Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti pulatova muhabbat egamberdievna


Tadqiqotning dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasi ilmiy tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə5/12
tarix21.01.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#98922
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Автореферат М.Пулатова

Tadqiqotning dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasi ilmiy tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Dissertatsiya tadqiqoti Samarqand davlat universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining “Ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish va ilmiy salohiyatni oshirishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar dasturi” doirasida bajarilgan.
Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining innovatsion kompetensiyasi tashkil etuvchilari mazmunini tegishli shart-sharoitlar yaratish va o‘ziga xos xususiyatlarini belgilash asosida takomillashtirish;
innovatsion ta’lim muhitining imkoniyatlarini o‘qituvchi kompetensiyasiga ta’sir etuvchi omillar va ustuvor ko‘nikmalariga bog‘liqlikda kengaytirish;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining innovatsion kompetensiyasini rivojlantirish modelini muayyan bosqichlarda amalga oshirilishi asosida takomillashtirish;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini uzluksiz kasbiy rivojlantirishda strategik ta’sirni amalga oshirish yo‘nalishlarida aniqlashtirish.
Tadqiqotning ob’ekti sifatida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion kompetensiyasini rivojlantirish jarayonlari belgilanib, tajriba-sinov ishlariga Samarqand, Navoiy va Sirdaryo viloyatlari pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlarining 406 nafar tinglovchilari jalb etiladi.
Tadqiqotning predmeti boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion kompetensiyasini rivojlantirish mazmuni, shakl, metod va vositalaridan iborat.
Tadqiqotning usullari. Tadqiqot jarayonida mavzuga oid ilmiy manbalar, o‘quv-me’yoriy hujjatlar, o‘quv-uslubiy adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish, pedagogik kuzatuv, tashxis, suhbat, anketa, tajriba-sinov, monitoring, modellashtirish, matematik-statistik qayta ishlash usullaridan foydalanilgan.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə