See discussions, stats, and author profiles for this publication at


Iqtisodiy xavfsizlik fanining predmeti



Yüklə 5,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/225
tarix28.11.2023
ölçüsü5,35 Mb.
#134458
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   225
30 06 2022

Iqtisodiy xavfsizlik fanining predmeti
globallashuv 
jarayonlarining chuqurlashuvi va iqtisodiy noaniqlik sharoitida 
milliy iqtisodiyotda iqtisodiy, axborot, energetik hamda boshqa 
turdagi xavfsizlikning oldini olish uchun barqaror iqtisodiy o‗sishni 
ta‘minlash, ijtimoiy ehtiyojlarni optimal darajada qondirish, milliy 
va xalqaro darajalarda iqtisodiy manfaatlarning himoyalanganligi 
bilan bog‗liq iqtisodiy munosabatlarni o‗rganadi. 


12 
to‗g‗risida nazariy tushuncha va amaliy tajribalarni, mustaqil 
davlatning milliy va iqtisodiy xavfsizlik sohasidagi strategiyasini 
ta‘minlashning iqtisodiy hamda huquqiy asoslari to‗g‗risidagi 
nazariy va amaliy muammolarini tadqiq qilishdan iborat. 
Fanning predmeti, uning vazifalarida yanada oydinroq 
ko‗rinadi. Iqtisodiy xavfsizlik fanining vazifasini ikki jihatdan, 
ya‘ni ham amaliy, ham nazariy jihatdan tushuntirish mumkin. 
Fanning amaliy vazifasi cheklangan resurslardan samarali 
foydalanib, ko‗proq tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar 
ko‗rsatishni ta‘minlash, har bir faoliyat turlari bo‗yicha xarajatlar 
miqdori bilan erishilgan samara, ya‘ni tovar va xizmatlar 
miqdorini taqqoslash, resurslardan unumliroq foydalanish 
yo‗llarini topishga qaratiladi. Bu vazifa yaratilgan nazariyalar va 
ilmiy qarashlarni real amaliy hayotga joriy etib borishni ham o‗z 
ichiga qamrab oladi. Iqtisodiy xavfsizlik iqtisodiy jarayonlar va 
hodisalarning mohiyatini, iqtisodiy qonunlar hamda iqtisodiy 
tushunchalarning mazmunini yoritib, ilmiy bilish vazifasini ham 
bajaradi. 
Iqtisodiy xavfsizlik fanining qayd etilgan amaliy va nazariy 
vazifalari bir-biri bilan chambarchas bog‗liqdir. Amaliy 
iqtisodiyot nazariy bilimga ega bo‗lishni, u bilan qurollanish 
zaruriyatini taqozo etadi. Umuman olganda, bu fan iqtisodiy 
jarayonlar, voqea va hodisalar sirini bilishda ilmiy qo‗llanmadir. 
Nazariy bilim esa oldindan ko‗ra bilish va amaliy harakat yo‗lini 
to‗g‗ri belgilash imkonini beradi. 
Iqtisodiy xavfsizlik vaziyatlarda aniq takliflarni berib, 
uslubiy vazifani ham bajaradi. Iqtisodiy bilim nazariyalarga ega 
bo‗lish, o‗zgarib turuvchi iqtisodiy vaziyatlarda mustaqil samarali 
qaror qabul qilishni amalga oshirish imkonini beradi.


13 
Iqtisodiy xavfsizlik tamoyillari sifatida ijtimoiy-iqtisodiy 
tizimning 
quyi 
chegarasini 
ifoda 
etuvchi 
ko‗rsatkichlar 
qo‗llaniladi. Mazkur quyi chegaralardan past ko‗rsatkichlarda 
iqtisodiy tizim uchun tahdidlar vujudga keladi, hatto bu tizimning 
buzilishi, degradatsiyasi yuz beradi. Ushbu quyi chegara va uning 
miqdoriy o‗lchamlarini aniqlash uchun quyidagilarni amalga 
oshirish lozim bo‗ladi: 

milliy iqtisodiyot va iqtisodiy tizim faoliyatining asosiy 
sharoitlarini o‗rganish va ularni tavsiflovchi ko‗rsatkichlarni 
aniqlash; 

milliy iqtisodiyotni tanglik va beqarorlikka olib keluvchi 
omillarni aniqlash; 

turli tanglik, xavfli holatlar yuzaga kelishining tartibi va 
imkoniyatlarini baholash; 

xavfsizlik va barqarorlikni saqlashga xavf soluvchi 
tahdidlarning oldini olish yo‗llarini aniqlash. 
Rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash 
maqsadida yirik firma, kompaniyalarda maxsus xizmatlar tashkil 
qilinadi. Ular bozorni o‗rganish, talab va taklifni bashoratlash
ilmiy-texnik taraqqiyotni kuzatish hamda boshqa ishlarni amalga 
oshiradi. Iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashda mahsulot turini 
muntazam yangilab turish, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab 
chiqarish, xarajatlarni qisqartirish muhim ahamiyatga ega. 
Iqtisodiy xavfsizlik milliy iqtisodiyot darajasida makroiqtisodiy 
kategoriya va muayyan mamlakat milliy iqtisodiyotini tavsiflaydi. 
Bozor tizimida xatar borligidan va bundan hatto milliy iqtisodiyot 
ham xoli bo‗lmasligini, undan saqlanish zarurligini bildiradi. 
Iqtisodiy xavfsizlikning bosh mezoni bu mamlakat ehtiyojlarining 
uzluksiz ta‘minlanishi hisoblanadi, bu birinchidan, imkon boricha 
o‗zini o‗z mahsulot va xizmatlari bilan ta‘minlashni, ikkinchidan, 


14 
mamlakatda ishlab chiqarish mumkin bo‗lmagan tovar va 
xizmatlarni chetdan qulay narxlarda uzluksiz keltirib turishni 
bildiradi. Aks holda iqtisodiyot izdan chiqadi. 
 
Iqtisodiyot globallashgan, eksport va importning milliy 
iqtisodiyotga ta‘siri kuchaygan sharoitda iqtisodiy xavfsizlikni o‗z 
ishlab chiqarishi bilan ta‘minlab bo‗lmaydi. Shunday sharoitda 
eksport-import aloqalarining muntazamligini strategik sherikchilik 
asosida ta‘minlash iqtisodiy xavfsizlikni kafolatlaydi.
 
Iqtisodiy 
xavfsizlikning 
asosiy 
subyekti 
o‗zining 
qonunchilik, ijro va sud organlari, hokimliklar va hududiy 
mahalliy kengashlari orqali ushbu yo‗nalishda faoliyat olib 
boruvchi davlat bo‗lib hisoblanadi. 
Davlat mavjud harakatdagi qonunchilik tizimi orqali 
O‗zbekiston Respublikasi hududidagi va chet elda yashovchi har 
bir fuqarosining xavfsizligini va ularning huquqiy kafolatlarini 
ta‘minlaydi. Bundan tashqari, iqtisodiy xavfsizlikning subyektlari 
bo‗lib fuqarolar, qonunchilikka asoslanib iqtisodiy xavfsizlikni 
ta‘minlashda huquq va majmuriyatlarga ega bo‗lgan ijtimoiy 
tashkilotlar va birlashmalar kiradi. 
O‗zbekiston Respublikasi milliy xavfsizligi subyektlariga 
o‗zining ushbu sohada asosiy funksiyasi bo‗lgan davlat bo‗lib 
hisoblanadi. Davlat o‗zining qonunchilik, ijro va sud organlari, 
hokimliklar, funksional va tarmoq vazirliklar, soliq va bojxona 
qo‗mitalari, Oliy Majlis va senatning shunga mos qo‗mitalari, 
fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari: banklar, fondlar, 
sug‗urta va pensiya kompaniyalari, iste‘molchilar uyushmasi va 
h.k. tadbirkorlar hamda barcha darajalardagi xo‗jalik subyektlari: 
mahsulot va tovarlar ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar, uy 
xo‗jaliklari va alohida shaxslar bilan hamkorlikdagi faoliyati 
bo‗lib hisoblanadi.


15 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
iqtisodiy 
xavfsizligining 
obyektlariga davlat, iqtisodiy tizimning asosiy elementlari va 
davlat bilan birga butun tizim uning tabiiy boyliklari, jamiyat 
hamda barcha institutlar, turli darajadagi xo‗jalik subyektlari va 
to‗la hayotiy muhim manfaatlari bilan birga shaxs kiradi. 
O‗zbekiston Respublikasida iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash 
va qo‗llab-quvvatlash uchun xavfsizlik sohasidagi munosabatlarni 
tartibga soluvchi huquqiy normalar ishlab chiqiladi, ushbu sohada 
davlat hokimiyati organlari faoliyatining asosiy yo‗nalishlari 
aniqlanadi, xavfsizlikni ta‘minlash, nazorat qilish bo‗yicha 
tashkilotlar tashkil etiladi yoki qayta tashkil etiladi. Shaxs, jamiyat 
va davlat xavfsizligini ta‘minlash bo‗yicha to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
funksiyalarni amalga oshirish uchun ijro organlari tizimida 
xavfsizlikni ta‘minlash bo‗yicha davlat organlari tashkil etiladi. 

Yüklə 5,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   225




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə