Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti pulatova muhabbat egamberdievna


Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə4/12
tarix21.01.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#98922
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Автореферат М.Пулатова

Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Dissertatsiya tadqiqoti respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining I.“Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishda innovatsion g‘oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish” ustuvor yo‘nalishiga muvofiq bajarilgan.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Umumta’lim maktablari o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish, kasbiy kompetentligini takomillashtirish, jarayonga innovatsion yondashuvlar va texnologiyalarni joriy qilishga doir tadqiqotlar mamlakatimizda R.Djuraev, A.Ibragimov, X.Ibraimov, N.Muslimov, R.Safarova, O‘.Tolipov, G.Fayzullaeva, N.Shodiev, B.Xodjaev, Sh.O‘roqov kabi olimlar tomonidan amalga oshirilgan.
O‘qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorgarligi, uzluksizlik, kasbiy kompetensiya, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim asosida o‘qituvchilarni tayyorlash, kasbiy mahoratini oshirish, tashabbuskorlikni rivojlantirish muammolari MDHning A.Adolf, A.Verbiskiy, N.Ilina, A.Markova, V.Nikitin, A.Novikov, I.Remorenko, S.Fomenko, A.Xutorskoy, N.Yusufbekova va boshqalarning izlanishlarida pedagogik-psixologik jihatdan tadqiq qilingan.
Xorijiy mamlakatlar olimlaridan M.Barber, S-T.Holm, M.Herskovits, D.Kash, M.Knowles, R.Merton, M.Mourshed, S.Rogers, R.W.Rycroft va boshqalarning ishlarida kompetensiya, innovatsiya, o‘zaro ta’sirni samarali boshqarish, pedagogik faoliyatda qo‘llab-quvvatlash, shart-sharoitlar, faollashtirish, motivatsiyaning ilmiy-amaliy xususiyatlari aniqlangan.
Pedagoglarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish, kasbiy va innovatsion kompetentlikni takomillashtirishga doir ko‘pgina nazariy manbalarning mavjudligiga qaramay, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining innovatsion kompetensiyasini rivojlantirish, anglangan faoliyatni amalga oshirish, strategik yo‘nalishlarini belgilash, ta’lim muassasasalarida innovatsion muhitni shakllantirishga doir muammolarning saqlanib qolayotganligi mazkur sohada ilmiy izlanishlar olib borish zarurligini ko‘rsatadi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə