepsiyasida ta’limda innovasion jarayonlarning mikro va makro darajalari, maktablarda innovasion faoliyatning amaliy, sub’ektiv va tashkiliy boshqaruv jihatlari, innovasiyalarni tatbiq etish darajasi o‘qituvchilarning faoliyatiga ilmiy va uslubiy bog‘liqligi, innovasion jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinishi kerak. Uning nazariy asoslari sohaning negizini tashkil etuvchi qonunlar, omillar va tamoyillar majmui, o‘qituvchini innovasion faoliyatga tayyorlashning maqsadi, mazmuni, texnologiyasi va tashkiliy jihatlarini aks ettiruvchi umumlashtirilgan qoidalar majmui bilan ifodalanadi.
Innovatsion muhit gipotetik-deduktiv usuli orqali aniqlanadigan quyidagi qonuniyatlarga bo‘ysunadi:
- ta’lim muhitini o‘zgartirishning maqsad va vazifalari jamiyatdagi ijtimoiy-madaniy holat, rivojlanish an’analari, innovasion sharoit, o‘qituvchining innovasion kompetensiyasini shakllantirish zarurati;
- ta’lim sohasining makro va mikro darajalari o‘rtasidagi munosabatlar metodologik asos va tamoyillarning birligi;
- innovasion muhitning faoliyat ko‘rsatishi, ob’ektiv ravishda uni tashkil etuvchi tarkibiy qismlar o‘rtasidagi tashqi ta’sirlar, munosabatlar va aloqalarga bog‘liqligi;
- innovasion muhitda o‘qituvchining innovasion kompetensiyasini shakllantirish ta’lim tizimidagi yangiliklarni aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va hamrohlik qilishga qaratilgan faoliyatni muvofiqlashtirilgan harakatlarda amalga oshirilishi.
O‘qituvchilarning innovatsion kompetensiyasini rivojlantirishga nazariy tayyorgarligi pedagogik innovasiyalar asoslari bilish, nostandart fikrlash tarzida namoyon bo‘ladigan ko‘nikmalarini ifodalaydi. Uning asosiy tashkil etuvchilari konstruktiv va gnostik harakatlardir. Faoliyatning ikkala turi o‘qituvchida analitik, prognostik, proeksion, aks ettirish ko‘nikmalarini shakllantirishni talab qiladi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida innovason kompetensiyani rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari”, deb nomlangan ikkinchi bobda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida innovasion kompetensiyani rivojlantirishning tashkiliy-funksional modeli yaratilgan va uning pedagogik shart-sharoitlari o‘rganilgan, shu bilan birga uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida o‘qituvchida innovatsion kompetensiyani shakllantirish strategiyasi ishlab chiqilgan.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari innovatsion kompetensiyasini rivojlantirish modeli xalq ta’lim xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimining integrativlik, uzluksizlik, variativlik, faollashtirish, ilmiy-metodik va tashkiliy-tuzilmaviy qo‘llab-quvvatlash kabi strategik yondashuvlarining o‘zaro ta’siri, bog‘liqligi va to‘ldiruvchiligiga asoslanadi. O‘qituvchilarning innovatsion kompetensiyasini rivojlantirish formal, noformal, informal shakllarda pedagogik yo‘nalishdagi oliy ta’lim tashkilotlari, qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limi muassasalari, uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish tuzilmalari, kasbiy riojlanishni qo‘llab-quvvatlaydigan pedagogik hamjamiyatlar va mustaqil ta’lim orqali amalga oshiriladi. O‘qituvchining innovatsion kompetensiyasi o‘z faoliyatiga innovatsiyalarni kiritishida muammolar, ularni anglash va mustaqil ravishda hal etish qobiliyatining mavjudligida ko‘rinadi. Shu nuqtai nazardan, innovatsion kompetensiyani rivojlantirish modeli ob’ekt bilan sub’ektning, jarayon bilan natijaning, harakatlar bilan izchillikning o‘zaro hamohangligi, tizimni ifodalaydigan qonuniyatlar, o‘zaro bog‘liq komponentlar, metodologik yondashuvlar va tamoyillarning yaxlitligiga tayanadi (3-rasm).
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion kompetensiyasini rivojlantirishdan maqsad uning yangiliklarga ochiqligini ta’minlash, faollashtirish, kasbiy kompetentligi va faoliyatini muntazam takomillashtirib borish, innovatsiyalarni qabul qilish, qayta ishlash va jarayonga ijodiy tatbiq qilish ko‘nikmasini orttirishdir.
O‘qituvchilarning innovatsion faoliyatga tayyorgarlik mazmunini shakllantirishni quyidagi yo‘nalishlarga ajratish o‘rinli bo‘ladi:
- o‘qituvchining o‘qitadigan faniga doir bilimlari;
- umumiy tayyorgarlik (metodologik, pedagogik, psixologik, metodik, didaktik) darajasi;
- shaxsiy rivojlanish.






















































3-rasm. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion kompetensiyasini rivojlantirish modeli


Hozirgi paytda bilimlarning tez eskirayotganligi, yangilarining yaratilish shiddati, taraqqiyotning to‘xtovsiz talablari o‘qituvchini doimiy ravishda faniga oid yangiliklarni o‘zlashtirish, mustaqil o‘qish, izlanuvchan bo‘lishni taqozo qiladi. Uzluksiz kasbiy rivojlanish kurslari davomida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida innovatsion kompetensiyani rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik tadbirlar vositasida modellashtirish jarayonlariga doir xulosalarni keltiramiz. Jarayon to‘rt pog‘onada amalga oshiriladi:
- diagnostik-propedevtik bosqichda dastlab tashxislash va maqsadni belgilash ishlari olib borildi. Unda o‘qituvchilarga ko‘rsatiladigan metodik yordam maqsadi, mazmuni va amalga oshirish shakllari muhokama qilinadi;
- orientirlash-modellashtirish bosqichida ko‘zlangan natijalarga erishishga doir innovatsion metodik tadbirlar muhiti modellashtiriladi. Bu holat tinglovchilarga metodik tadbirlar mazmunini ishlab chiqish hamda o‘zaro hamkorlikda amalga oshirishni rejalashtirish imkonini beradi. Tinglovchilar tomonidan rejalashtirilgan metodik tadbirlardan ko‘zlangan natijaga erishish uchun kerakli resurslar, ya’ni ilg‘or tajribali, yetakchi o‘qituvchilar, uslubchilar, tashkiliy, o‘quv, moddiy-texnik va boshqa zaruriy vositalarni aniqlash hamda jalb qilish uchun sharoit yaratiladi. Metodik tadbirlarni loyihalash, o‘quv jarayonini tashkil qilish, o‘qitish uslublari, shakli, natijalarni baholash va monitoring shakllari tanlanadi. Asosiy e’tibor o‘qituvchilarning mustaqil ravishda o‘z mahoratlarini oshirishi, shuningdek, yillar davomida to‘plangan tajribalariga qaratiladi. Yakunda loyihalangan modelni joriy qilish va metodik faoliyatni tashkil etish yo‘nalishlari ishlab chiqiladi;
- adaptiv-korrektiv bosqichida metodik tadbirlarni tashkil etish innovasion modellarining ijtimoiy-kasbiy ekspertizasi o‘tkaziladi. Modellardagi bo‘shliqlar, kamchiliklar to‘ldiriladi va belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi. Innovatsion metodik tadbirlarni ekspertizadan o‘tkazish usullari va vositalari o‘rganiladi;
- eliminativ-yakuniy bosqichda ekspert guruhlari xulosalari, ishtirokchilar muhokamasi asosida modellarning yutuqlari va muammolari aniqlanadi, tuzatiladi hamda ortiqcha qismlardan voz kechiladi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishda strategik ta’sirni amalga oshirish uchun ular strategik innovatsion pozitsiyani egallashi (ya’ni, o‘zgarishlar, yangiliklarni butunligicha qamrab olishi, bu vaziyatda o‘zini, hamkasblari, ta’lim ishtirokchilarining harakatlari, o‘zaro ta’sirini ko‘rishi) va shu yo‘nalishda harakat qilishi kerak. Strategik ta’sir predmeti strategik innovatsion g‘oyalardan iborat bo‘lib u quyidagi tasavvurlardan tashkil topadi:
vujudga kelgan hozirgi vaziyat to‘g‘risida;
mumkin bo‘lgan va istalganlar asosida shakllangan uzoq kelajak to‘g‘risida;
kelajak shakllanishi to‘g‘risida;
tizimning hech bo‘lmasa bitta oraliq holati to‘g‘risida.
Olimlarning dalillashicha, strategik g‘oyalar mavjud bo‘lsa, unda sub’ekt strategik ta’sirlarni amalga oshirish va kelajakni shakllantirishning strategik boshqaruviga ega bo‘ladi. Ta’sir “harakat”, o‘zgarish o‘choqlarini yaratish orqali amalga oshiriladi. Shunday qilib, strategik yondashuvning maqsadi sub’ektning uzoq kelajakni qurishdagi ishtirokini ta’minlashdan iborat.
Tadqiqot ishimizda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida innovatsion kompetensiyasini shakllantirishning strategik yo‘nalishlari sifatida faollashtirish, qo‘llab-quvvatlash kabi yo‘nalishlarda belgilash maqsadga muvofiq, degan xulosaga keldik. O‘qituvchining innovatsion kompetensiyasini rivojlantirish o‘qituvchilarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish dasturi bilan bog‘liq bo‘lgandagina samarali bo‘ladi.


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə