Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti pulatova muhabbat egamberdievna


Tadqiqot natijalarining ishonchliligi



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə7/12
tarix21.01.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#98922
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Автореферат М.Пулатова

Tadqiqot natijalarining ishonchliligi qo‘llanilgan yondashuv, usullar ilmiy-metodik asoslanilganligi, nazariy ma’lumotlarning rasmiy manbalardan olinganligi, natijalarning vakolatli organlar tomonidan tasdiqlanganligi, respublika va xalqaro miqyosdagi konferensiya materiallari to‘plami, ilmiy jurnallarda chop etilganligi, tajriba-sinov ishlarining samaradorligi matematik-statistik metodlar vositasida aniqlanganligi, taklif va tavsiyalarning amaliyotga joriy etilganligi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati “innovatsiya”, “innovatsion faoliyat”, “kasbiy kompetensiya”, “innovatsion kompetensiya” tushunchalarining mohiyati kengaytirilganligi, nazariy yondashuvlar ishlab chiqilganligi, umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion kompetensiyasi tashkil etuvchilari belgilanganligi, uzluksiz kasbiy rivojlantirishning yondashuvlar, tamoyillar, mexanizmlar, strategiyalar, usullardan iborat vositalari mazmuni, strategik maqsad va yo‘nalishlari, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy shakllanish bosqichlari aniqlanganligi bilan belgilanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion kompetensiyasini rivojlantirish, individual ta’lim traektoriyasini loyihalash va amalga oshirish, metodik tadbirlarni tashkil qilishga doir amaliy-metodik tavsiyalar, innovatsion kompetensiya darajasini ko‘rsatuvchi mezonlar va ko‘rsatkichlar ishlab chiqilganligi, keltirilgan texnologiyalar, modellar, bosqichlarning o‘qituvchilarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari innovatsion kompetensiyasining motivlashtirish, qadriyatlarga yo‘naltirish, faollashtirish, refleksiya kabi tashkil etuvchilari mazmuni tegishli shart-sharoitlar yaratish, sub’ekt omilini ustuvorlashtirish, yangiliklarga ochiqlik, gipotetik-deduktiv, o‘sib boruvchanlik xususiyatlarini belgilash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 60110500–Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishining malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining 15.12.2022 yildagi 10-5741-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisida o‘z faoliyatini anglash, innovatsion kompetensiyasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash asosida kasbiy mahoratini uzluksiz oshirib borish imkoniyati yaratilgan;
innovatsion ta’lim muhiti imkoniyatlari o‘qituvchi kompetensiyasiga ta’sir etuvchi omillar, nazariy, amaliy va shaxsiy tayyorgarlik, nostandart fikrlash, konstruktiv, gnostik, prognostik, kommunikativ, proeksion, tashkiliy, tahliliy, moslashuvchanlik, maqsad qo‘yish va amalga oshirishda sobitlik ko‘nikmalariga bog‘liqlikda kengaytirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 14 dekabrdagi 316-sonli buyrug‘ining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining 15.12.2022 yildagi 10-5741-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, innovatsion ta’lim muhiti imkoniyatlarini kengaytirish asosida o‘qituvchilarning innovatsion kompetensiyasini rivojlantirishga ilmiy-metodik yordam ko‘rsatish imkonini bergan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion kompetensiyasini rivojlantirish modeli integrativlik, uzluksizlik, variativlik, ilmiy-metodik yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan diagnostik-propedevtik, orientirlash-modellashtirish, adaptiv-korrektiv, eliminativ-yakuniy bosqichlarda amalga oshirilishi asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 20 yanvardagi 18-sonli buyrug‘i 3-ilovasi bilan tasdiqlangan “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish” kursining o‘quv reja va dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining 15.12.2022 yildagi 10-5741-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida innovatsion kompetensiyani rivojlantirishning tashkiliy-funksional modelini takomillashtirish imkoniyati yaratilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishda strategik ta’sirni amalga oshirish uchun strategik innovatsion pozitsiyani egallashi (o‘zgarishlar, yangiliklarni to‘laligicha qamrab olish, bu vaziyatda o‘zi, hamkasblari, ta’lim ishtirokchilari harakatlari, o‘zaro ta’sirini tushunish) faollashtirish va qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutining “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish - 2022” loyihasini bajarishda foydalanilgan (Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining 15.12.2022 yildagi 10-5741-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining innovatsion pozitsiyasini anglashi va tegishli harakatlarni amalga oshirishida ilmiy-metodik yordam ko‘rsatish imkonini bergan.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə