Reja: Ijtimoiy pedagogika fanining rivojlanishi-davr talabi



Yüklə 58,71 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü58,71 Kb.
#135728
Ijtimoiy pedagogika fani rivojlanishining madaniy tarixiy asoslari (to\'g\'rilash kerak)


Mavzu: Ijtimoiy pedagogika fani rivojlanishining madaniy - tarixiy asoslari.
Reja:

  1. Ijtimoiy pedagogika fanining rivojlanishi-davr talabi.

  2. Ijtimoiy pedagogika fanining maqsadi va vazifalari, metodlari funktsiyalari.

  3. Ijtimoiy pedagogika ijtimoiy falsafaning tarkibiy qismi sifatida.

Komil inson — yetuk shaxsning shakllanishida kadrlar tayyorlashning milliy dasturi xal qiluvchi axamiyatga ega. Milliy model va dastur maqsad va vazifalarini amalga oshirish O‘z Vataniga fidokor, istiqlol va demokratiya g’oyalariga sadoqatli shaxsni shakllantirishga xizmat qiladi. Ijtimoiy — siyosiy xayotga ongli ravishda qatnashadigan, ijtimoiy jarayonlarga faol ta’sir ko’rsatadigan, ya’ni O‘z mamlakatining taqdiri uchuy mas’ul bo’lgan shaxsni tarbiyalash — Kadrlar tayyorlash milliy dasturlash bosh maqsadlaridan biridir. Mamlakatimiz kelajagi uchuy Oliy majlisning IX sessiyasida qabul qilinishi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning amalga oshirilishi juda muhim ahamiyatga ega. Bu dasturni bajarish uchun bir qator vazifalarni bajarish kerak. Bular: Ta’lim tizimida mazkur tajriba qanday o’tayotganini va uning dastlabki natijalarini chuqur taxlil etib, ta’lim andozalari, o’quv rejalari va dasturlari mazmuniga isloxatlarning bosh maqsadidan kelib chiqqan xolda, yangi avlodni kamol toptirishga qaratilgan tuzatishlar kiritishdir.
• Ana shu vazifalarni bajarish ijtimoiy munosabatlarni uyg’unlashuviga xizmat qiladi, hozirgi davrning tobora oshib borayotgan talablariga javob berishga qodir bo’lgan mutlaqo yangicha tipdagi shaxsning shakllanishini ta’minlaydi
• Milliy g’oyani amalga oshirish jarayonida uzluksiz ta’lim tizimlarini, ko’proq xalq, pedagogikasida, o’yinlarida va shu kabilarda o’z aksini topgan progressiv milliy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va normalarni qayta tiklash, rivojlantirish xamda hozirgi hayotga, o’quv-tarbiya ishlariga joriy etish bilan chambarchas bog’liqdir.
• Xar bir insonning shaxsi ta’lim, ijtimoiy muhit ta’sirida shakllanadi. Natijada u ijtimoiy jihatdan axamiyatli bo’lgan vazifalarni bajaradi, ijtimoiy rolni uzlashtirib oladi, o’zining qiziqishi, qobiliyatini ijodiy mulohaza qilib ko’radi, jamiyatning boshqa a’zolari bilan mustaqil munosabatga kirishadi va shu tarifa shaxsning ijtimoiylashuvi yuz beradi.
• Milliy istiqlol g’oyasi va ijtimoiy pedagogika nafaqat o’quv yurtlaridagi, balki butun jamiyatdagi mafkuraviy voqeliklarni sharxlovchi, o’zgartiruvchi va jamiyat a’zolari ongini tarbiyalovchi imkoniyatlarga ega. Milliy istiqlol g’oyalarini xalqimiz ongi va qalbiga singdirish zaruriyati ijtimoiy pedagogika fanidan shunday mas’uliyatli vazifani ham xal etishni talab etmoqda. Aynan ijtimoiy pedagogika butun jamiyatni, uning a’zolari ongiga milliy istiqlol g’oyalarini singdirishda, jamiyatning barcha nuqtalarini pedagogik tarbiylashda katta imkoniyatlarga ega. Ya’ni ijtimoiy pedagogika milliy istiqlol qo’lga kiritgan jarayonlarni ijtimoiy pedagogik sharxlab, uni yanada takomillashtirishga, fuqarolik jamiyatini barpo etishga xizmat qilmog’i kerak. Milliy istiqlolning ijtimoiy buyurtmasi — O’zbekistan xalqiga mustahkam mafkuraviy immunitet, fuqarolarning o’zligini anglashi, vatanparvarlikni, millatlararo totuvlikni, diniy bag’rikenglikni, shakllantirishni talab etmoqda. Shuning uchun ham pedagogikada ilgari yetarlicha e’tibor berilmagan yo’nalish — ijtimoiy pedagogikaning ahamiyati kattadir.
Bu yo’nalish ayniqsa, bugungi mustaqil O’zbekistonning ma’naviy-ma’rifiy rivojlanishida, jamiyat a’zolarini milliy istiqlol g’oyalari ruhida, mustahkam irodali, o’zligini, o‘z haq- huquqlarini anglagan, mustaqil fikrga ega, xatto iqtisodiy biznes sohasida ham ma’naviy, faoliyat yuritish, jamiyat a’zolariga ma’naviy-ma’rifiy yordam berish kabi muammolarni hal etishda muhim axamiyat kasb etadi. Bu ishlarni bajarishda, ya’ni yurtimizda insonlar ongiga milliy istqilol g’oyasini singdirish, ma’naviy axloqiy ruxda tarbiyalash va ma’naviy yordam ko’rsatish yuzasidan mustaqil O’zbekistonda ko’plab tashkilotlar ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etmoqda. Bularga misol sifatida Respublika Ma’naviyat Markazi, turli jamg’armalar, partiyalarni keltirishimiz mumkin.
Ma’naviy-ma’rifiy muassasalarning ishini uslubiy jihatdan tug’ri tashkil etish, ularning faoliyatidan unumli foydalanish milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasini fuqarolar ongiga singdirishning muhim omilidir. Bunda tashkilotlarda va joylarda milliy g’oyaga bag’ishlangan davra suxbatlari, kitobxonlar konferensiyalari, uchrashuvlar uyushtirish kabi ommaviy tadbirlar tashkil etish yaxshi samara beradi. Shuningdek, «Kamolot», «Ustoz», «Maxalla», «Ulug’bek» kabi jamg’armalarda yoshlarimizning g’oyaviy tarbiyasiga bo’lgan ijobiy ta’sirini pedagogik vositalar va usullar orqali kuchaytirish lozim. Bu esa diniy aqidaparastlik, fundamentalizm, vaxobiychilik kabi siyosiy-ijtimoiy pedagogik muammolarning oldini olishda qo’l keladi.
Demak, jamiyatda mafkuraviy immunitetni kuchaytirishning zamirida har bir fuqaroning manfaatidan kelib chiqqan holda ijtimoiy pedagogik faoliyat sifatida ma’naviy-mafkuraviy targ’ibot ishlarini olib borish, ya’ni milliy g’oya prinsiplarini axoli o’rtasida targ’ibot qilish yotadi.
Bu haqda Prezident IAKarimov «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch» asarida shunday yozadi: «...chuqur o’zgarishlar ro’y berayotgan, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko’ra muxim axamiyat kasb etmokda».
Ijtimoiy pedagogika ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning aloxida sohasida sifatida uning ommaviyligi, barcha axoli o’rtasida milliy istiqlol g’oyalarini targ’ibot -tashviqotlarni keng olib borish imkoniyatini beradi.
Ijtimoiy pedagogika predmeti san’atdan shaxsga ta’sir etadigan g’oyaviy-emotsional vositalar kompleksidan keng foydalanish bilan farq, qilib turadi.
Ijtimoiy pedagogika O’zbekistonda ham, dunyodagi boshqa mamlakatlarda ham uzoq, va chuqur an’analarga ega. Shunga qaramay sobiq, Ittifoq, davrida ijtimoiy pedagogika yutuqlari e’tiborga olinmadi. Bunday muammolarni shaxsga, xamkorlik an’analariga, rahm-shavqat, milliy an’analarga befarq, bo’lish xolatlari bilan izoxlash mumkin. Bu ijtimoiy tarbiya soxasi mutaxassislari oldida turgan vazifalarni murakkablashtirib yubordi. Shuning uchun ham ijtimoiy pedagogikani rivojlantirish va mazkur yo’nalishda mutaxassislar tayyorlash muhim axamiyat kasb etadi. Mana shuning uchun ham ijtimoiy pedagogika yangi soxa sifatida faqat ijtimoiy pedagogik mutaxassislar davlat va jamoat organlari boshqarmalarigina emas, balki mutaxassislar tayyorlaydigan tizimni, shuningdek, ijtimoiy-pedagogik faoliyatning ilmiy-tadqiqot bazasini ham o’z ichiga oladi.
Ijtimoiy pedagogika yaqin kelajakda o’qituvchi yoki tibbiy xodim singari ommaviy kasbga aylanadi, chunki ayrim odam ongidagi ijtimoiy kasallikning oldini olish va uning ma’naviy-axloqiy og’ishini davolash «ijtimoiy epidemiya»ga qarshi kurashga nisbatan ancha osondir.
Pedagogika fanidan malumki, tarbiya — bu ijtimoiy hodisadir. Demak, individning barkamol shaxs sifatida shakllanishi uning ijtimoiy hayoti davomida egallagan bilim, ko’nikma va malakalariga bog’liq. Afsuski, pedagogika olamida yosh avlodning ijtimoiy hayotidagi xodisa va jarayonlarning tarbiyaviy ta’siri masalalarini ilmiy-nazariy va amaliy o’rganishga qaratilgan maxsus yo’nalish nazardan chetda qolib keldi. Mustaqil yurtimizda bugungi kunda yoshlarimizning ongi va qalbi uchun kechayotgan kurash jarayonida mazkur yo’nalish, ya’ni ijtimoiy pedagogikaning pedagogika o’quv yurtlariga maxsus kurs sifatida kiritilishi ayni muddaodir. Chunki XXI asr, ya’ni axborotlar tizimi davrida yoshlar va umuman keng jamoatchilik orasidagi ijtimoiy fikrlarni har tomonlama o’rganish, ijtimoiy xayotni aniq va real, ommaviy xalq fikriga asoslanib o’rganish va nafaqat ta’lim-tarbiya muassasalaridagi tarbiyaviy muhit, balki ijtimoiy xayotimizning barcha jabhalarini pedagogik o’rganish davri yetib keldi. Demak, pedagogika fanining yana bir yo’nalishi — IJTIMOIY PEDAGOGIKAga bo’lgan extiyojni davrning o’zi ko’rsatmoqda.
Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot ob’ekti va predmetini taxlil qilishdan avval ijtimoiy pedagogika terminining o’ziga axamiyat bermoq kerak. Bu termin ijtimoiy va pedagogika so’zlaridan tashkil topib ularning ma’nosini o’zida jamlaydi. Bu birlik fanda differentsatsiya va integratsiya hodisalari bilan birgalikda namoyon bo’ladi.
Yangi bilimlarning o’sishi ilmiy fikrlarning real xayotga tatbiq etilishi, yangi bilimlarning yuzaga kelishi, jamiyatning ilmga extiyojini yuzaga keltirish darajasi, fanning differentsatsiyasi va maxsuslashtirish tendensiyasi kuzatiladi. Chunonchi, asosiy fan mustaqil rivojlanuvch xususiy tarmoqlarga ajratiladi. Shuningdek, bir qa tor muammolarni hal qilishda to’plam nuqtai nazaridan bir ob’ektni o’rganuvchi mustaqil fan birligini o’zida namoyon qiluvchi integratsiya hodisasi kuzatiladi. Masalan: pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasida tadqiqotning mustaqil ob’ektlari alohila kuzatiladi: falsafa bilan birgalikda ta’lim falsafasi xamda psixologiya bilan o’zaro munosabatda psixolo-pedagogika, siyosatshunoslik bilan birlikda... Bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin.
Pedagogikada keyingi vaqtda differensiya xodisasi yetarli darajada kuchaydi. Pedagogikaning mustaqil fan sifatidagi tarmoqlari maktabgacha pedagogika, maxsus pedagogika, professional pedagogika rivojlanib, takomillashib bor moqda. Ijtimoiy pedagogika ham shular jumlasidandir.
Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot ob’ekti pedagogika o’rganadigan jarayon va voqelik bo’lib, u masalani muayyan, o’ziga xos aspektda ko’radi. Uning o’ziga xosligi esa «ijtimoiy» degan so’zda ifodalangan. Ijtimoiy pedagogikaning ob’ekti insonning ijtimoiylashuv jarayonidir. Xalqning boy merosi, pedagogikasidan, fan, madaniyat, jamiyat yutuqlaridan foydalanib, ijtimoiy pedagogika o’z nazariyasini, metodi va texnologiyasini ishlab chiqadi. Ijtimoiy pedagogika davlat va jamiyat institutlarining ma’naviy-ma’rifiy markazlari faoliyati soxasidir. Demak, ijtimoiy pedagogikaning vujudga kelishi ijtimoiy zaruriyat, ijtimoiy buyurtmadir. Ijtimoiy munosabatlarni ilmiy pedagogik nuqtai nazardan o’rganish va yanada takomillashtirish davr taqozosidir.
Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiya yurtimiz mustaqillikka erishgach, o’zining mustaqil taraqqiyot yo’lini belgilab oldi. Bu yo’l jamiyatimizning kelajagini O‘z qo’llariga oluvchi — yoshlarga beriladigan ta’lim-tarbiya asosida belgilandi.
«Ijtimoiy» tushunchasida odamlarning birga yashashi bilan bog’liq, jarayonlar ifodalangan, ammo ularning muloqoti va o’zaro aloqalari turli shakllarda bo’ladi. Demak, pedagogika o’sib kelayotgan avlod tarbiyasi va ta’limi tug’risidagi fan bo’lib, ijtimoiy pedagogika esa jamiyat a’zosini tarbiyalash va unga ta’lim berish to’g’risidagi fandir.
Ijtimoiy pedagogika jarayon va hodisalarni ma’lum spetsifik aspektda o’rganadi. Pedagogik bilimlarning bu yangi tarmog’i spetsifikasi «ijtimoiy» so’zida namoyon bo’ladi, «umuminsoniy tushuncha insonlar hayotiy faoliyati, ularning o’zaro muloqoti» formalari bo’lgan narsa-hodisalarni o’zida jamlaydi. Ijtimoiy pedagogika pedagogikaning mustaqil bir bo’lagi bo’lib, u kishilar jamoasi xamda alohida shaxslarga ta’lim-tarbiya jarayonidagi ijtimoiy muammolar, ularning kelib chikish sabablari, xamda bu muammolarning bartaraf etilishining nazariy va amaliy jixatlarini o’rgatadi.
Shunday qilib, pedagogika o’sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalovchi va ta’lim beruvchi fan xisoblanadi, ijtimoiy pedagogika esa ta’lim-tarbiya jarayonida bolani jamiyat xayotiga kiritishni ta’minlaydigan aspektni tadqiq etadi.
Insonni atrofdagi muxit bilan o’zaro aloqasiga ta’siri asosida rivojlanishini uning ijtimoiylashish jarayoni deb ta’kidlash mumkin. Inson ijtimoiy normani, ya’ni madaniy kadriyatlarni o’zlashtirishi, o’z qobilyatlarini yuzaga chiqarishi, ijtimoiy tajribani egallashi lozimdir. Bu jarayon ijtimoiy hodisa deb nomlanadi. Bolani ijtimoiylashuvi murakkab va davomli xodisadir.
Har qanday jamiyatning rivojlanish etapida ma’lum ijtimoiy, ma’naviy qadr-qimmat, o’zini tutishi, axloqiy qonun-qoidalar, normalarni ishlab chiqadi. Jamiyatning xar bir a’zosi mazkur qonun-qoidalarni egallab, uning teng huquli a’zosi sifatida yashab, faoliyat ko’rsatadi. Bu ta’lim-tarbiya orqali amalga oshadi.
Jamiyatda o’zaro munosabatda bo’lgan, o’zaro harakatlanadigan xilma-xil ijtimoiy institutlar orqali bola ijtimoiy normalarni egallaydi. Bulardan ba’zilari bolaning rivojlanishi va ijtimoiy shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi, boshqalari esa uning shaxsiy sifatlari shakllanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bunday ijtimoiy institutlar qatoriga avvalo oila, ta’lim, madaniyat va din, turli-tuman klublar, birlashmalar, shuningdek, video-kino-prokat, kompyuter-internet tarmoqlari kiradi.
Ijtimoiy tarbiyalash tarbiya jarayonining tarkibiy qismi hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogikani nima uchun o’rganish lozim?
Ijtimoiy pedagogika — fanning shunday tarkibiki, uning vositasida:
Birinchidan, inson hayotida ma’lum sabablar asosida yuzaga kelgan hodisalar o’rganiladi.
Ikkinchidan, insonning rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratishni ko’zda tutadi.
Uchinchidan, ta’sir etuvchi hodisalarning oldini oladi.
Ijtimoiy pedagogika o’quv predmeti sifatida ijtimoiy pedagogik faoliyat tasvirini xarakterlaydigan vazifani amalga oshiradi. Bu vazifani amalga oshirish ijtimoiy pedagogikani o’rganish jarayonida talabalar tomonidan bir qator maqsadlarni amalga oshirishni ko’zda tutadi: ma’lum doiradagi nazariy bilimlarni egallash va bularni amalda qo’llash, muammoni oldindan ko’rish va yechishga, sub’ekt va ijtimoiy jarayonga ko’ra ijtimoiy gumanistik munosabatlarni shakllantirishni nazarda tutadi.
Ijtimoiy pedagogika sohasi pedagog faoliyati bilan bog’liqdir. Shuning uchun ijtimoiy pedagoglar — pedagogika universitetlarida yetishib chiqadilar. Ijtimoiy pedagog va pedagoglik sohasida asosiy bog’liqliklaridan biri, har ikki sohaning ob’ekti — bolalar ekanligidadir. Ijtimoiy pedagog faoliyatining markazida normal ijtimoiy faoliyatdan chetlashgan bolalarni jamiyatdagi tengdoshlari qatoriga qaytarish hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogika fanining ob’ekti ijtimoiy-lashtirishga muhtoj bo’lgan bolalar, ularga aqliy, pedagogik- psixologik, sotsial-axloqiy normalardan chetlashgan ijtimoiy tarbiya ola olmagan va jismoniy, aq1iy, psixik tomondan buzilishga yo’l qo’yilgan bolalardir. Bunday bolalar jamiyatining alohida yordamiga muxtojdir. Ijtimoiy pedagog faqat o’qituvchi emas, balki bola qanday o’qiyotganini va rivojlanayotganini tushunadigan va his etadigan shaxsdir. U bola hayotini, kechinmalarini xuddi o’zinikidagidek tushunishi va uning ma’naviy, madaniy, axloqiy rivojlanishiga ko’mak bera oladigan mutaxassis bo’lmog’i kerak. Shuning uchun haqiqiy pedagog faqat o’z fanini bilibgina qolmay, ayni vaqtda bolalar va kattalar bilan ijodiy muloqot qila oladigan, o’z ustida ishlaydigan inson bo’lishi muhim axamiyatga ega.
Ijtimoiy pedagogika o’z nomiga ko’ra sotsium, ya’ni jamiyat bilan shug’ullanadi. Shu bois uni jamiyat tarbiyasi xam deyish mumkin. Jamiyat tarbiyasi deganda «Inson —inson» tizimi ichida olib boriladigan tarbiya tushuniladi. Ya’ni, bevosita insonlararo munosabatlar jarayonidagi tarbiyaviy ta’sir, shuningdek, ijtimoiy institutlar faoliyatining (xayriya jamg’armalari, tashkilotlar, jamiyatlar va assotsiatsiyalar) tarbiyaviy ta’siri nazarda tutiladi.
Ijtimoiy pedagogika fani ijtimoiy shaxsning o’ziga xos milliylik tomonlarini tarbiya jarayonida o’rgatib boradi. Pedagogika va ijtimoiy pedagogika bir-biriga juda bog’liq, lekin ularning farqi shundaki, pedagogika fani ijtimoiy shaxsning fa qat ta’lim va tarbiyasi bilan shug’ullanadi. Ijtimoiy pedagogika esa bola shaxsini va uning bolaligini ximoya qiladi.
Ijtimoiy pedagogika fanining massadi va vazifalari.
Ijtimoiy pedagogika fani jamiyatdagi har bir shaxsning hayotida uchraydigan ijtimoiy muammolarni bartaraf etish va hal qilish, ta’lim va tarbiya masalalari bilan shug’ullanish, keksalar, qariyalar, kasal va boquvchisini yo’qotganlar masalalarini o’rganadi, mexribonlik uyida tarbiyalanayotgan bolalar xolidan xabar olish bilan birga, foxishabozlik, narkomaniya va qonunbuzarlikka qarshi kurash ish ishlariga e’tibor qaratadi. Ijtimoiy «autsayderlar», ya’ni qariyalar, nogironlar, yolg’iz yashovchilar, iqtisodiy nochor axvolda yashovchilar va xalqning shu kabi boshqa tabaqalariga kiruvchilarga yordam berish ijtimoiy pedagogning maqsadlaridan biridir. Chunki faqat jamiyat va ijtimoiy ta’sir vositasida insonlarda insoniylik, vatanparvarlik, ijtimoiy faollik, mas’uliyatlilik singari fazilatlarni shakllantiradi. Mazkur jarayon oila, maktab va boshqa o’quv muassasalarida amalga oshadi.
Ijtimoiy pedagogika fanining asosiy vazifasi ijtimoiy tarbiya muammolarini o’rganish xisoblanadi. Ijtimoiy pedagogika fanining amaliy vazifalarini ko’rib chiqamiz. Bunda ijtimoiy pedagog har bir bolaning yosh va o’ziga xos xususiyatlarni e’tiborga olishi talab etiladi.
1. Bola (usmir) ongida yaxshilik va adolat tushunchasiga sobitlikni tarbiyalash, borliqni, ijodni sevishga o’rgatib, o’zaro tushunish hissini uyg’otish;
2. Inqirozli vaziyatdan mustaqil chiqib keta olish maqsadini qo’yish, odamlar bilan muloqot qilishni o’rganish va hayotda o’z maqsad va mazmunini aniqlash yo’llarini ko’rsatish;
3. Tevarak-olam, inson va uning mukammalligi, jismoniy va ma’naviy xususiyatlarini, jamiyatdagi huquq va burchlarini anglashga intilishni rivojlantirish;
4. O‘z sha’ni, mustaqilligi va o’ziga ishonch kabi tuyg’ularni rivojlantirish;
5. Bola (o’smir) da maktab, ish, oila va tengdoshlari jamoasida, katta-kichik guruhlarda odamlar bilan muloqot o’rnatish istagi va qobiliyatini kuchaytirish. Shu o’rinda ijtimoiy pedagogdan o’z tarbiyalanuvchilarining yosh xususiyatlariga oid yuksak bilim talab etiladi. Shuningdek, bolaga uni o’rab turgan muxit, ijtimoiy munosabatlarning ma’naviy xuquqiy me’yorlariga tayanib, jamiyat, odamlar va shaxslararo ziddiyatlarni bahamjixat xal etishni o’rgatish ham muxim axamiyat kasb etadi.
Shu kabi amaliy vazifalarni quyidagicha tarzda ifodalash mumkin: yaxshilik qilishga o’rgatish, o’z xayotini qurishda ko’maklashish, bilimga qiziqishini orttirish, o’z individualligini rivojlantirishga imkon yaratib, qobiliyati va layoqatini takomillashtirish.
Ijtimoiy tarbiya insonparvaligi shaxsni majburlashga emas, unga yordam berishga qaratilganligi, har bir shaxsning o’zligini anglashi, inson sifatida betakrorligi, yagonaligiga ishonish, o’z hayotiga mas’ul bo’lish, boshqalar hatti-harakatini muxokamasiz qabul qilish, tang vaziyatda qolganlarni qo’llab- quvvatlash va yordam berishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Ijtimoiy pedagogikaning jamoatchilik mohiyati — xavf ostida qolgan odamga madad qo’lini cho’zish, oila va bolaga o’z hayot yo’lini topishda ko’maklashish, o’z qobiliyati va istagidan kelib chiqib rivojlanishiga imkon berishdan iborat. Shuningdek, har bir insonga axloqiy munosabatlar o’rnatishdagi intilishlariga yordam berish ham ijtimoiy pedagogika vazifalaridan biridir.
Ijtimoiy pedagogika — bu ijtimoiy ta’lim-tarbiya faoliyatining maxsus metodlariga ega pedagogikaning mustaqil bo’limidir.
Ijtimoiy pedagogika metodlari shaxsga, uning takomillashuvi, tarbiyasi, o’zini anglashi va shaxs sifatida shakllanishiga yo’naltirilgandir.
Ijtimoiy pedagogika funksiyalari. Ijtimoiy pedagogika funksiyalarini o’rganar ekanmiz, bunda bir qator talablar mavjudligini ko’rish mumkin. Ularning ayrimlari ustida to’xtalamiz.
Bola (o’smir)ni, uning axvoli, oila, maktab, hovlidagi guruxlar bilan munosabati, ziddiyatli vaziyatda o’zini tutishi kabilarni o’rganish tang axvolda qolgan bolaga ko’maklashish, inqirozdan chiqish variantlari, yo’llarini topish, qiyin vaziyatda qo’llab-quvvatlash bolani o’rab turgan va unga ta’sir o’tkazuvchi turli ijtimoiy muhit ijtimoiy tarbiyasi holatini tahlil qilish.
Bola (o’smir) faoliyatini (o’zini) tarbiyalash, bilim olish, o’z hayoti va hatti-harakatlarini mustaqil shakllantirish layoqatiga yo’naltirish bola (o’smir) huquqlari muxofazalanishiga taalluqli va uning muammolarini hal etish maqsadida faoliyat yurituvchi tashkilot va turli mutaxassislar birlashuvi, muvofiqlashuvi bilan shug’ullanish, ijtimoiy tarbiyaning turli muammolarini tadqiq etishni tashkil qilish; ijtimoiy pedagoglar, jamoalar, turli pedagogik markazlar faoliyatini taxlil qilishdan iborat.
Shunday qilib, yuqoridagilarni umumlashtirgan xolda ijtimoiy pedagogika funksiyalarini quyidagicha ifodalash mumkin:
Bular. 1. Tarbiyaviy funksiya;
2. Ijtimoiy-huquqiy funksiya;
3. Ijtimoiy-sog’lomlashtirish funksiyasi.
Tarbiyaviy funksiya — bolani atrof-muxitga qo’shilishi, ijtimoiylashuvi jarayonini, uning ta’lim-tarbiya jarayoniga moslashuvini taqozo qiladi.
Ijtimoiy-huquqiy funksiya — davlatning bolalar haqida g’amxo’rligi, ularni huquqiy muxofazalanishini anglatadi.
Ijtimoiy-sog’lomlashtirish funksiyasi — bu nogiron bolalar, ya’ni jismoniy yoki ruxiy nuqsonga ega bolalar bilan tarbiyaviy va ta’lim ishlarini olib borish bo’lib, bunda pedagog asosiy ijtimoiy vazifa bajaruvchi hisoblanadi.Yuqorida qayd, etilganlardan esa ijtimoiy pedagogikaning amaliy vazifalari yuzaga chiqadi. Bundan ijtimoiy pedagog va xodim o’z faoliyatini nimaga mutanosib shakllantirishi, nimaga yo’naltirishi lozimligi aniqlanadi.
O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikani tiklash va uni yangi bosqichga ko’tarish uchuy xorijiy mamlakatlar tajribasini o’rganish, shu soxadagi ilmiy bilimlar va milliy tadbirlarni rivojlantirish, bu jarayon davomida yuzaga keladigan muammo va qiyiichiliklarni taxlil kilish ham katta rol o’ynaydi.
Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarning rivojlanish tarixi juda yaqin. Eng avvalo, ularni odamlarga alohida g’amxo’rlik va e’tibor talab etadigan madaniy-tarixiy an’ana birlashtirib turadi. Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarda «rahm-shavqat», «xayriya», «yordam» kabi tushunchalar juda ko’p ishlatiladi.
Ammo ularning aniq ifodalangan o’ziga xos jixatlari ham bor, mamlakatimizning dastlabki rivojlanish bosqichida ular rasman tan olingan institut sifatida namoyon bo’ldi, masalan, ijtimoiy ishlar aholini ijtimoiy himoyalash soxasida rivoj topdi, ijtimoiy pedagogika esa, yuqorida ta’kidlanganidek, ta’lim tizimida va yoshlar ishlari bo’yicha qo’mita muassasalarida rivojlandi.
Ijtimoiy pedagog va ijtimoiy xodimlar faoliyati asta sekin kengayib, biri ikkinchisini to’ldiradi.
Ko’pgina mustaqil fanlarning birlashib bir ob’ektni har xil nuqtai nazardan o’rganganda integratsiya muammosi kuzatiladi. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan tuqnashishi natijasida yangi mustaqil fanlar yuzaga keldi. Falsafa bilan ta’lim falsafasi, Sotsiologiya bilan ta’lim va tarbiya sotsiologiyasi, psixologiya bilan pedagogik psixologiya.
Ijtimoiy pedagogika pedagogikadan ajralib chiqqan. Uning kuzatuv markazida pedagogikada o’rganiladigan barcha jarayonlar namoyon bo’ladi. Ijtimoiy pedagogika, ayniqsa, «og’ir gurux»larga alohida e’tibor qaratadi. Bu guruhga taqdir taqozosi bilan og’ir vaziyatlarga tushib qolgan shaxslar kiradi. Bular: narkomanlar, ishsizlar, foxishalar, jinoyatchilar, kamoqda o’tirib chiqqanlar, jinoiy guruxlarga va man etilgan diniy sektalarga o’zlari bilmagan xolda kirib qolgan shaxslar va x.. k. kiradi. Shuningdek, ijtimoiy pedagogika katta yoshdagilarni va qariyalarni ham ishlab chiqarish jarayonlaridagi rahbar va xodimlarning o’zaro munosabatlari, ayollar tarbiyasi, kasbidan qoniqmaslik, qolaversa dam olishga, ruxiy kasallangan, ta’lim olishdagi muammolar, tarbiyasi og’ir bolalar kabi muammolarni ham nazardan chetda qoldirmaydi. Ijtimoiy xayotning turli jabxalaridagi bu insonlar, albatta, yuqori malakali pedagogik yordamga muxtojdirlar.
Ijtimoiy pedagogika faoliyat rivojlangan davlatlarda maxsus kasb darajasiga ko’tarilgan. Janubda bu kasb «Ijtimoiy faoliyat» deb yuritiladi. Bizning yurtimizda axolining, umuman jamiyat a’zolarini ijtimoiy muxofazalashga doir qator ishlar amalga oshirilishidan qati nazar, u bilan shug’ullanuvchi maxsus fan yo’nalishi to’liq shakllanmagan. Ijtimoiy ish jamiyat a’zolarining bir-biriga insoniy munosabatda bo’lishini taqozo etadi. Qadim zamonlarda bu faoliyatning aqliy mas’ullik, saxiylik, xayrixoxlik singari qirralari namoyon bo’lgan.
«Ijtimoiy pedagogika»ning paydo bo’lishi jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotidagi o’zgarishlar bilan bog’liq. Chunki, bu o’zgarishlar tarbiya jarayonini murakkablashtirib, yoshlar tarbiyasida yangi muammolarni vujudga keltirib, yosh avlodning ijtimoiy shakllanish jarayonini ilmiy o’rganishni talab etmoqda. An’anaviy pedagogika fani ta’lim-tarbiya muassasalari qobig’ida cheklanib qolib, ijtimoiy muxit omilining tarbiyaga bo’lgan ta’siriga yetarlicha e’tibor bermadi. Ayniqsa, ijtimoiy tarbiyaning umumiy xarakterini chetga surib qo’ydi. «Ijtimoiy pedagogika» Rossiyada o’tgan asrning 80-yillarida aloxida fan sifatida shakllandi. Mustaqil yurtimizda esa uning ma’lum qirralari yoritilgan bo’lishiga qaramasdan bu yo’nalish bo’yicha hali alohila tadqiqot ishlari yuzaga chiqqanicha yo’q. Bu fan jamiyatning, har bir mamlakatning, har bir millatning ijtimoiy hayoti va milliy psixologiyasi bilan bevosita bog’liq. Shu nuqtai nazardan mazkur fanni turmush pedagogikasi, deyish ham mumkin.
Turmush — shaxsning jamiyatda o’z o’rnini topishini taqozo qiladi. Biz ta’lim tarbiya muassasalari va ulardan tashqari, ya’ni har kungi ijtimoiy xayotimiz orqali tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish asosida barkamol, komil insonni voyaga yetkazishimiz kerakki, toki biz tarbiyalagan shaxs jamiyatga «kirishib keta olsin». Ular jamiyatdan chetda qolishi mumkin emas. Ma’lum sabablarga ko’ra «jamiyat tan olmagan», «sotsiumga kirisha olmagan» shaxslarning O‘z yo’lini topib ketishi uchuy ijtimoiy faoliyat talab etiladi. Ushbu muammo dolzarblik holati kasb etib, Rossiyada 1960 —1970 yillardayoq shunday ijtimoiy-pedagogik faoliyatga yo’naltirilgan mutaxassislarni tayyorlash bo’yicha ishlar olib borildi. Jumladan, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi, uy-joy kommunal xizmati tashkilotchisi, maktabdan tashqari muassasalar xodimlari, yotoqxona, maktab kutubxonasi xodimlari singari kadrlar faoliyat olib borishdi. Qator chet mamlakatlarda esa 1970—1980 yillarda bu ijtimoiy talab muammoni hal etishning yangi yo’nalishlarini vujudga keltirdi. Amaliyotda ijtimoiy pedagogik va yoshlarning yashash komplekslarida, turli yoshdagi xodimlardan iborat birlashmalarda ijtimoiy pedagogik tajribalarni to’plash ishlari shakllantirilgach, maktablarning ijtimoiy institutlar bilan hamkorligi o’zgardi. Shu asosda ijtimoiy muhitni pedagoglashtirish jarayoni intensiv tarzda rivojlanib bordi. Lekin bu boradagi kadrlar masalasi muammo bo’lib qolaveradi. Buning ustiga tarbiya ishlari bilan faqat maktab, bog’cha kabi ta’lim-tarbiya maskanlari shug’ullanadi, degan fikr jamiyat a’zolari ongida o’rnashib qolgan. Demak, ta’lim-tarbiya bilan shug’ullanuvchi fanlar va uquv muassasalaridan farqli o’laroq ijtimoiy pedagogika ijtimoiy hayotimizning barcha jabhalari bilan bog’liqdir. Shuning uchuy ham u juda ko’plab fanlar bilan uzviy bog’liq. Ularning asosiylari: Pedagogika — Psixologiya — Sotsiologiya — Tibbiyot — Biologiya — Genieologiya xamda filosofiya — Mantik — Iqtisod — Tarix — Etnografiya fanlaridir. Kelgusida bu tartib, yangi ilmiy izlanishlar va o’quvchi—talabalar takliflariga binoan to’ldirib boriladi.
Sotsiologiya fani jamiyat va undagi insonlararo, insonlar va ijtimoiy institutlararo munosabatlar haqidagi fan sifatida pedagogika faniga juda katta material tayyorlab beradi.
Jamiyat tarbiyasi bu ijtimoiy tarbiya deganidir. Ijtimoiy tarbiya muammolari bilan esa ijtimoiy pedagogika shug’ullanadi.
Ijtimoiy pedagogika — bu pedagogik fanlarning muhim yo’nalishlaridan biri, uning tadqiqot obe’kti shaxsi bo‘lib, u aniq manzilga ega. Ya’ni ijtimoiy pedagogikaning obekti jamiyatdagi barcha shaxslar emas, balki ijtimoiy hayotda adashgan, odob-axlok me’yorlaridan og’ishgan, ijtimoiy pedagogik yordamga muxtoj shaxslar, shuningdek, jamiyat a’zolarining ongini tarbiyalashdan iboratdir. Ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa — bolaning ijtimoiylashuvi jarayonidir. Ijtimoiy pedagogika — bu shaxslarning ijtimoiylashuvi xamla ularga ijtimoiy ta’lim va ijtimoiy tarbiya berish qonuniyatlarini o’rganuvchi pedagogika fanining tarmog’idir.
Shaxsning ijtimoiylashuvi esa — bu ma’lum jamiyatga mos bilimlar, qadriyatlar, me’yorlar, hatti-harakatlar tizimidan iborat ijtimoiy hayotga kirisha borish jarayonidir.
Savol va topshirislar:
1. Ijtimoiy pedagogika fanining maqsadi nimadan iborat?
2. Ijtimoiy pedagogikada qanday atamalar mavjud?
3. Ijtimoiy pedagogika funksiyalari haqida fikr yuriting.
4. Ijtimoiy pedagogika qaysi fanlar bilan hamkorlikda ish ko’radi?
Yüklə 58,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə