Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti pulatova muhabbat egamberdievna


-jadval. Tajriba-sinov ishlari uchun tanlangan guruhlardagi tinglovchilar soni va rivojlanish ko‘rsatkichlari



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə11/12
tarix21.01.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#98922
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Автореферат М.Пулатова

1-jadval.
Tajriba-sinov ishlari uchun tanlangan guruhlardagi tinglovchilar soni va rivojlanish ko‘rsatkichlari
Tajriba guruhi

Pedagogika markazlari

Tinglov-chilar
soni

Daraja

Yuqori

O‘rta

Past

Samarqand viloyati PYaMO‘MM

156

54

83

19

Navoiy viloyati PYaMO‘MM

125

39

79

7

Sirdaryo viloyati PYaMO‘MM

125

33

81

11

Jami

406

126

243

37

Umumiy o‘rtacha

135

42

81

12



Nazorat guruhi

Pedagogika markazlari

Tinglov-chilar
soni

Daraja

Yuqori

O‘rta

Past

Samarqand viloyati PYaMO‘MM

154

35

86

33

Navoiy viloyati PYaMO‘MM

120

27

65

28

Sirdaryo viloyati PYaMO‘MM

122

31

71

20

Jami

396

93

222

81

Umumiy o‘rtacha

132

31

74

27

Tajriba-sinov ishlari yakunida nazariy va empirik metodlar asosida erishilgan natijalar aniqlandi. Tadqiqot natijalari samaradorligining matematik-statistik tahlilini amalga oshirishda Styudent-Fisher kriteriyasidan foydalanildi.
Tahlil uchun jadvalda keltirilgan ko‘rsatkichlarning o‘rtacha umumiy qiymati chiqarildi va tegishli hisoblashlar o‘tkazildi (2-jadval).
2-jadval.
Tajriba va nazorat guruhlarining tajriba-sinov ishlari
yakunidagi umumiy o‘rtacha ko‘rsatkichlari

Guruhlar

Tinglovchilar soni

Darajalar

Yuqori

O‘rta

Past

Tajriba guruhi

135

42

81

12

Nazorat guruhi

132

31

74

27

Jadvalda keltirilgan o‘rtacha qiymatlarni ustunchalar ko‘rinishidagi grafikda ifodalasak, quyidagi holat vujudga keladi (5-rasm):

5-rasm. Tajriba va nazorat guruhlarining samaradorlik
natijalari
Bu ko‘rsatkichlarga mos kelgan poligonlar chizilsa, quyidagi ko‘rinishni oladi (6-rasm):

6-rasm. Tajriba va nazorat guruhlarining qiyoslama
ko‘rsatkichlari
Keltirilgan natijalarga asoslanib tajriba-sinov ishlarining sifat ko‘rsatkichi hisoblanganda rivojlanish dinamikasi samaradorligini baholash mezoni bilish darajasini baholash mezonidan (Kusb>Kbdb)) kattaligini ko‘rish mumkin. Bundan ma’lum bo‘ladiki, tajriba guruhi ko‘rsatkichlari nazorat guruhidagilardan yuqori miqdorga ega. Ushbu ko‘rsatkichlar foizlarda hisoblanganda, tajriba guruhidagi samaradorlik nazorat guruhiga nisbatan 6,3%ga oshishiga erishilganligi aniqlandi:

Demak, yuqorida keltirilgan statistik tahlillar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion kompetensiyasini rivojlantirish, innovatsion faoliyat jaryonini tezlashtirish ta’lim tizimi samaradorligi va natijadorligini oshiradi, degan farazning tajriba-sinov natijalariga ko‘ra tasdiqlanganligini e’tirof etish mumkinligiga asos yaratadi.
XULOSA
“Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik asoslari” mavzusida olib borilgan tadqiqot ishi yuzasidan quyidagi xulosalarga kelindi:

  1. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion kompetensiyasi uning o‘z faoliyatini anglashi, tafakkurga egaligi, androgogik yondashuvga asoslangan, pedagogik tizimning takomillashishiga qaratilgan nazariya va amaliyotning integrativ xususiyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan hamda o‘sib boruvchi xususiyatga ega bo‘lganligi sababli kutilgan natijalarga erishish uchun yetarlicha sharoit yaratish zarurligini taqozo qiladi.

  2. Umumta’lim maktablarida innovatsion muhitning yaratilishi o‘qituvchilarni uzluksiz kasbiy rivojlantirishda olib boriladigan ishlarning mavjud shakl va darajalariga zaruriy o‘zgartirishlar kiritishga qaratilgan qulay, moslashuvchan, ko‘p bosqichli, yangiliklarga ochiq, ilmiy-metodik qo‘llab-quvvatlashni muvofiqlashtiruvchi izchil harakatlarni o‘z ichiga oladi.

  3. Umumta’lim maktabining o‘quv jarayoniga innovasiyalarni tatbiq etish o‘qituvchidan nazariy, amaliy va shaxsiy tayyorgarlikni talab qiladi hamda uning shaxsiy-kasbiy fazilatlari bilan bir qatorda innovasion faoliyatning muhimligi intellektual tashabbus darajasida va ijodiy faoliyatning ortib borayotgan dinamikasida namoyon bo‘ladi.

  4. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion kompetensiyasini rivojlantirish modelining o‘zaro bir-birini to‘diruvchi va taqozo qiluvchi motivatsiya va maqsadni aniqlashtirish, mazmunni shakllantirish, jarayon, baholash va refleksiya komponentlaridan iborat bo‘lishi uning funksionalligini ta’minlaydi hamda innovatsion kompetensiyani rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari, kasbiy shakllanishidagi o‘rni hamda vazifasini to‘liq ifodalaydi.

  5. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida innovatsion kompetensiyasini shakllantirishning strategik yo‘nalishlari sifatida faollashtirish, qo‘llab-quvvatlash tarzida belgilanishi ta’lim dasturlarining modulli tuzilishi, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar, faoliyatlilik tamoyiliga yo‘naltirilganlik asosida ongli munosabat, ijodkorlik, amaliyot, tahlil, refleksiyaga asoslanuvchi bir qator o‘ziga xos xususiyatlarni mujassamlashtiradi.

  6. Innovasion ta’lim muhitida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari innovasion kompetensiyasini rivojlantirishning boshqaruv va resurs komponentlaridan iborat pedagogik shart-sharoitlarni ta’minlash jarayonning metodologik, huquqiy-me’yoriy, ilmiy-uslubiy asoslarini mustahkamlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish mazmunini ta’lim natijalariga yo‘naltirishga sharoit yaratadi.

  7. Tajriba-sinov ishlarining boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida innovatsion kompetensiyani rivojlantirish hamda boshqaruv va resurs komponentlaridan iborat pedagogik shart-sharoitlarni belgilash yo‘nalishlarida olib borilishi tadqiqot samaradorligini aniqlashning mezon va ko‘rsatkichlarini shakllantirish, shuningdek, natijalarning dalillanishiga imkon berdi.

Yuqorida keltirilgan xulosalar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik asoslarini takomillashtirishga doir quyidagi tavsiyalarga e’tibor qaratish zarurligini ko‘rsatadi:
ta’limni boshqaruv organlari tomonidan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida innovatsion kompetensiyani rivojlantirish uchun yetarlicha sharoit (umumta’lim maktablaridagi innovatsion muhitni rag‘batlantirish, uzluksiz kasbiy rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish, innovatsion faoliyatning buyurtma, ehtiyoj, motivlarga asoslanishiga yo‘naltirish va b.) yaratilishiga e’tiborni kuchaytirish;
o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik maydonchalarni ko‘paytirish, individual ta’lim traektoriyasini tuzish, mustaqil ta’limini rag‘batlantirish, o‘zaro tajriba almashish muhitini yaratish, ilg‘or yondashuvlarni tezkor singdirish muhitini yaratish;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘z faoliyatiga innovatsiyalarni kiritishga doir muammolarni aniqlash, ularni anglash va mustaqil ravishda hal etish qobiliyatini rivojlantirishga doir ilmiy-metodik tadbirlarni ularning ish joyidan uzilmagan holda olib borishni yo‘lga qo‘yish;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida innovatsion kompetensiyani rivojlantirishni strategik rejalashtirish, strategik g‘oyalarni ishlab chiqish va amaliyotga kiritish mexanizmlarini takomillashtirish.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə