See discussions, stats, and author profiles for this publication at


XAVFSIZLIGINING KONSEPTUAL ASOSLARI



Yüklə 5,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/225
tarix28.11.2023
ölçüsü5,35 Mb.
#134458
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   225
30 06 2022

XAVFSIZLIGINING KONSEPTUAL ASOSLARI 
2.1-§. Mamlakat iqtisodiyotida milliy manfaatlarni ta‘minlash 
Iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida jahonning geosiyosiy 
va iqtisodiy maydonida o‗zining mustaqil munosib o‗rnini 
egallashga harakat qilayotgan O‗zbekiston Respublikasi uchun 
iqtisodiyotda 
milliy 
manfaatlarining 
samarali 
tizimini 
shakllantirish muhim yo‗nalish bo‗lib hisoblanadi. O‗zbekiston 
Respublikasining milliy manfaatlari – bu: 

iqtisodiy, ichki siyosiy, ijtimoiy, xalqaro, axborot, 
harbiy, chegaraviy, ekologik va boshqa sohalarda shaxs, jamiyat 
hamda davlatning muvozanatlashgan yalpi manfaatlari;

shaxs, jamiyat va davlatning muhim obyektiv 
ehtiyojlarini ta‘minlanishi, ularning himoyalanganligi hamda 
barqaror rivojlanishi; 
Shaxsning manfaatlari bu uning konstitutsiyaviy huquq va 
erkinliklarini 
amalga 
oshishidan, 
shaxs 
xavfsizligini 
ta‘minlanishidan, 
turmush 
darajasi 
hamda 
sifatini 
yaxshilanishidan, inson va fuqarolarning jismoniy, ma‘naviy 
hamda intellektual rivojlanishidan tarkib topadi. 
Jamiyat manfaatlari suverenitetligi demokratik, huquqiy va 
ijtimoiy yo‗naltirilgan davlatni tashkil topishida ijtimoiy tenglik 
va mutanosiblikni vujudga kelishida hamda O‗zbekistonni 
ma‘naviy yangilanishida ifodalanadi.


30 
Ta‘kidlash lozimki, milliy manfaatlarni ta‘minlanishi 
mamlakatda saylangan hokimiyatning tanlagan siyosiy va 
iqtisodiy 
rivojlanish 
yo‗liga 
bog‗liq. 
Uzoq 
istiqbolga 
mo‗ljallangan milliy manfaatlarga quyidagilar kiradi: 

mamlakat 
mudofaa 
qobiliyatini 
mustahkamlash, 
konstitutsion tizimning o‗zgarmasligi va mustahkamligini, 
suverenitetligi hamda hududiy yaxlitligini ta‘minlash; 

milliy kelishuvni mustahkamlash, siyosiy, iqtisodiy va 
ijtimoiy barqarorlikni, demokratik institutlarni rivojlantirish, 
davlat va fuqarolik jamiyatning o‗zaro hamkorlik mexanizmlarini 
takomillashtirish; 

turmush sifatini oshirish, aholini sog‗lik-salomatligini 
mustahkamlash, mamlakatni barqaror demografik rivojlanishini 
ta‘minlash; 

O‗zbek xalqiga xos bo‗lgan ma‘naviy qadriyatlarni, 
milliy o‗zlikni saqlash va rivojlantirish; 

Milliy iqtisodiyotni raqobatbardoshligini oshirish; 

O‗zbekiston 
Respublikasini 
jahon 
iqtisodiyotida 
munosib o‗rnini ta‘minlash va uning obro‗-e‘tiborini oshirish. 
Milliy manfaatlar tushunchasi to‗g‗ridan-to‗g‗ri milliy 
xavfsizlik tushunchasi bilan bog‗liq. Milliy xavfsizlik bu 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
suverenitetini 
ta‘minlovchi 
Davlat manfaatlari bu mustahkam konstitutsion tizimning 
buzilmasligi, suverenitetligi va hududiy yaxlitligida. Uning siyosiy
iqtisodiy va ijtimoiy barqarorligi, qonuniy tartib-qoidalarni 
ta‘minlanganligida va o‗zaro tenglik hamda manfaat asosida xalqaro 
hamkorlikni rivojlanishidan tarkib topadi.


31 
hokimiyatning yagona manbai 
sifatida ko‗pmillatli xalqning 
xavfsizligi 
tushuniladi. 
Iqtisodiyot 
sohasida 
milliy 
xavfsizlikni 
ta‘minlash 
bu 
jamiyatning 
asosiy 
aholi 
qatlamlarining hayotiy muhim 
manfaatlarini 
saqlash 
va 
ta‘minlash tushiniladi. Agar iqtisodiy islohotlar olib borilayotgan 
mamlakat iqtisodiyoti dinamikasini tahlil qiladigan bo‗lsak, u 
holda xulosa qilish mumkinki, butun bir xalq xo‗jaligida, uning 
alohida mintaqalarida va tarmoqlarida iqtisodiyot sohasida milliy 
manfaatlarga nisbatan o‗zida katta potensial xavf-xatarlarni, 
tahdidlarni ifoda etgan salbiy tendensiyalarni kuzatish mumkin. 
Quyidagi inqiroziy holatlarni ajratib ko‗rsatish mumkin: 

aholi turmush darajasining pasayishi; 

asosiy fondlarning jismoniy va ma‘naviy eskirish 
darajasining oshishi; 

texnogen turdagi falokatlarning kuchayishi; 

ilmiy-texnik salohiyatning yo‗qotilishi; 

mamlakatda 
takror 
ishlab 
chiqarish 
jarayonini 
boshqarish darajasi va unga davlat ta‘sirining pasayishi. 
Mamlakat milliy manfaatlariga tahdidlar iqtisodiyotda takror 
ishlab chiqarish jarayonining barcha sektorlari va ishlab 
chiqarishda nomuttanosiblikni keskin kuchayishiga olib keladi. 
Iqtisodiyotdagi 
ijtimoiy-iqtisodiy 
jarayonlardagi 
nomutanosibliklarga quyidagi omillar sabab bo‗ladi: 

tizimli yondashuvning mavjud emasligi; 

aniq ifodalanuvchi strategik ustuvorliklar va real sanoat 
siyosatining mavjud emasligi; 


32 

muvozanatlashgan barcha ishlab chiqarish, taqsimot 
elementlarining mavjud emasligi. 
Iqtisodiyot segmentida milliy manfaatlarning hududiy 
jihatlari davlatning hududiy siyosati maqsad va vazifalarini 
amalga oshirish va unda alohida hududlarning umummilliy 
manfaatlarini ta‘minlashdagi o‗rni doirasida qarash kerak. 
Mamlakat 
iqtisodiyotida 
milliy 
manfaatlarni 
ta‘minlash 
jarayonining kompleks tahlilida mavjud muammolarni hal etishda 
nointegratsion tavsifga, ya‘ni alohida hududlarning iqtisodiy 
rivojlanish sohasidagi milliy manfaatlarini ham hisobga olish 
kerak.
Globallashayotgan 
jahon 
iqtisodiy 
maydonida 
milliy 
manfaatlarni ta‘minlashda umumiy strategik muammolarni hal 
etishda, o‗zini-o‗zi iqtisodiy belgilash bilan qo‗shilgan. Quyidagi 
jadvalda milliy manfaatlarni ta‘minlashning muhim jihatlari 
keltirilgan. 

Yüklə 5,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   225




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə