See discussions, stats, and author profiles for this publication at


-§. 2022-2026-yillarga mo‗ljallangan Yangi



Yüklə 5,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/225
tarix28.11.2023
ölçüsü5,35 Mb.
#134458
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   225
30 06 2022

1.3-§. 2022-2026-yillarga mo‗ljallangan Yangi 
O‗zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va iqtisodiy xavfsizlik 
masalalari 
Jahon amaliyoti va tajribasida mamlakatda iqtisodiy 
xavfsizligini ta‘minlagan holda barqaror iqtisodiy o‗sish 
to‗g‗risida turli ta‘limotlar va uning modellari mavjud. 


21 
Mamlakatda iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlagan holda barqaror 
iqtisodiy o‗sish to‗g‗risidagi barcha ta‘limotlar va modellarni 
umumlashtirgan holda tahlil etadigan bo‗lsak, bugungi kunda ayni 
bir barqaror iqtisodiy o‗sish to‗g‗risidagi ta‘limot yoki model 
iqtisodiyotda to‗liq samara berib qo‗llanilayotganligini jahon 
amaliyoti va tajribasida kuzatishning iloji yo‗q. Bugungi kunda 
jahonda har bir mamlakat va uning hukumati barqaror iqtisodiy 
o‗sish yo‗lida mamlakatning tabiiy qazilma boyliklari, mehnat 
resurslarining salohiyati, an‘analari va mentalitetidan hamda 
geografik joylashuvidan kelib chiqib, umumjahon barqaror 
iqtisodiy o‗sish nazariyasi ta‘limoti va modellarining taklif hamda 
tavsiyalaridan foydalanib, mustaqil barqaror iqtisodiy rivojlanish 
modelini ishlab chiqmoqda. 
Jahon 
bozoridagi 
iqtisodiy 
vaziyat 
murakkablashdi, 
mamlakatlar o‗rtasidagi iqtisodiy munosabatlar tabiati tubdan 
o‗zgardi. Iqtisodiy raqobat nihoyatda kuchayib, tobora keskin va 
shafqatsiz tus olmoqda. Bunday vaziyatda mamlakatimiz 
iqtisodiyotining muntazam takomillashib borishini ta‘minlaydigan 
mexanizmlarni joriy etish, barqaror iqtisodiy taraqqiyot bilan 
bog‗liq vazifalarni puxta belgilab olish masalasi dolzarb ahamiyat 
kasb etmoqda. Zotan, milliy taraqqiyot strategiyasining ustuvor 
yo‗nalishlaridan biri ham shundan iborat.
Bugungi 
kunda 
va 
yaqin 
kelajakda 
mamlakatimiz 
iqtisodiyotini yanada rivojlantirish borasida oldimizda qator 
strategik vazifalar turibdi. Ularning barchasi ustuvor hamiyatga 
egadir. O‗tgan davr mobaynida bozor iqtisodiyoti mexanizmlarini 
modernizatsiya qilish, makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash, milliy 
iqtisodiyotning investititsiyalarga bo‗lgan talabini qondirish
bozor munosabatlari subyektlari faoliyatini erkinlashtirish 
masalalariga alohida e‘tibor berildi.


22 
Yangi O‗zbekiston strategiyasi, avvalo, barqaror iqtisodiy 
o‗sishni 
ta‘minlashga 
qaratilganligini 
ta‘kidlash 
lozim. 
Mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanish sur‘atlarini jahondagi eng 
rivojlangan mamlakatlar darajasiga yetkazish va bu sohada 
islohotlar samarasini yanada oshirish bo‗yicha ba‘zi tizimli 
muammolar saqlanib qolayotganini ham rad qilib bo‗lmaydi. 
Avvalo, makroiqtisodiy barqarorlik va barqaror iqtisodiy o‗sishga 
erishish, inflatsiyani pasaytirish va barqarorlik narxlarini 
ta‘minlash, buydjet taqchilligini maqbullashtirish, to‗lov va joriy 
balanslari maqbulligini ta‘minlash, iqtisodiyotni diversifikatsiya 
qilish va chuqur tarkibiy o‗zgarishlarni amalga oshirishga alohida 
e‘tibor qaratilishi lozim.
2022-2026-yillarga mo‗ljallangan yangi O‗zbekistonning 
taraqqiyot starategiyasi shunday istiqbolli dasturlardan biri bo‗lib 
hisoblanadi. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-
yanvarda qabul qilingan ―2022-2026-yillarga mo‗ljallangan yangi 
O‗zbekistonning 
taraqqiyot 
strategiyasi 
to‗g‗risida‖da 
makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash unda 
iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash va yuqori iqtisodiy o‗sish 
sur‘atlarini saqlab qolish uchun quyidagi vazifalari belgilab 
olingan: 
21-maqsad: Iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o‗sish 
sur‘atlarini ta‘minlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga 
yalpi ichki mahsulotni – 1,6 baravar va 2030 yilga borib aholi jon 
boshiga to‗g‗ri keladigan daromadni 4 ming AQSH dollaridan 
oshirish hamda ―daromadi o‗rtachadan yuqori bo‗lgan davlatlar‖ 
qatoriga kirish uchun zamin yaratish.
Makroiqtisodiy barqarorlikni ta‘minlash va yillik 
inflatsiya 
darajasini 
2023-yiligacha 
bosqichma-bosqich 

foizgacha pasaytirish.


23 
Davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish va 2023-yildan 
yalpi ichki mahsulotga nisbatan uning 3 foizdan oshib 
ketmasligini ta‘minlash.
Har bir tuman byudjetining kamida 5 foizini ―Fuqarolar 
byudjeti‖ dasturi doirasida aholining takliflari asosida eng dozlarb 
muammolarni yechishga sarflashni tashkil qilish.
Davlat qarzini boshqarishda yiliga yangi jalb qilingan tashqi 
qarz miqdori 4,5 milliard AQSH dollaridan oshib ketmasligini 
ta‘minlash
1

Markaziy bank tomonidan belgilanadigan qayta moliyalash 
stavkasi moliya bozorini tartibga solishning asosiy ko‗rsatkichidir. 
Shu borada, ya‘ni moliya bozorlarini va tijorat banklarining 
investitsiyaviy imkoniyatlarini barqarorlashtirish uchun Markaziy 
bankning qayta moliyalashtirish stavkalarini belgilash tizimini 
takomillashtirish maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun ham 
harakatlar strategiyasida ushbu sohani yanada rivojlantirish va 
Markaziy bankning asosiy regulatori bo‗lmish, qayta moliyalash 
stavkasini o‗rnatishning xalqaro metodikasidan kelib chiqib
shuningdek, iqtisodiyotning ochiqligi va moliya bozorlarini 
rivojlanganlik darajasini hisobga olgan holda Markaziy bankning 
qayta 
moliyalashtirish 
stavkalarini 
belgilash 
tizimini 
takomillashtirish maqsadga muvofiqligi belgilangan. 
Ushbu boradagi to‗planib qolgan muammoni bartaraf etish 
uchun valyutani tartibga solishning ilg‗or bozor mexanizmlarini 
bosqichma-bosqich 
joriy 
etish 
kun 
tartibidagi 
birlamchi 
masalalardan hisoblanadi. Unda: 

valyuta bozoridagi xorijiy valyutaga bo‗lgan talab va 
taklifdan kelib chiqib, bozor mexanizmini hisobga olgan holda, 
ichki va tashqi bozorlarda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning 


24 
raqobatbardoshligini ta‘minlovchi va qo‗llab-quvvatlovchi valyuta 
kursi siyosatini takomillashtirish; 

tadbirkorlik subyektlarining o‗z valyuta mablag‗larini erkin 
tasarruf etish huquqini to‗liq amalga oshirilishini ta‘minlash; 

har 
qanday 
manipulyatsiyalarning 
oldini 
oladigan 
mexanizmlarni joriy etgan holda, xorijiy valyutaning birjada erkin 
muomalada bo‗lishini ta‘minlash; 

tijorat banklari tomonidan jalb qilingan va o‗z resurslari 
hisobidan xorijiy valyutani tegishli qoidalarga rioya qilgan holda 
erkin sotish tizimini joriy etish;

byudjetga qo‗shimcha tushumlar, tijorat banklarining joriy 
kreditlari va O‗zbekiston Respublikasi Tiklanish va Taraqqiyot 
jamg‗armasining mablag‗lari hisobiga iqtisodiyotning tayanch 
tarmoqlarini 
vaqtinchalik 
moliyaviy 
qo‗llab-quvvatlash 
choralarini ko‗rish. 
Xalqaro globallashuv jarayonlarining chuqurlashayotganligi 
mamlakatlarning valyuta siyosatiga jiddiy ta‘sir ko‗rsatmoqda va 
qator mamlakatlarda ―golland kasali‖ning yuzaga kelishiga turtki 
bermoqda. ―Golland kasalligi‖ tabiiy resurs manbalarining kashf 
etilishi natijasida mamlakat sanoatlashuv darajasining pasayib 
ketishi, mamlakat milliy valyutasining kuchli revalvatsiyalanishi 
va natijada mamlakat eksport tovarlari raqobatbardoshligining 
sezilarli darajada pasayishini anglatadi. ―Golland kasalligi‖ga 
uchragan mamlakatlarda asosiy eksport tovarlarni ishlab 
chiqarishga asoslangan qayta ishlash sanoatida keskin pasayish 
yuz beradi va mamlakatning an‘anaviy eksport tushumlari manbai 
bo‗lgan qayta ishlash sanoatiga nisbatan kuchli salbiy ta‘sir 
vujudga keladi. Tabiiy resurslar uchun qulay baholar sharoiti 
yo‗qolgach, mamlakatning kuchsizlangan an‘anaviy sanoati orqali 
iqtisodiy barqarorlikni ta‘minlashi ancha og‗ir kechadi. 


25 
Taraqqiyot strategiyasida ko‗tarilgan yana bir muhim masala 
bu – soliq ma‘muriyatchiligi sifati va samaradorligini 
yaxshilashdan 
iboratdir. 
2026-yilga 
borib 
tadbirkorlik 
subyektlariga soliq yuklamasini yalpi ichki mahsulotning 27,5 
foizidan 25 foizi darajasiga kamaytirish vazifasi belgilangan. 
Ushbu masalani hal etish uchun quyidagi vazifalarni amalga 
oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
1) soliq qonunchiligini tanqidiy o‗rganish va tahlil qilish, 
huquqni qo‗llashda ortiqcha va murakkab normalarni bartaraf 
etish, soliqqa tortish bazasini hisoblash jarayonini soddalashtirish, 
yagona bazadan undiriladigan soliq va boshqa majburiy 
to‗lovlarni unifikatsiya qilish, shuningdek, soliq qonunchiligi 
barqarorligini ta‘minlash; 
2) 
soliq 
yukini, 
shu 
jumladan, 
yakka 
tartibdagi 
tadbirkorlardan undiriladigan qat‘iy belgilangan soliq miqdorini, 
shu jumladan, faoliyat ko‗rsatish (masalan, uzoq va borish qiyin 
bo‗lgan) joylarini hisobga olgan holda qayta ko‗rib chiqish; yirik 
korxonalarga bo‗lgan soliq yukini maqbullashtirish hisobiga izchil 
pasaytirish.
Bugungi globallashuv jarayonlari jadallashayotgan sharoitda 
mamlakat iqtisodiyotining yuqori sur‘atlarda o‗zgarishiga ta‘sir 
ko‗rsatadigan sohalardan yana biri bu xalqaro iqtisodiy 
hamkorlikni yanada rivojlantirish, xalqaro moliya bozori 
institutlari bilan aloqalarni kengaytirishni talab etadi.
Ustuvor ijtimoiy-iqtisodiy, infratuzilma va boshqa loyihalarni 
amalga oshirishga qaratilgan chet el hukumat tashkilotlarining 
(Xitoy eksport-import banki, Koreya eksport-import banki, EDCF 
Fondi, Yapon xalqaro hamkorlik agentligi (JICA), Koreya xalqaro 
hamkorlik agentligi (KOISA), Germaniya xalqaro hamkorlik 
jamiyati (GIZ), Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi 


26 
(SHTHA), Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA), Yevropa 
hamkorlik komissiyalari va hokazo) imtiyozli kredit hamda grant 
mablag‗larini jalb qilish imkonining yaratilishi muhim ahamiyaga 
ega. 
Harakatlar 
strategiyasida 
xususiy 
mulk 
huquqi 
va 
kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta‘minlash, xususiy 
tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo‗lidagi barcha to‗siq va 
cheklovlarni bartaraf etish, unga to‗liq erkinlik berish, ―Agar xalq 
boy bo‗lsa, davlat ham boy va kuchli bo‗ladi‖ degan tamoyilni 
amalga oshirish borasidagi tadbirlarga alohida e‘tibor qaratilgan. 
Mazkur yo‗nalish bo‗yicha belgilangan tadbirlardan yana biri – 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun 
qulay 
ishbilarmonlik 
muhitini 
yaratish, 
tadbirkorlik 
tuzilmalarining faoliyatiga davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va 
nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qat‘iy 
oldini olish hisoblanadi.
Yana bir yo‗nalish– investitsiya muhitini takomillashtirish, 
mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga, eng avvalo, 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilishdan iborat. 
2022-2026-yillarga 
mo‗ljallangan 
yangi 
O‗zbekistonning 
taraqqiyot strategiyasida belgilangan 26-maqsad:
Unga ko‗ra quyidagilar belgilangan: Investitsiyalardan 
samarali foydalanish hamda eksport hajmlarini oshirish bo‗yicha, 
―pastdan-yuqoriga‖ tamoyili asosida, yangi tizimni yo‗lga qo‗yish. 
Mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash va uning 
jozibadorligini oshirish, kelgusi besh yilda 120 milliard AQSh 
dollari, jumladan, 70 milliard dollar xorijiy investitsiyalarni jalb 
etish choralarini ko‗rishdan iboratdir.


27 
2026 yilgacha Xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish 
strategiyasini amalga oshirish. Davlat-xususiy sheriklik asosida 
energetika, transport, sog‗liqni saqlash, ta‘lim, ekologiya, 
kommunal xizmatlar, suv xo‗jaligi va boshqa sohalarga 14 
milliard AQSh dollarga teng investitsiya jalb etish.
Respublika hududlari va xorijiy mamlakatlar biznes vakillari 
o‗rtasida tashqi iqtisodiy aloqalarni o‗rnatish, jumladan, Sirdaryo 
viloyatining Xitoy Xalq Respublikasi, Surxondaryo viloyatining 
Rossiya Federatsiyasi hamda Jizzax viloyatining Hindiston biznes 
doiralari bilan investitsiya va tashqi savdo aloqalarini 
rivojlantirish. Surxondaryo viloyatida ―Investorlarga ko‗mak 
markazi‖, Navoiy viloyatida Navoiy kon-metallurgiya kombinati 
tomonidan ―Biznesga ko‗maklashish markazi‖ va Toshkent 
shahrida ―Ilg‗or loyihalar va injiniring markazi‖ va har bir 
tumanda ―Innovatsiya va texnologiya markazlari‖ tashkil qilib, 
tadbirkorlarga amaliy yordam ko‗rsatish. Toshkent shahrida har 
yili ―Toshkent xalqaro investitsiya forumi‖ni o‗tkazib 
borish
1
.Ushbu ustuvor yo‗nalishlarining amalga oshirilishi milliy 
iqtisodiyotni yanada barqaror rivojlanishiga, iqtisodiy xavfsizlikka 
tahdidlarning oldini olish va ularning salbiy ta‘sirini yumshatishga 
imkoniyat yaratadi.

Yüklə 5,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   225




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə