I. Bob Kompyuterda proeksion, mashinasozlik chizmachiliklariga oid vazifalarni



Yüklə 299,56 Kb.
səhifə1/10
tarix28.11.2023
ölçüsü299,56 Kb.
#136363
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
10.zakas avg\'on



Kompyuterda proeksion, mashinasozlik chizmachiliklariga oid vazifalarni dizayn asosida loyihalash va konstruksiyalash
Mundarija:
Kirish………………………………………………………………………………3
I.Bob Kompyuterda proeksion, mashinasozlik chizmachiliklariga oid vazifalarni
1.1 Mashinasozlik sanoati…………………………………………………………6 
1.2 Mashina detallarining shakli va elementlari………………………………….10
II.Bob Dizayn asosida loyihalash va konstruksiyalash
2.1 Materiallar va ularning chizmada belgilanishi………………………………15
2.2 Detal eskizini chizish………………………………………………………..24
III.Xulosa………………………………………………………………...……….25
IV.Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………26

Kirish
O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida ko‘plab qurilish ishlari olib borilmoqda. Turli ko‘rinishdagi yangi binolar qatorida ajdodlarimiz barpo etgan tarixiy yodgorliklar ta’mirlanmoqda, batamom buzilib ketganlari qaytadan tiklanmoqda. Ba’zi alloma bobokalonlarimizga bag‘ishlab yangi maqbaralar loyihalanib, qurilmoqda. Qurilayotgan yangi yerosti metrolar, yerusti sport komplekslari, milliy banklar, ko‘priklar, shohona ma’muriy binolar, bozor, akademik litsey, kollej va fuqoro binolari kabilar nafaqat shaharlarimizning ko‘rki, balki dunyo miqyosida Respublikamizning rivojlanayotgan davlatlar qatoriga qo‘shilishiga kafolat beradigan omillardan biri hisoblanadi.
Fan va texnika jadal suratda rivojlanayotgan hozirgi paytda yangi texnalogiyadan foydalanib dars o’tish davr talabidir. Kelajakda yoshlarimiz yuksak madaniyatli, o’tkir bilimli hamda o’z kasbining yetuk mutahassislari bo’lishlarida maorif sohasining hissasi juda katta bo’lib, ta’lim uchun kerakli bo’lgan barcha ishlarni amalga oshirmoqdalar. Shu nuqtai nazardan bu tayyorlangan ko’rgazmalar talabalarga mavzuni yanada tushunarli bo’lishiga yordam berishi bilan birga o’qituvchilarni yangi texnik vositalar yordamida sifatli dars o’tishlariga imkon beradi.
Ayni vaqtda dars samaradorligini oshirish maqsadida zamonaviy texnalogiyadan foydalanib dars o’tish dolzarb masalalardan biridir. Bu texnikaviy ko’rgazmalardan akademik litsey va oily ta’lim muassasalari “Qurilish chizmachiligi” faniga bog’liq bo’lgan darslarda ham foydalanishlari mumkun. Masalan: “Qurilish chizmаlаri turlаri”, “Mаsshtаblаr”, “Kоnstruktiv elеmеntlаr vа mаrkаlаsh”, “Muvоfiqlаshtiruvchi o’qlаr vа chizmаgа o’lchаmlаr qo’yish”, “Qurilish chizmаlаridа chiqаrish elеmеntlаri vа hаvоlаlаr” haqidagi mavzular ketma-ketligiga qarab mos ravishda ko’rgazmalar berilgan. Bu tayyorlangan chizmalar va yozma ravishda keltirilgan tushunchalar to’plami o’qituvchining dars o’tishi davomida vaqtdan unumli foydalanish imkoniyatini berishi bilan birga, o’quvchilarga mavzuni yanada yaxshiroq tushunib etishlarida yordam beradi. Chunki o’qituvchi “Chizmachilik” fanini har bir chizmasini chizib ko’rsatishi va tushuntirishi natijasida ajratilgan vaqtning 70-80 foizini o’tkazib yuboradi. Natijada talabalar chizmani ko’chirib olishlari uchun vaqt yetkaza olmaydilar. Tavsiya qilinayotgan chizmalarni bir necha yo’l bilan o’quvchilarga ko’rsatish mumkin. Tasvirni ekranga uzatishni bir necha texnik vositalar yordamida amalga oshiriladi. O’qituvching imkoniyatini hisobga olgan holda “Videoglaz-televizor”, ”Videoglaz-multimedia-proektor”, kodoskop va boshqa turdagi zamonaviy texnologiyalar orqali amalga oshiriladi. Elektron ko’rgazmalarni kompyuterga joylashtirib, kompyuter xonalarda foydalanishlari ham maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 299,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə