Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti pulatova muhabbat egamberdievna


-rasm. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi innovatsion kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari tavsifi



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə10/12
tarix21.01.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#98922
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Автореферат М.Пулатова

4-rasm. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi innovatsion kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari tavsifi
Uzluksiz innovasion ta’lim muhitida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari innovasion kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini tavsiflashdan iborat (4-rasm).
1. Boshqaruv: sohaning zarur tuzilmaviy komponentlarida o‘qituvchining innovasion kompetensiyasini rivojlantirishning metodologik, huquqiy-me’yoriy, ilmiy-uslubiy ta’minoti; o‘qituvchi tajribasini ommalashtirish: izlanishli-tadqiqot va tatbiqli-tadqiqot; amaliy tadqiqotlar: loyihalarda ishtiroki; fundamental tadqiqotlar: ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanishi shaklida tadqiqot faoliyatida ishtirok etishi bilan xarakterlanadi.
2. Resurs: novatorlik uchun imkoniyat, yangi tushuncha va mazmun, individual kasbiy rivojlanish dasturi, innovasion ta’lim muhiti; innovasion kompetensiyani rivojlantirish uchun o‘qituvchining uzluksiz kasbiy rivojlanish mazmunini olti bosqichda loyihalash: umumiy nazariy tushuncha, amaliy ko‘nikma, o‘quv fani, o‘quv materiali, ta’lim olish jarayoni, shaxsiy sifatlar tuzilmasi .
Dissertatsiyaning uchinchi bobi “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida innovason kompetensiyani rivojlantirish samaradorligi”, deb nomlangan hamda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisida innovasion kompetensiyani rivojlantirish modelini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha tajriba-sinov ishlarining mazmuni, natijalari va tahlili yoritilgan.
Tajriba-sinov ishlarining asosiy bosqichi muammo holatini ishning boshida (aniqlovchi eksperiment), innovatsiya tushunchasi, innovasion faoliyatga tayyorgarlik, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion kompetensiyasini aniqlashga qaratilgan so‘rovnoma va tajriba ta’lim tashkilotlari amaliyotida innovatsion komponentlar, model, boshqaruv va pedagogik shart-sharoitlar gipotezasiga muvofiq ishlab chiqilgan o‘rganishni o‘zida aks ettirgan. Ilmiy-amaliy farazlarimiz amaliyotga yo‘naltirilganidan so‘ng, ya’ni yakuniy bosqichda olingan natijalarning tahlili va umumlashtirishlar asosida – tajriba guruhlarida o‘qituvchilarning innovasion faoliyatga tayyorgarligi, mavjud kompetensiyaning rivojlanganlik darajasi aniqlandi.
Shu yo‘sinda o‘qituvchilarda yangi g‘oyalarni tatbiq etish, yangiliklarga ochiqlik, pedagogik tizimda o‘zini yaqqol tasavvur qilish, ichki imkoniyatlarini ishga solish, maqsad + vazifa + boshqaruv + mazmun + o‘zlashtirish + metodik shakllar + vosita + natija uzviyligini anglash hamda harakatlar algoritmini amalga oshirishda innovatsion faoliyatga munosabatning o‘zgarishi va refleksiv ko‘nikmalarning rivojlanishiga ijobiy ta’sirini kuzatish asosiy omil sifatida belgilandi.
Tadqiqot davomida tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish uchun maydonchalar sifatida Samarqand, Navoiy, Sirdaryo viloyatlari pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari tanlab olindi va bunda tajriba guruhida 406 nafar tinglovchi qatnashdi. Tajriba-sinovni o‘tkazish shakli va metodlari innovatsion faoliyatni ikki yo‘nalishda tadqiq va tahlillash orqali, uzluksiz kasbiy rivojlanish kurslarida amalga oshirildi.
Tadqiqot ishimizda uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida bolang‘ich sinf o‘qituvchisida innovasion kompetensiyani rivojlantirish strategiyasining samaradorligini ko‘rsatish, tajriba ishlari yo‘nalishlarini aniqlash uchun taqdim etilgan qoidalar tadqiqot gipotezasini yuzaga chiqarishi zarur, deb hisobladik. Shunga ko‘ra, tajriba-sinov jarayonida ikkita asosiy yo‘nalishda ish olib bordik:
1. Pedagogda innovasion kompetensiyani rivojlantirish, innovatsion faoliyatga ongli ravishda kirishish, amaliyotga kirib kelayotgan yangiliklarga ochiqlik, ijobiy munosabatni shakllantirish.
2. Boshqaruv va pedagogik shart-sharoitlarni tasdiqlash, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion faoliyatga tayyorgarligi, mashg‘ulotlarida innovatsion metod, noodatiy vaziyat va usullardan foydalanish darajasini oshirish.
Pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkillashtirishda bugungi kundagi malaka oshirish tizimining o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda, bir vaqtning o‘zida parallel guruhlarda kuzatish olib borish imkoniyati bo‘lmaganligi sababli, aniqlovchi va ta’kidlovchi bosqichdagi holat nazorat guruhi, ishlab chiqilgan tavsiyalar asosidagi amaliy-metodik faoliyat davri esa tajriba guruhi sifatida o‘rganildi.
Tadqiqotimiz maqsadidan kelib chiqib, olib borilgan tajriba-sinov kontenti sifatini tahlil qilish uchun quyidagi mezonlar belgilab olindi:

  1. O‘qituvchining yangiliklarni qabul qilish holati, innovatsiyaga psixologik tayyorgarligi.

  2. O‘qituvchining faoliyatni tashkil etish, o‘qitish va o‘zini rivojlantirishga nisbatan xatti-harakat va munosabatdagi o‘zgarishlari.

  3. O‘qituvchining metodik yangiliklarni yarata olish, kreativlik sifatlarini amalga oshirish darajasi.

  4. O‘z-o‘zini rivojlantirish va uzluksiz kasbiy rivojlanishni tashkil eta olishi.

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga innovatsion-kompetensiyaviy yondashuv asosida pedagoglar malakasini oshirish uzluksizligini ta’minlash natijasida tinglovchilarning innovatsion faoliyatga kirishuvchanligi, harakatchanligi va refleksiv ko‘nikmalarining rivojlanish dinamikasi kuzatildi. Tajriba-sinov jarayonida nazorat guruhlarida 396 nafar, tajriba guruhlarida esa 406 nafar tinglovchilar ishtirok etishdi. Erishilgan dinamika tinglovchilarda belgilangan mezonlarning rivojlanish ko‘rsatkichlari asosida o‘rganildi (1-jadval).

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə